Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБРАЗОВАНИЕ И ОБРАЗОВАНИЕ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ ПСИХОЛОГИЯ
Karibaeva Nag'ima
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
– maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim - tarbiya berishning ahamiyati juda katta. Bolalarga ta’lim - tarbiya berishda har xil pedagogik faoliyatlardan foydalanish ma’quldir. Shu borada tarbiyachi bir jihatdan psixologik ta’lim - tarbiya berishda ham asosiy o’rin egallaydi. Kalit so’zlar: ta’lim - tarbiya, faoliyat, maktabgacha ta’lim tashkiloti, bolalar, tarbiyachi, psixolog Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar bilan ishlash jarayoniga bir qator yangi o'zgarishlar kiritilmoqda. Bog'chalarda bolalarning vaqtini mazmunli o'tkazishni ta'minlashdan tashqari ularning psixologik holati, katta bo'lish jarayonlarida tashqi ta'sirlariga reaksiyasini o'rganilib, ular bilan malakali psixolog mutaxassislar ishlamoqda. Tarbiya –tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar oʼrtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat boʼlib, tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, maʼnaviy boyligi va his-tuygʼulari rivojlanadi, oʼzida ijtimoiy hayotda oʼz oʼrnini topish uchun zarur boʼlgan, kishilar bilan oʼzaro munosabatni toʼgʼri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil boʼladi. O‘zbekistonda 3 mln nafarga yaqin 3−7 yoshli bola bor. Ularni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 74 foizni tashkil qilmoqda. Mamlakatda bu ko‘rsatkichni 2026- yilgacha 80 foizga, 2030-yilga borib, 100 foizga yetkazish reja qilingan. Maktabgacha yosh 3-7 yoshgacha bolalarni qamrab oladi. Har bir yosh bosqichida bolaning jismoniy, aqliy va ruhiy jihatdan rivojlanishi o‘ziga xos bo‘ladi. Shu bilan birga ularning har biri o‘ziga xos temperamentga ega bo‘ladi. 6-7 yoshli bolani ta’limga jalb qilish masalasi murakkab masalalardan sanaladi. Bunda dastlab uch tomonlama aloqani mustahkamlash kerak. Ota- ona, bola, tarbiyachi (psixolog) o‘rtasida aloqa har doimgidan ham mustahkamroq bo‘lishi kerak. Dastlab bolada ta’limga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish kerak. Bolaning psixologik xususiyatlarini zarur bo‘lsa psixolog bilan birgalikda aniqlab olib, o‘ziga xos yondoshuvni topa olish, bolalarning diqqati, tafakkuri, qiziqishi, idrokini oshiruvchi psixologik o‘yinlardan ko‘proq foydalanib mashg‘ulotlarni tashkil etish zarur. MTTda bolalarga ta’lim - tarbiya berishda, ularni intellektual, ma’naviy-madaniy, ahloqiy yetuk, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, ularni maktabga har tomonlama tayyorlashga, voyaga yetkazishda tarbiyachining roli muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi bolalarda hayvonlar, qushlar va o'simliklarni sevish zarurligi haqida tushuncha berishi, bolani sevishga o’rgatishi, bolaning tug’ma talantini ochib berishi, bolani aqliy, ma’naviy – ahloqiy jihatdan ham rivojlantirishi zarur. Tarbiyachi bolani qiziqishlariga qarab besh faoliyat turida, yani beshta markazda aqliy jihatdan san’at, sahna, didaktika va ilm-fan faoliyatlarida har jihatdan kamol topishiga ko’mak berishi zarur. 1. Qurish, konstruktorlik va matematika markazi. Ushbu markazda har-xil qurish to‘plamlari-kublar, legolar, bloklar, konstruktorlar, o‘ynash uchun didaktik o‘yinlar va Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 737 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. boshlang‘ich matematik tassavurlarni rivojlantirish uchun o‘quv materiallari bor. Unda qurish va yasashga qobilyati bor bolalar jalb qilinishi kerak. 2. Syujjetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi: teatrning barcha turlari uchun artibutlar va o‘yin materiallari, rolli, dramatik, rejissorlik o‘yinlari, shlyapalar–maskalar, o‘yin to‘plamlari va burchaklarda o‘ynash uchun o‘yinchoqlar. Masalan: “Sartarosh”, “Kasalxona”, “Do‘kon” o‘yin artebutlari joy oladi. Shu kasbga qiziqishi bor bolalarni bu markaz o‘ziga jalb qiladi. 3. Til va nutq markazi: katta-kichik rasmlar, bolalar kitoblari kutubxonasi, tematik albomlar, topishmoqlar, albomlari magnit harflar to‘plami (rasmli alifbo). 4. Ilm fan va tabiat markazi: atrof muhit madaniyati bo‘yicha didaktik materiallar, “tabiat va odam” rasmlari va illustrasiyalar, valeologiya bo‘yicha maketlar, uy hayvonlari, dengiz hayoti, hashoratlar, qushlar maketlari. 5. San’at markazi: Tasviriy faoliyat zarur jihozlar, xalq hunarmandchilik, mahsulotlari tasvir etilgan albomlar, dekorativ-amaliy san’at, turli xil xalqlarning hayoti, madaniyati, urf- odati aks etgan tematik rang barang kitoblar, erkin ijod uchun rasm chizish albomlari. Tarbiyachi-psixolog ham bo‘lishi kerak u muntazam ravishda bolalarning kayfiyatini, xarakterini, uning ruhiyatidagi turli hil o‘zgarishlarni kuzatib unga mos yechimlarni topib ishlashi kerak bo’ladi, juda muammoli vaziyatlarda psixolog va ota-onalar bilan xamkorlikda ishlashlari kerak. Bolaga oilasida yoki bog’chada majburlab ta’lim berilmaydi. Masalan: qiziqishi yo’q bolaga majburan biron narsani o’rgatib bo’lmaydi. Bolalar bog’chaga birinchi kundan kelganidanoq har tomonlarga boqib, atrofni sinchiklab o’rganadilar. Birinc
Доказательный фрагмент
«– maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim - tarbiya berishning ahamiyati juda katta.»
Образец извлечения
Демо-превью– maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim - tarbiya berishning ahamiyati juda katta. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- дети, education - upbringing, ta’lim - tarbiya, children, a psychologist, образование - воспитание, psixolog, tarbiyachi, активность, educator, психолог, педагог, bolalar, faoliyat, activity
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025