К содержанию
РецензированоRU2024

ПСИХИОЛОГИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА И ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ

VA FAOLIYAT · Xasanova Nargiza.

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada bolalik davri psixologiyasi , go'daklik davridan boshlab rivojlanish bosqichlari va inqirozi haqida ma'lumot berilgan. Kalit so'zlar- ilk bolalik davri , go'daklik davri, inqiroz, faoliyat, o'z - o'zini anglash, kattalik, maktabgacha yosh davri. Go'daklik davridan so'ng rivojlanishning yangi davri ilk bolalik ( 1- 3 yosh) davri boshlanadi .Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatli , uning kelgusi psixologik rivojini belgilab beruvchi davr hisoblanadi. Bu rivojlanish asosini bolaning to'g'ri yurishini , muloqotga kirishishini va predmetli faoliyatni egallashi tashkil etadi .Tikka va to'g'ri yura olish imkoni bolani doimiy ravishda yangi ma'lumotlarni egallashga olib keladi. Bu yoshdagi bola o'z xatti - harakatlari jihatdan juda faol kattalar bilan muloqotga kirishishda intiluvchan bo'ladi. Bir - uch yosh bola shakllanishida psixik rivojlanishning nihoyatda ahamiyati kattaligini inobatga olgan holda ayrim psixologlar( m-n R .Zazzo ) inson tug'ilgandan to yetuklik davrigacha bo'lgan psixik rivojning taxminan o'rtalari uch yoshga to'g'ri keladi degan mulohazani beradilar . O'z - o'zini anglash bolaning ilk davridan boshlanadi. O'z - o'zini anglash degani - yaxlit holda o'z ustida ishlash mazmunini , o'z - o'zini tarbiyalash dasturini belgilaydi. Bola o'z yaqinlaridan maqtov olishga harakat qiladi . Ota - onalar tomonidan bolaning hatti - harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baholar ularda o'zlarining layoqat va imkonoyatlariga nisbatan ishonchni shakllantiradi. U o'z ota - onasiga nihoyatda qattiq bog'langan bo'lib , intizomli va itoatkor bo'ladi. Anashu bog'liqlik sababli bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, havotirligi kamayadi . Onasi yonida bo'lgan bolalar ko'proq harakat qiladilar va atrof muhitni o'rganishga intiladilar. Kattalarning bola bilan qanday muomila qilishlariga qarab o'z "men" ini anglay boshlashi bir muncha avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi mumkin uch yoshli bola masalan o'z xohish va ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo'lgan manba deb biladi va uning menga bering, ko'taring, men ham boraman kabi talablarida ko'rinadi . Uch yoshli bolalar o'zlarini o'zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar. Shu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo'lish ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning o'zim qilaman so'zlarida na'moyon bo'ladi. Uch yoshdagi inqiroz : uch yoshga kirib bola o'zini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo'lgan (huquqi bo'lgan ), ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intiladi. " Men katta bo'lsam mashina haydayman" " men sizga katta tort olib kelaman " , " mening yuzta qo'g'irchog'im bo'ladi"kabi xohishlarni o'z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapirsa ham o'zining barcha xohishlarini shu bugun amalga oshirishga harakat qiladi. Ko’pincha bunday xislat qat’iylik va qaysarlik bilan namoyon bo’ladi. Bu qaysarlik asosan bolaning kattalarga bildirgan salbiy xatti-harakatlarda namoyon bo’ladi. Bola o’zi mustaqil harakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab, unda “o’zim qilaman” boshlanadi va bu yana qaysarlik va o’jarlik tarzida ko’rinadi. 3 yoshdagi inqiroz bola shaxsining ma’lum bir darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti- harakatlarini qila olmayotganligini anglashi natijasi hisoblanadi. Inqiroz davrida yuzaga keladigan iroda, layoqat va boshqa bir qancha hususiyatlar uni shaxs bo’lib shakillanishiga tayyorlaydi. Mashxur rus pedogogi Lesgaftning firicha insonning bog’cha yoshidagi davri shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda harakter xislatlarning namunalari shakillanib, axloqiy Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 733 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. harakterning asoslari yuzaga keladi. Bog’cha yoshdagi bolalarning ko’zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu o’yindir.Bog’cha yoshidagi bolalar o’zini o’yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko’p olimlarning diqqatini o’ziga jalb etib kelmoqda.Bog’cha yoshidagi bolalar o’zlarining o’yin faoliyatida ildam qadamlar bilan olg’a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tamonlarini aks ettirishga intiladilar. 3-7yoshli davrda bolalarning asosiy faoliyati quydagi ketma-ketlikda kechadi. -predmetlarni o’rganish; -individual predmetli o’yinlar, jamoa sujetli-rolli o’yinlar; -individual va guruhiy ijod; -musobaqa o’yinlari; -muloqot o’yinlari; -uy mehnati; Bog’cha yoshdagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatdan o’sishida qiziqishning o’rni kattadir. Bu esa o’z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim hislatlarni o’stirishga va mustahkamlashiga yordam beradi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ilk bolalik davrida bola o'zini boshqalarga taqqoslash orqali o'zini baholaydi va “men” konsepsiyasi shakllana boshlaydi.Bu davrda o’ziga xo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalik davri psixologiyasi , go'daklik davridan boshlab rivojlanish bosqichlari va inqirozi haqida ma'lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalik davri psixologiyasi , go'daklik davridan boshlab rivojlanish bosqichlari va inqirozi haqida ma'lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ilk bolalik davri, go'daklik davri, inqiroz, faoliyat, o'z - o'zini anglash, self - self-awareness, кризис, себя - самосознание, crisis, infancy, early childhood, активность, младенчество, activity, ранее детство
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники