К содержанию
РецензированоRU2024

СКАЗКИ В РАЗВИТИИ ПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССОВ ДЕТЕЙ И ВАЖНОСТЬ ПРОЕКТИВНЫХ ТЕСТОВ

Ergasheva Maftuna (instituti Maktabgacha ta’lim)

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Tezisda maktabgacha ta’lim yoshidagi bola psixikasini o‘rganish va rivojlantirishda proektiv testlarning ahamiyati va qo‘llash yo‘llari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar:proektiv, psixik, terapevtik, xarakter, ruhiy bezovtalanish. Bola ruhiyatini o‘rganish va tahlil qilish psixologik xizmatning ahamiyatli jarayonlaridan biridir. Bu esa bola shaxsini o‘rganishga qaratilgan yangi yo‘l va vositalarni ishlab chiqish zaruratini keltiradi. O‘tgan davr mobaynida bola shaxsini o‘rganish uchun turli xil psixologik tadqiqot usullari va metodikalardan foydalanib kelinmoqda. Ularning bola shaxsini o‘rganishdagi o‘rni va vazifalari bir-biridan tafovutlanadigan va o‘rganish yo‘nalishi hamda predmetidan ko‘ra farqlanishi mutaxassislarga ma’lum. Shunday bo‘lsa- da, bola shaxsini o‘rganishga qaratilgan metodikalardan foydalanishda bolaning yosh psixologik xususiyatlarini ham inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Proektiv testlar inson psixikasini o‘rganishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv va shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishda proektiv metodikalardan samarali foydalanish mumkin. Quyida bola ruhiyatini o‘stirishda ertak va proektiv metodikalardan foydalanishning ahamiyatli jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz. Ertaklar insoniyat tarixiy va hayotiy tajribasining natijasida vujudga kelgan ijod maxsulidir. SHu sababli ertaklar kundalik turmushimizda bolalar tarbiyasi uchun keng qo‘llaniladi. Hattoki bolalarning o‘zlari ham ertak bilan faoliyatlarini uyg‘unlashtirishga doimo shay turadilar. Bugungi kun psixodiagnostik tajribalari esa aynan shu jihatlarni hisobga olib, bolalarning psixologiyasini o‘rganishda ertaklardan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Bizga ma’lumki, “Qizil shapkacha”, “Uyqudagi parizod”, “Bo‘ri bilan echki bolalari”, “Qor malikasi”, “Dono qiz”, “Donishmand yigit” va boshqa shu singari ertaklarni bolalar yaxshi bilishadi. Umuman olganda ertaklar 17- asrdan boshlab kitob sifatida nashr etila boshlandi. Frantsiyada SH. Perro, 19 sarda Germaniyada aka-uka Grimmlar ko‘plab ertak yozganlar. A. S. Pushkinning mashhur 5ta ertagi, O‘zbek xalq og‘zaki ijodidan “Zumrad va Qimmat”, “No‘xotpolvon”, “Kenja botir” va boshqa turli xalqlarning milliy ertaklari bolajonlarning qalblaridan chuqur o‘rin olgan. Ertaklar proektiv xarakterga ega bo‘lib o‘zlarida obrazli va simvolli xususiyatni ifodalaydi. Bolalar bu ertaklarni sevib o‘qishlari pedagogik-psixologik tadqiqotlarda ham qayd etilgan. Psixologik jihatdan proektiv testlar bolalarni kognitiv jarayonlari yetilganligini, psixologik tayyorgarligini yashirin jihatlarini ochib beradi. Ertaklar nafaqat rivojlantiruvchi ahamiyatga ega, balki bolalarning salomatligi uchun terapevtik jihatdan ham foydalidir. Maktabgacha ta’lim muassasasi psixologlari va maktab amaliyotchi psixologlari ertaklardan bolalarning maktabga tayyorligini tadqiq etish chog‘ida foydalanishlari mumkin, albatta. G‘arbda ertaklar diagnostik xarakterga ko‘ra insonning ongsizligini yoritishda tatbiq etilgan. Bu holatni Z.Freyd va K.Gustav Yung ishlarida uchratamiz. Tadqiqotchilar proektiv testlarni spetsifik xarakterini o‘rganadilar. Ertaklarning “Bir bor ekan bir yo‘q ekan...” kabi kirish so‘zi bilan boshlanishi bolalarni ikkinchi olamga yetaklovchi sifatida tushuntiriladi. Ertaklardagi takrorlanuvchanlik bolalarni idrok ko‘lamini kengayishiga olib borishini tadqiqotlar isbotladi. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 714 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Xarakter- ertaklarda doimo bir xil o‘zgarmasdir. Tugallanish esa qahramonlarning baxtli hayot kechirishi bilan tugaydi. Yalmog‘iz obrazi doimo salbiylik timsoli sifatida gavdalanadi. Freyd o‘z ishlarida ertaklarning simvolik xarakteriga alohida e’tibor qaratdi va u orqali inson ruhiyatining yangi qirralarini ochishga erishdi. Freyd ertaklarni tahlil qilar ekan, ularni shaxs psixikasini dastlabki qismiga qaratilganligiga urg‘u beradi. Ertakshunos olim Roxeym fikricha ertaklar tush ko‘rish bilan yaqin turuvchi va o‘zida to‘rt vazifani mujassamlashtirganligi ta’kidlanadi: 1.Bog‘lovchi. 2.Transformatsiyalash. 3.Vositachilik. 4.Himoyalovchi. Analitiklarning fikricha, ushbu to‘rt jarayon bolalardagi nizoli ruhiy bezovtalanish holatlarini ochib berishda qo‘l keladi. Masalan, “Qizil shapkacha” ertagida psixologik himoya mexanizmi mavjudligi ustida so‘z boradi. Kichkina qizaloq bo‘rining yomonligini bilmaydi va undan qo‘rqmaydi. Bu bolalarda himoya, qo‘rqmaslik mexanizmini shakllantiradi. Bundan tashqari Rorshax testi va TAT testlari bolalarni o‘rganish uchun qulaydir. Oxirgi 20-yil ichida yangi proektiv testlar yaratish borasida ishlar olib borildi. Misol uchun AQSHda ishlab chiqilgan TMST (tell me a storgy test), ya’ni menga hikoyani aytib ber degan test shular jumlasidandir. Bolalarga rasm berilib, izohlash talab etiladi. Bu esa bolalarning aqliy tar

Доказательный фрагмент

«Tezisda maktabgacha ta’lim yoshidagi bola psixikasini o‘rganish va rivojlantirishda proektiv testlarning ahamiyati va qo‘llash yo‘llari yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tezisda maktabgacha ta’lim yoshidagi bola psixikasini o‘rganish va rivojlantirishda proektiv testlarning ahamiyati va qo‘llash yo‘llari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
характер, xarakter, psixik, психическое расстройство, terapevtik, проективный, projective, терапевтический, psychic, therapeutic, mental disturbance, character, экстрасенс, proektiv, ruhiy bezovtalanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники