К содержанию
РецензированоRU2024

КРИЗИС 7 ЛЕТ В ДЕТСТВЕ И ЛЕГКО ЕГО ПРЕОДОЛЕНИЕ ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ РЕКОМЕНДАЦИИ ДЛЯ

UCHUN PSIXOLOGIK TAVSIYALAR · O'g'ilxon Vaxabova Tolibjonovna · Xaydaraliyeva Ruxshona Akbarjon qizi

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu tezisda yosh davrlar psixologiyasida 7 Yosh inqirozi davrlari alohida e'tirof etiladi. Bu inqirozning ijobiy va salbiy tomonlari ko'rsatib o'tiladi. Kalit so'zlar: 7 yosh inqirozi, xulq-atvor, aktiv faoliyat, odat, yangi davr, hissiyot, muloqot, ijodkorlik. Bolaning o’z irodasini tarbiyalash uchun sharoit yaratish lozim. Chunki irodaviy xislatlar faqat doimiy ravishda mashq qilish orqali tarbiyalanadi. Kundalik tartib–qoidalarga rioya qilish iroda, intizomlilik, uyushqoqlik va ozodalilikni tarbiyalashda g’oyat katta ahamiyatga egadir. Kattalarning yaxshi xulqi bolalar uchun namuna bo’lishi kerak. Lekin namunaning o’zi yetarli emas. Balki ijobiy ish va harakatlarga doimo o’rgatib turish kerak, aktiv faoliyat jarayonidagina bolada eng zarur ko’nikma, malaka, odat, axloqiy xislatlar paydo bo’ladi, mustahkamlanadi.Bu davrda bolada“men o’zim”kontseptsiyasining vujudga kelishi shaxsiy fazilat shakllanishiga olib keladi va xuddi shu paytlarda bola shaxs sifatida tarkib topa boshlaydi. Bolada shaxsiy harakatlar paydo bo’lishi o’sishning yangi davri boshlanganini bildiradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ma’naviy hislar ancha shakllangan bo’ladi. Ayniqsa, burch hissi, mehribonlik, to’g’riso’zlik, do’stlik –o’rtoqlik hislari va bir qator irodaga xos xususiyatlar: mustaqillik, intizomlilik, dadillik, chidamlilik kabilar shakllana boradi. Maktabgacha yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi. Ijodkorlik layoqati, asosan, bolalarning konstruktorlik o‘yinlarida, texnik va badiiy ijodlarida namoyon boladi. Bu davrda maxsus layoqatlar kurtaklarining birlamchi rivojlanishi ko‘zga tashlana boshlaydi. Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq umumlashadi. Bu esa bu yoshdagi bolalarda tafakkur qilish omili sifatida ichki nutq yuzaga kelayotganligidan dalolat beradi. Bi-lish jarayonlarining sintezi bolaning o‘z ona tilini toliq egallashi asosida yotadi. Bu davrda nutqning shakllanish jarayoni yakunlana boshlaydi. Nutq asosidagi tarbiya jarayonida bolada sodda axloq me’yorlari va qoidalar egallaniladi. Bu me’yor va qoidalar bola axloqini boshqaradi. Bu yoshdagi inqiroz atoqli rus psixologi L.S.Vigotskiy tomonidan "7 yosh inqirozi" deb ataladi va bola xulq-atvori hamda xarakteridagi o‘zgarishlar ko‘rsatib o‘tiladi. Bolaning xulq-atvorida bolalarcha bevositalik yo‘qoladi. Inqirozning belgilari sifatida jarohatlaydigan kechinmalardan himoya qilish funksiyasini bajaradigan qiyshanglash, qiliq qilish, masxarabozlik qilishda namoyon bo'ladi. Bola o‘z hissiyotlari va kechinmalarini umumlashtirish asosida o‘z-o‘ziga munosabatda bo'la boshlaydi. Shu bilan birga bolada quyidagi xulq-atvor namoyon etiladi: — bolaga gapirilgandan so‘ng javob reaksiyasi orasida tanaffusning paydo bolishi («o‘zini eshitmaganday tutishi», «yuz marta qaytarish kerak»); — ota-ona tomonidan buyurilgan ishni bajarishda vaqtni cho‘zish; — «kichkina boladay» ko‘rinmaslik uchun o‘zining tashqi ko‘rinishi va kiyimiga qattiq e’tibor berish; — Qaysarlik, talabchanlik, injiqlik, berilgan va’dani qayta-qayta eslatish, tanqidni ko‘tara olmaslik, maqtovni kutish; kabi xulq - atvor shakllari ham kuzatiladi. Inqirozning ijobiy tomonlariga quyidagilar kiritiladi: - kattalar bilan muloqotga qiziqish, unga yangi mavzularni kiritish (siyosat, boshqa mamlakatlar va planetalardagi hayot, maktab haqida, axloqiy tamoyillar haqida); Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 735 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. - shaxsiy qaroriga ko‘ra o‘ziga ajratilgan majburiyatlarni bajarishda va sevimli mashg‘ulot (xobbi) bilan shug‘ullanishda mustaqillik. Xulq-atvorning bunday xususiyatlarining psixologik mazmuni shundaki, bolaning o‘zi tomonidan mustaqil tashkil etilgan harakatlarning ichki qadrliligi oshiriladi, qoidalari anglashiladi. Eng muhim tuzilmalardan biri — muhim ijtimoiy mavqeni egallash qobiliyati, ijtimoiy harakat qilish ehtiyojidir. Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish kerakki, yuqoridagi fikrlarni ko'rib chiqib 7 yosh inqirozi davrining naqadar muhim va dolzarb mavzu ekanligini aytib o'tish o'rinlidir. 7 yosh inqirozini yengishda bolaga ko'rsatiladigan yordamning asosiy shakllari ko'rsatiladi: talablarning sababini asoslashga urinish; mustaqil faoliyatning yangi shakllarini amalga oshirishga harakat qilish; berilgan topshiriqni bajarish zarurligini eslatish; bu topshiriqni bolaning bajara olishiga ishonch bildirish. Bundan tashqari kichik maktab yoshida sodir bo‘ladigan inqiroz ko‘proq bolaning o‘quv faoliyati jarayoni va uning kechishi bilan bog‘liq xolda kechadi. Maktab ta’limi o‘quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamoasi va oila muhitidagi ahvolni o‘zgartiradi, uning asosiy vazifasi o‘qishdan, bilim olish, ko‘nikma va malakalarni egallash, tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi qonuniyatlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib qoladi. Ta’lim muayyan darajada uyushqoqlik, intilish,

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda yosh davrlar psixologiyasida 7 Yosh inqirozi davrlari alohida e'tirof etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda yosh davrlar psixologiyasida 7 Yosh inqirozi davrlari alohida e'tirof etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
7 yosh inqirozi, xulq-atvor, aktiv faoliyat, odat, yangi davr, hissiyot, behavior, новая эра, active activity, привычка, a new era, 7 age crisis, активная деятельность, 7 возрастной кризис, habit, поведение
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники