Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МЕДИАПОТРЕБЛЕНИЕ В ПЕРИОД ИНФОРМАЦИОННО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ВОЙНЫ ФОРМИРОВАНИЕ КУЛЬТУРЫ
MADANIYATIINI SHAKLLANTIRISH · Muladjanova Gulchexraxon Abidjanovna
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada bugungi texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan vaqtda yoshlarda axborot-psixologik urush davrida mediaiste’moli madaniyatini shakllantirishning muhim tomonlari yoritib berilgan. Kalit so‘slar: axborot xavfsizlik, mediaiste’mol, psixologik urush, axborot makoni, axborot urushi. Sivilizasiya rivojining zamonaviy bosqichida axborot nafaqat jamoat va davlat institutlari faoliyatida, balki har bir inson hayotida hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Koʻz oldimizda jamiyatning axborotlashishi shiddat bilan va koʻpincha oldindan bilib boʻlmaydigan tarzda rivojlanmoqda. Biz esa uning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa oqibatlarini tushunib yeta boshlaymiz, xolos. Jamiyatimizning axborotlashishi yagona dunyo axborot makonining yaratilishiga olib keladiki, bu makon doirasida axborotni yig‘ish, ishlash, saqlash va sub’ektlar – insonlar, tashkilotlar, davlatlar oʻrtasida almashish amalga oshiriladi. Urushlar doimo boʻlgan. Vaqt oʻtishi bilan urushni olib borish butun bir fanga aylandi. Har qanday fandagidek urushda oʻzining tarixi, oʻzining qoidasi, mashhur namoyondalari, oʻzining metodologiyasi paydo boʻldi. Zamonaviy urush g‘oyasi juda ildamlab ketdi. Endi uning makoni – butun yer shari. Urush lokal qaroqchi xujumidan bir necha davlatlarni vayron qiluvchi global muammoga aylandi. Axborot urushiga oddiy vositalar yordamida harbiy harakatlar samara bermaydigan hollarga nisbatan strategik alternativa sifatida qaralmoqda. Harbiylar tomonidan kiritilgan axborot urushi atamasi real, qirg'inli va yemiruvchi harbiy harakatlar bilan bog'liq shafqatsiz va xavfli faoliyatni anglatadi. Bu urushning alohida qirralari-shtab urushi, elektron urushi, psixologik amallar va h. “Axborot urushi” atamasini birinchi marta 1976-yilda T.Rona “Boing” kompaniyasi uchun tayyorlangan hujjatda qoʻllagan. 1992-yildan boshlab, “axborot urushi” atamasi AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan rasmiy ravishda ishlatilgan. Axboriy-psixologik kurash, kiber urushni oʻrganuvchi ilmiy yondashuvlarning xilma-xilligi hodisaga nisbatan yagona qarash yoʻqligini koʻrsatadi. Bugungi kunda ilmiy sohada quyidagi asosiy yondashuvlar aniqlangan: geosiyosiy, psixologik, kommunikativ, konfliktologik.[1] Axborot urushi oʻz maqsadi, mazmun-mohiyatiga koʻra, maxfiy yoki oshkora, ahamiyati kam yoki radikal taʼsirli siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy-psixologik, tijoriy, harbiy hodisa boʻlishi mumkin. “Axborot urushi” va “axboriy kurash” tushunchalari farqlanadi. Axboriy-psixologik kurash tushunchasi neytral maʼno anglatib, salbiy mazmunda axboriy urush, psixologik urush, kiber urush shakllarida ham qoʻllanadi. Bugungi kunda axborot-psixologik urush jangovar operatsiyalarni taʼminlashdan tashqari oʻzi alohida mustaqil urush turiga aylandi va geosiyosiy darajadagi strategik vazifalarni hal qilishga qodir hodisa hisoblanadi. Shu bilan birga, agressiv axborot va psixologik kurashning oʻzi urush va qurolli toʻqnashuvlarni keltirib chiqaradi. Axborot va psixologik qurollarning xavfi ulardan foydalanishdagi shaxssiz xususiyatidadir, bu hujum harakatlarini, hatto urush eʼlon qilmasdan ham nomaʼlum holda amalga oshirishga imkon beradi. Bundan tashqari, axboriy qurollarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishni taqiqlash deyarli mumkin emas (masalan, Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 675 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. kimyoviy yoki bakteriologik qurollarga nisbatan taqiq oʻrnatilgan). Axboriy urush shaxs, jamiyat, tuzilma va davlatlar oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi, qarama-qarshilik yuz bergan holatlarda ustunlikka erishish, biror siyosiy, iqtisodiy yoki boshqa maqsad yoʻlida maʼlumot olish, qayta ishlash va yetkazish, siyosiy va harbiy maqsadlarga erishish, axloqiy va psixologik taʼsir koʻrsatish maqsadidagi kurashdir. Axborot urushi kompyuterlar, dasturiy taʼminotga hujum qiladigan va axboriy tizimlarni izdan chiqaradigan kiber urushlardan farq qiladi. Axborot urushi muayyan maqsad yoʻlida maʼlumotlarni manipulyatsiya qilish, qaysidir shaxs, guruh, tuzilma yoki davlatning manfaatlariga qarshi, lekin boshqa tomon uchun manfaatli boʻlgan, axboriy bosimga asoslangan harakat hisoblanadi. Axborot urushi qachon boshlanishi, tugashi va uning qanchalik kuchli yoki halokatli ekanligi aniq emas. Axborot urushi taktik maʼlumotlarni toʻplash, oʻz manfaatlariga yoʻnaltirilgan axborotlarni tarqatish, tashviqot, dezinformatsiya kampaniyasi, demoralizatsiya (maʼnaviy, axloqiy tanazzul) yoki manipulyatsiya qilishni oʻz ichiga olishi mumkin. Axborot urushi psixologik urush bilan chambarchas bogʻlangan. Axboriy, psixologik, kiber urushlar umumiylashtirilib, “axborot operatsiyalari” atamasidan foydalangan holda ham ifodalanadi. Bunda texnologiyalar bilan bir qatorda axborotdan foydalanishning inson bilan bogʻliq jihatlariga, jumladan, ijtimoiy tarmoq tahlili va insonni axborot orqali boshqarishga e
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bugungi texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan vaqtda yoshlarda axborot-psixologik urush davrida mediaiste’moli madaniyatini shakllantirishning muhim tomonlari yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bugungi texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan vaqtda yoshlarda axborot-psixologik urush davrida mediaiste’moli madaniyatini shakllantirishning muhim tomonlari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- information warfare, axborot urushi, psixologik urush, информационная безопасность, информационное пространство, information security, media consumption, psychological warfare, axborot makoni, информационная война, медиапотребление, axborot xavfsizlik, психологическая война, information space, mediaiste’mol
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024