Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПСИХОЛОГИЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНИКА ХАРАКТЕРИСТИКИ
Dilfuza Nazarova (Андижанский государственный педагогический институт)
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalarning psixologik xususiyatlari, ularning psixologik rivojlanishida ijtimoiy muhitning o’rni haqida fikr va mulohazalar bayon qilingan. Kalit so`zlar: oila, muhit, tarbiya, psixologiya, maktabgacha yosh, ta`lim muassasida, “men’’ tushunchasi, ijtimoiy muhit. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng jamiyatning a’zosi bo`lgan har bir inson shaxsiga alohida etibor qaratildi. Ayniqsa ta`lim va tarbiya sohasiga juda ko`plab o`zgarishlar kiritildi. Muxtaram prezidentimiz SH.M Mirziyoyev takidlaganidek, yurtni, mamlakatni buyuk qiladigan kuch ilm-fan,ta`lim va tarbiyadir. Shunday ekan, ma`sul shaxslar kelajak avlodlarni har tomonlama ilmli va bilimli, tarbiyali qilib ta`lim va tarbiya berishi darkor. Kelajagi buyuk davlatni qurush uchun inson, avvalo oilada, so`ng maktabgacha ta`lim muassasida mukammal tarbiyalanshi, shaxs sifatida barcha imkoniyatlarga ega bo`lishi zarur. Oila-bu bolaning ‘’men’’ ni shakllantiruvchi muhim ijtimoiy muhit hisoblanadi. Bola oilada ijtimoyillashib ilk bor maktabgacha ta`lim muassasiga qadam qo`yadi. Maktabgacha ta`lim muassasi ta`lim maskanlarining poydevori hisoblanadi. Inson shaxsining psixalogik tomonlarini shakllantiruvchi va uning emotsianal-hissiy rivojlanish bosqichlari ontagenosning dastlabki bosqichlariga to`gri keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixalogiyasi ilmida bolalar rivojlanishi o`zgarishi tezlashib borishi sababli bu davrni 3- bosqichga davrlab tarbiyalash joiz. Kichik maktabgacha davr – (3-4) yosh O`rta maktabgacha davr - (4-5) yosh Katta martabgacha yosh - (6-7) yosh Asosan mana shu davrlardan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bolaning faoliyatdagi mustaqilligi tafakkur qilishga, yani tafakkurini mustaxkamlanishiga olib keladi, bundan tashqari maktabgacha yoshdagi bosqichlarda bolaning mukammal harakatlari takomillashib , gigiyena qoidalarini bilishi, madaniy va jismoniy mehnat malakalarini anglashi, nutqining o`sishi hamda ijtimoiy, ma`naviy, estetik tafakkurlar o`sa boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati asosan o`yin hisoblanadi. O`yin orqali ta`lim olish bolalarni ta`lim olishi va rivojlanishining yondashuvlaridan biridir. O`yin- bu bolani o`zini va atrofdagi dunyoni anglashida yordam beruvchi usuldir. O`yinda bolalarning tengdoshlari va pedagogi bilan o`zaro munosabati nutq va ijtimoiy ko`nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi matorikasi ham takomillashib boradi.O`yin boshqa bolalar bilan birgalikda ta`lim olish imkoniyatini ham yaratadi, ularga tavakkal qilish va qiyinchiliklarni engish imkonini beradi, bolalar tasavvurini ijdkorligini rivojlantiradi. O`yin har hil bo`lishi mumkin- ta`limiy o`yin, qoidali o`yin, didaktik o`yin, harakatli o`yin, syujetli-rolli ya’ni ijodiy o`yin, erkin faoliyatli o`yin. O`yin doimo o`zgarib turganligi sababli bola o`ynab charchamaydi va zerikmaydi. O`yin jarayonida bolaning faol ishtiroki psixik rivojlanishi uchun ahamiyati shundaki, bolaning turli sifat va hislatlari o`yin jarayonida namoyon bo`ladi, bunda bolaning sifat va hislatlari mustahkamlanib rivojlanib boradi. SHuning uchun o`yin faoliyati psixalogik jihatdan to`gri tashkil qilingan. O`yin bola shaxsini har tomonlama o`stiradi va bolaning barcha psixik jarayonlarida yani- sezish, idrok qilish, diqqat, xotira,xayol,tafakkur va irodani ham Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 699 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. rivojlanishiga yordam beradi. Bolalar syujetli – rolli o`yinda ko`proq kattalarga taqlid qilib ijtimoiy hayotdagi rollarga kirishib kattalar qilgan borayotgan munosabatlarni shakllantirib boradi. Bola bunda hayoti va ko`z o`ngida ro`y berayotgan voqea va hodisalarni kuzatuvchisi va ishtirokchisiga aylanib faol qiziquvchanligi sababli anglab o`zlashtirib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o`z o`yinlarida aks ettira oladilar. O`yin bolaning har bir bosqich yoshida atrofdagi voqealarni , kishilar o`rtasidagi munosabatlarini dunyoni anglashi va bilishini ifodalaydi. Bolaning nutqini, kishilarga va o`z o`ziga munosabatlarini o`zgarishini o`yin jarayonida o`z aksini topadi. Bolalarga ta`lim tarbiya olish jarayonida, o`yin o`ynash imkoniyatini taminlash uchun rivojlantiruvchi va havfsizliklarini ta`minlovchi muhit, yetarli joy, vaqt va o`yin resurslari to`laqonli shart sharoitlar va albatta etuk tajribali malakali pedagoglar Maktabgacha ta`lim muassasalarining o`rni juda kata ahamiyatga ega. Shuni aytish mumkinki, bolalar tarbiyasida doimo har bir shaxs ma`suliyatli bo`lib, bola tarbiyasi eng og’ir ijtimoiy vazifa ekanligini his qilishi, anglashi zarur. Kattalar na’muna bo`lib, yosh avlodni kelajakda yetuk va barkamol qilib voyaga yetkazishda ta`lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlikda yondashish maqsadga muvofiq bo`ladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalarning psixologik xususiyatlari, ularning psixologik rivojlanishida ijtimoiy muhitning o’rni haqida fikr va mulohazalar bayon qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalarning psixologik xususiyatlari, ularning psixologik rivojlanishida ijtimoiy muhitning o’rni haqida fikr va mulohazalar bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, дошкольный возраст, psychology, education, oila, family, preschool age, среда, psixologiya, образование, environment, muhit, maktabgacha yosh, психология, семья
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024