К содержанию
РецензированоRU2024

ПРЕПОДАВАТЕЛЬ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПСИХОЛОГИИ И СТУДЕНЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЯ

O’QUVCHI MUNOSABATI · Vaxabova O’g’iloy Tolibjonovna

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada, ta’lim va tarbiya psixologiyasida o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarining ahamiyati hamda o’qitish usulining to’g’ri tanlanilishi haqida so’z boradi. Kalit so’zlar:Ta’lim va tarbiya psixalogiyasi, o’qitish usuli, xotira, yosh xususiyati, pedagogik baholash, qiziqish, mexanik xotira, kichik maktab yosh davri. Biz bilamizki, yurtning rivojlanishi va ravnaq topishida yosh avlodning o’rni beqiyosdir, qolaversa, har bir sohaning rivojlanishi yosh avlodning kamol topishi, ilm olishi, o’z ustida ishlab, o’z sohasi doirasida yutuqlarga erishishi uchun ta’lim va tarbiyani rivojlantirish,yangi zamon talabiga ko’tarish katta ahamiyatga ega hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Ta’lim va tarbiyani yangi zamon talabiga ko’tarish o’sib kelayotgan yosh avlodlarimizning porloq kelajagini garmonik o’stirish imkoniyatini yaratish hozirgi kunning asosiy masalasidir”. Har bir inson rivojlanar ekan uning asosini ta’lim va tarbiya tashkil qiladi. Bularning o’chog’i maktabgacha ta’lim, umumta’lim, oliy ta’lim tashkilotlaridir. O’quvchilarga ta’lim berishda ularning psixalogik holatlarini hamda o’qitish usullarini to’g’ri tanlay bilish ta’lim va tarbiya psixalogiyasining mohiyati hisoblanadi. Bu haqida I.Ivanov o’zining ''Umumiy psixologiya'' darsligida ta’kidlanganidek: ''Ta'lim- tarbiyaning muvaffaqiyati o'quv materialining mazmunigagina, ta'lim-tarbiya metodlarigagina bog'liq emas. Bu muvaffaqiyat ko'p jihatdan o'quvchining qanday o'qiyotganligini bilishga, ya'ni o'quvchining yosh xususiyatlariga, dastlabki aqliy taraqqiyoti va faolligiga muvofiq bilim va malakalar o'zlashtirish jarayonining psixik asoslarini bilishga ham bog'liqdir. O'quv materiali mazmunini tanlash, o'quv programmalari va rejalari, darslik va o'quv qo'llanmalari tuzish, shuningdek, maktab ta'limining har xil bosqichlarida turli o'quv predmetlari bo'yicha o'qitish metodlari sistemasini tashkil qilish va tanlash ham ko'p jihatdan ta'limning psixologik asoslarini bilishga va hisobga olishga bog’liqdir”. Bundan xulosa qilib aytganda, maktab ta’limida o’quvchi yuqori bosqichlarga ko’tarilganda o’quv qo’llanmalarning ma’lumot darajalari oshib boradi. Shu jarayonda har bir bosqichdagi o’quvchi psixalogiyasi, o’qish qobiliyati va yosh xususiyatidan kelib chib tanlanishi zarur. Bu ta’lim samaradorligini oshiradi. O’qitishning ikki xil usuli mavjud. Ulardan biri an’anaviy o’qitish usulidir. Bunda o’qituvchi muammoni belgilab, vazifani aniqlaydi va muammoni yechib beradi. O’quvchi masalani yechish usulini eslab qolib, uni yana boshqa usullar bilan yechishga harakat qiladi va ular orasida qaysi usul samarali ekanini aniqlaydi. Bunda o’quvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi. Har bir yosh davrining o’ziga hos xususiyati mavjud bo’lib, ularning eslab qolish, o’rganish psixalogiyasi ham farqlanadi. Masalan, kichik maktab yosh davridagi bolalarda mexanik xotira boshqa xotiralarga qaraganda yaxshiroq rivojlangan bo’lib, o’qituvchi ko’proq ko’rgazmali usullardan foydalangani maqsadga muvofiq bo’ladi, sababi bola ko’rgan narsasini o’zgarishsiz eslab qoladi. Shu bilan birgalikda o’quvchini to’g’ri baholash undagi qiziqish va motivlarning rivojlanishida alohida omil sanaladi. Shuningdek, kichik maktab yoshidagi o’quvchining muhim xususiyatlaridan biri – bu undagi xos ehtiyojning mavjudligidir. Bu ehtiyoj muayyan tartibdagi bilim, ko’nikma, malakalarni egallashga qaratilgan bo’lmay, bu ehtiyoj ularning faqatgina o’quvchi bo’lish istagidangina iborat Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 717 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. bo’ladi. Uning ideal shaxsi uning ustozi hisoblanib, aytganlarini bajarish, ustoziga o’xshash o’quvchiga zavq beradi, bundan faxrlanadi. Shu davrda o’quvchi sekin shakllana boshlaydi. Bunda o’qituvchining ta’siri sezilarli darajada ahamiyatli bo’ladi. O’qituvchi boladagi qobilyatni to’g’ri shakllantirsa, to’g’ri yo’nalish berib uning qobilyat va qiziqishlarini ochib bera olsa,boladagi qobiliyat rivojlanib boradi. Agar, bu qobiliyat vaqtida rivojlantirilmasa, yo’qolishi mumkin. Bolaning qiziqishlarini o’stirishda, o’qishga bo’lgan munosabatini yuksaltirishda baholash va o’qituvchining o’quvchiga bo’lgan munosabati katta ahamiyatga ega bo’ladi. O’quvchini baholash uni yaxshi bilim olishga undashi kerak. Shuning uchun ham bolani yaxshi baho ya’ni “5” baho bilan doimiy rag’batlantirish, “Yanada yaxshi bilim olishim kerak” degan xulosani susaytirib qo’yadi. Shuning uchun pedagogik bahoning mahsuldorligi deganda, uning bolalar ta’lim va tarbiyasidagi undovchi ro’li tushuniladi. Baholash haqida pedagog va psixolog olimlar B.A.Suxomlinskiy. SH.A.Amonashvili va ularning shogirdlari quyidagi fikr mulohazani keltirishganini ko’rishimiz mumkin. Ular kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni baholash salbiy oqibatlarga olib keli

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada, ta’lim va tarbiya psixologiyasida o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarining ahamiyati hamda o’qitish usulining to’g’ri tanlanilishi haqida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada, ta’lim va tarbiya psixologiyasida o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarining ahamiyati hamda o’qitish usulining to’g’ri tanlanilishi haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
возрастная характеристика, педагогическая оценка, метод обучения, Память, teaching methodv, xotira, pedagogical assessment, interest, age characteristic, o’qitish usuli, pedagogik baholash, memory, yosh xususiyati, qiziqish, интерес
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники