К содержанию
РецензированоRU2024

ИММУНИТЕТ ИНФОРМАЦИОННОЙ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ СТУДЕНТОВ ФАКТОРЫ РАЗВИТИЯ

Kozimov Sayfulloh Maxammadjon oʻgʻli (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada axborot xavfsizligi tushunchasining psixologik mohiyati mavzusi yoritilib o‘tilgan. Axborot-psixologik xavfsizlik muammosi tarixan olib qaralgada har qanday davlatning shakllanishi va jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlar hamda ularning mafkuraviy sohada ifodalanishi bilan vujudga keladi. Shuningdek, axborot-psixologik xavsizlik muammosi ana shu vaqtdan barqarorlik, rivojlanish bilan birga muayyan xarakterdagi informatsion-psixologik xavf-xatar, ma’naviy va mafkuraviy tahdidlar ham paydo bo‘ladi. Kalit soʻz: axborot, axborot-psixologik xavfsizlik, sivilizatsiya, axborot huruji, destruktiv g‘oya, axborot sektori Axborot tushunchasi hozirgi vaqtda global ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, u insonlar tafakkuriga turli yo‘nalishlarda ta‘sir o‘tkazuvchi, hayot va undagi juda ko‘plab taqdirlarni u yoki bu tomonga burib yuboruvchi, ba’zan salbiy, ba’zan ijobiy mohiyat kasb etuvchi qudratli qurolga aylandi. Shuningdek, hayotning har bir jabhasiga o‘zining sezilarni darajada ta’sirini ko‘rsatmoqda. Umuman olganda, axborot – moddiy dunyoning organizmda yoki organizmlar jamoasida aks etgan hamda ular tomonidan atrof-muhit o‘zgarishlariga moslashish uchun foydalaniladigan moddiy dunyo obyektlarining aksidir [1;98]. Qachonlardir ilohiy ma’no kasb etgan bu so‘z, uning qudrati bugungi kunga kelib, dunyo taqdirini hal qilishda eng asosiy rol o‘ynaydigan kuchli vosita maqomiga ko‘tarildi. Ilm-fan, texnika inqilobidan keyin kommunikatsion texnologiyalar hamda axborot infratuzilmalarining katta tezlikdagi taraqqiyoti, xususan, internetning paydo bo‘lishi hamda uning qisqa vaqt ichida ijtimoiy hayot tarziga chuqur kirib borishi axborotni eng qimmat mahsulotga aylantirdi. Darhaqiqat, globallashuv va integratsiyalashuv sharoitida oltin, platina, javohirdan ko‘ra ko‘proq qiymatga ega bo‘lgan - axborot jahon bozoridan munosib joy oldi. Kim axborotga egalik qilsa, u dunyoni boshqaradi, qabilidagi fikrlarni bir necha bor esga olinayotgani ham bejizga emas. Har bir fuqaro o‘z shaxsiy nuqtai nazari, fiklash doirasi, dunyoqarashi, ma’naviy- ma’rifiy, axloqiy, ruhiy imkoniyatlari doirasidagina faoliyat ko‘rsatadi. O‘z olami hududida yashaydi va tashqi olamga o‘z aqli doirasida munosabat bildiradi. Har bir individ mustaqil inson sifatida tabiiy-biologik kamolotidan va ruhiy ehtiyojidan kelib chiqib, o‘ziga mos axborotni qabul qiladi, tahlil etadi. Mushohada va tahlillar asosida shaxsiy xulosasiga ega bo‘ladi. Natijada mazkur shaxs u yoki bu tarzdagi nuqtai nazarini shakllantiradi [3]. Demak, har qanday axborotning mazmuni, mohiyati, ta’sir etish darajasi, jamiyatga foydali yoki zararliligi, kishini ezgulikka yoki yovuzlikka da’vat etishi bilan shaxs, jamiyat, davlat mutanosibligiga ijobiy yoki salbiy ta‘sir etadi. Ana shu jihatdan qaraganda, milliy manfaatlarni asrash va rivojlantirishda informatsion-psixologik xavfsizlikni ta‘minlashning roli yana ham oshadi. Axborot-psixologik xavfsizlik, avvalo, bevosita inson ruhiyatiga ta‘sir o‘tkazish orqali uni o‘z aqidalaridan, e‘tiqodidan ayiradigan buzg‘unchi g‘oyalardan asrashdir. Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, informatsion-psixologik xavfsizligiga ehtiyoj, eng avvalo, bevosita inson va jamiyat, inson va davlat, shaxs va uning daxlsizligi, millat va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an‘analar, tarixiy va madaniy meros, avlodlarga ta‘sir etuvchi Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 690 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. buzg‘unchi g‘oyalar va tajovuzkor mafkuralarning mavjudligidan kelib chiqadi. Qolaversa, axborot-psixologik xavfsizlikka rioya qilinmasa, uning ta‘sirchan choralari ko‘rilmasa, destruktiv g‘oyalar milliy xavsizlikka putur yetkazishi mumkin. Axborotlashgan jamiyat kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida shakllanayotgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot hamda informatsion texnologiyalardan oqilona foydalanishga asoslangan sifatiy holatini ifodalovchi tushuncha. Axborotlashgan jamiyat nazariyasi asoschilari ijtimoiy rivojlanishni “bosqichlar almashinuvi” nuqtai-nazaridan qaraganda, uning shakllanishini qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmatlar iqtisodiyotidan keyin paydo bo‘lgan iqtisodiyotning to‘rtinchi – “axborot sektori” yuzaga kelishi bilan bog‘laydilar. Ularning fikriga ko‘ra, industrial jamiyatning asosi bo‘lgan kapital axborotlashgan jamiyatda o‘z o‘rnini axborot va bilimga bo‘shatib beradi [2;252]. O‘zbekiston sharoitida axborot almashish jarayoni xavfsizligini ta’minlash uchun o‘ylaymizki, axborot hurujlari sharoitida quyidagi vositalarga alohida e‘tibor qaratish kerak: ya‘ni axborotlashtirish vositalari faoliyatini, milliy o‘zligimiz va manfaatlarimizga zamonaviy usullar orqali muvofiqlashtirish; shaxs axborot xavfsizligiga qarshi barcha zamonaviy vositalardan foydalanish; ichki va tashqi siyosatda ro‘y berayotgan voqealarni yoritishd

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada axborot xavfsizligi tushunchasining psixologik mohiyati mavzusi yoritilib o‘tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada axborot xavfsizligi tushunchasining psixologik mohiyati mavzusi yoritilib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
psixologik himoya, Information, информационно-психологическое заболевание, axborot-psixologik xavfsizlik, psychological immunity, student age period, иммунитет, медицинская защита, psixologik immunitet, talaba yosh davri, information and psychological security, psychological protection, период студенческого возраста, Информация
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники