Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ УМСТВЕННОГО РАЗВИТИЯ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ
Shirinjon Sayilova (Андижанский государственный педагогический институт)
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada o`spirinlik davrining psixologik xususiyatlari borasida, shuningdek his tuyg’u, rivojlanish xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Kalit so’zlar: O’spirinlik, sevgi tuyg’usi, emotsiya, kasb tanlash, o’zini o’zi anglash, shaxs, sifat, taraqqiyot. O’spirinlik davrida shaxs sifatlarini shakillanishi, o’zini o’zi anglash, baholash, tarbiyalash, axloqiy tushunchalarni shakillanishiga doir bilimlarga ega bo’ladi. O’spirinlik davrida shaxsning rivojlanishida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ladi, bu albatta o’smirlik davridan keskin farq qiladi. Uning ijtimoiy faoliyati ko’pincha maktabdan tashqariga chiqadi va haqiqiy katta hayotga qadam bosishi boshlanadi. O’spirinlik davri 15-18 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab olib, 8-10 sinf o’quvchilarini tashkil qiladi. O’spirinlik davrida yoshlarda ruhiy va jismoniy o’zgarishlar hosil bo’la boshlaydi. Bo’y o’sishi o’spirin qizlarda 15-16 yoshgacha, o’g’il bolalarda 17-18 yoshgacha davom etadi. O’spirinlik yoshida jismoniy sifatlar (bo’y, og’irlik) nisbatan barqaror darajaga yetgan bo’ladi. Shuningdek muskul kuchi va ishchanlik sezilarli darajada ortgan bo’ladi. Ko’krak qafasining hajmi kengayadi, skelet, aysimon suyaklar qattiqlashadi, to’qimalar va a’zolarning shakllanishi va funksional taraqqiyoti tugallanadi. Odatda bu yoshda yurak vaqon tomirlarining rivojlanishida o’smirlarga xos bo’lgan notekisliklar endi tekislanadi, qon bosimi baravarlashadi, ichki sekretsiya bezlari bir me’yorda ishlay boshlaydi. Nerv sistemasining, xususan, miya rivojlanishidagi o’zgarishlar ma’lum bo’lib qoladi. Lekin, bu o’zgarishlar miya massasining ortishi hisobiga emas, balki miyaning ichki hujayralari tuzilishining murakkablashuvi hisobiga ro’y beradi. (1.371) O’spirinlik davrida ichki his tuyg’ular rivojlanib qarama-qarshi jins vakillari o’rtasida bir biriga nisbatan qiziqish paydo bo’ladi. Bu do’stlikdan tashqari bo’lgan sevgi hissiyoti. Sevgi- bu shunday tuyg’uki, u bir shaxsning ikkinchi shaxsga nisbatan sof, pokiza, beg’ubor tuyg’usi hisoblanadi. Yigit va qizlarimizning sevgini boshdan kechirishida bir birlarini hurmat qilish, do’slik, o’zaro yordam, bir-birini tushunish kabi xislatlarni o’zlarida namoyon qiladilar. O’spirinlik davrida yigit va qizlar o’rtasidagi munosabatlar juda faollashgan bo’ladi. O’spirin qizlarda aralash do’stlik ehtiyojlari kengayadi. Ular dugonalari bilan ham o’zaro teng bo’lgan boshqa jins vakillari bilan ham bemalol do’stlik aloqalarini bir tekisda olib boradilar. O’spirinlarda sevgi hissi bir qancha holatlarga bog’liq; Jinsiy yetilish. Ishonadigan, suyanadigan har qanday nozik masalalar bo’yicha gaplashish mumkin bo’lgan do’stga ehtiyoj. Bu tabbiy insoniy ehtiyoj hisoblanib,inson ko’pincha o’zini yolg’iz his qilganida kuchli emotsional bog’liqlikka intiladi. Tadqiqotlarning ko’rsatishich bunday tuyg’u kuchaygan shaklda birinchi bor ilk o’spirinlik davrida vujudga keladi. O’spirinlar yolg’iz bo’lishni istamaganligi uchun o’zlari faolravishda o’zaro yaqin muloqat, bir- birlari bilan intim munosabatni izlaydilar. Ba’zan o’spirinlar bu hislarga shunday berilib ketadilarki, boshqa narsalar mavjudligi haqida mutloqo unitib qo’yadilar.(2) O’spirinlarning mustaqilligi ortishi bilan bir qatorda kattalaning unga munosabatlari ham o’zgaradi. Kattalar o’smirga ko’proq bola deb qarasalar, ilk o’spirin yoshdagilarga katta odamdek munosabatda bo’ladilar. Ilk o’spirinlar hayotda o’z o’rnini topishga intilish Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 695 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. anglagan holatida bo’la boshlaydilar. Ular hayotiy rejalarni amalga oshirish uchun harakat qila boshlaydi va muhim bir kasbni egallay boshlaydilar. Kasb tanlash haqida o’ylay boshlaydilar. Lekin shunga qaramay o’spirinlarda kattalarga qaramlik xususiyatlari saqlanib qoladi. O’spirinlarda intellektning rivojlanishi - bilan birga hazil- mutoyiba hissining ham rivojlanishini ta’kidlash joiz. Sodda bolalarcha qiziquvchanlik, tafakkur jarayonidan ongli ravishda zavqlanish ham uchraydi. Shunga ko’ra har kim qobilyatiga yarasha kasb hunar tanlasa, bu sohada muvaffaqiyatli mehnat qilsa yuqori yutuqlaga erishadi va o’z yurtiga katta hissa qo’shgan hisoblanadi. O’spirinlar u yoki bu kasbni o’z ixtiyorlari bilan ongli ravishda tanlashlari uchun ular mustaqillik, dadillik, qat’iylik, o’zini tuta bilish, chidamlilik, sabr-toqat kabi irodaviy xislatlarga ega bo’lishlari kerak. Yuqori sinfga o’tgan o’spirinlar psixologiyasining o’ziga xosligi shundaki, ular hozirgi vaqti, buguni va ertasini rejalar asosida yashaydilar. Ana shu davrga kelib o’spirinlar turli kasblarga qiziqa boshlaydilar. O’g’il bolalar erkaklarga xos bo’lgan kasblarni, qiz bolalar ayollarga xos bo’lgan kasb vanarlarni egallashni reja qiladilar. Bunda faqat maktabda ustozlari qanday kasb tanlashlari uchun etiborliroq bo’lgan holda
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o`spirinlik davrining psixologik xususiyatlari borasida, shuningdek his tuyg’u, rivojlanish xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o`spirinlik davrining psixologik xususiyatlari borasida, shuningdek his tuyg’u, rivojlanish xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Adolescence, kasb tanlash, чувство любви, O’spirinlik, the feeling of love, Подростковый возраст, career choice, выбор карьеры, self-awareness, sevgi tuyg’usi, эмоция, emotsiya, самосознание, o’zini o’zi anglash, emotion
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014