К содержанию
РецензированоRU2024

ПСИХОЛОГИЯ РАННЕГО ДЕТСТВА

o‘qituvchisi Yoqubaliyeva Dilafro’z · talabasi Yusupova Nargiza

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Maqolada ilk bolalik davrida tashqi muhitning ta’siri. Ilk bolalik davri psixologiyasi va bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlanish, nutq va tafakkurning rivojlanishi. Aqliy rivojlanish, ilk bolalik davri muomolari va yechimlari haqida sõz boradi. Kalit so’zlar:Egotsentrizm, “Men” konsepsiyasi, predmetlivaziyat, predmetli faoliyat, mexanik xotira, vaziyat nutqi. Bolaning yurishga urinishi, turli narsalar bilan ovunishi va mashg‘ul bo‘lish imkoniyatlari kengayishi, uning kattalarga bevosita tobeligi, ularga bog‘liqligi nisbatan kamayishiga olib keladi. Binobarin, uning mustaqil harakat qilishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratiladi. Bir yoshli va undan sal oshgan bolaning har xil harakatli o‘yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, ko‘zlagan ishni bajarishdagi noxush kechinmalar uning ruhiy dunyosida dastlabki jazava (affektiv) tuyg‘u va hisni vujudga keltiradi. Shuningdek, o‘z faoliyatida uchraydigan ko‘ngilsiz voqealarga shaxsiy munosabatini bildirish-aksettirishning yangi shakli ta’sirlanish (reaksiyaga kirishish) ni tarkib toptiradi. Bola mazkur holatni intuitiv ravishda kashf qiladi, bu narsa grammatik aloqalarda, morfologik o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. Emaklash bolaning 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan (ilk bolalik) davrida boshlanadi. Bu yoshdagi harakatdagi eng katta yutug‘i to‘g’ri va tik yura boshlashi psixikasining rivojlanishini ta’minlovchi predmetli faoliyatning yo‘lga qo‘yishi va gaplarni tushunib nutq rivojlanishidir. Yurish vaqtida to‘g‘ri yurish ularni qoniqtirmaydi. Orqaga ko‘zlarini yumib baland-past joylardan yurib o‘zlari-o‘zlariga qiyinchilik tug‘diradi va uni yengishga harakat qiladi. Uyqu vaqti kamaya boradi. 1,5 yoshdan 13,5 soat kechasi va 2 mahal, kunduzi 3 yoshga yetganda 12 soat kechasi va 1 mahal kunduzi uxlaydi. Jismoniy jihatda o‘sishi quyidagi ko‘rsatkichlar atrofida bo‘ladi. 1 yashar bo‘yi 75 (yiliga 25) vazni 9 (yiliga 6) 2 yashar bo‘yi 85 (yiliga 10) vazni 12,5 (yiliga 3,5) 3 yashar bo‘yi 92 (yiliga 7) vazni 14 (yiliga 1,5) Suyaklar qotishi va o‘sishi protsessi davom etadi. 3 yoshga yetganda sut tishlari chiqib bo‘ladi. Umurtqasi rivojlanib bola gavdasini ko‘taradigan bo‘ladi. Ichki organlarda ham o‘sadi, o‘pka va yurak harakatlarining aktivligi hisobiga vazn ortib faolligi ortadi. Leykotsit kam bo‘lganligi uchun yuqumli kasalliklarga tez beriluvchan bo‘ladi. Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi. 1. Bolalarda 1-3 yosh oralig‘ida kattalarga taqlid qilish holati kuchayib ketadi. 2. Bolalar 1,5-2 yoshdan boshlab o‘zlarini boshqa insonlar va predmetlardan alohidan ekanligini anglay boshlaydilar va ular dunyoni quyidagicha idrok eta boshlaydilar: "Men odamlar e’tiborining markazidaman", "Butun olam mening atrofimda aylanadi". Bu holatlarni qanday izohlaysiz? Nerv sistemasi ham tez taraqqiy etadi. Bu davrda bolalarda qo‘zg‘alish tormozlanishda ustunlik qiladi. Bolada shartsiz reflektor faoliyatiga endi bosh miya po‘sti nazorati ostida yuzaga keladigan xilma-xil harakatlar bo‘ladi. Masalan, issiq choynak. Bu 1 signal sistemasini faoliyati bo‘lib, endi 2 signal sistemasi yani nutq so‘z orqali xatti harakatlarni boshqarishda katta rol o‘ynaydi. Bu davrda sezgi organlari yaxshi takomillashadi. (eshitish, tuyg‘u, og‘riqni sezish) bular psixik taraqqiyot uchun zamin yaratadi. Idrok va tasavvurni Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 763 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. o‘sishi. Bolada shartsiz orenterovka refleksi asosida har narsaga qiziqish va dunyoni bilish ishtiyoqi uchun ularda idrok va tasavvur hisobiga bo‘ladi. Bu analizator (sezgi organlari) takomilashishi sababli go‘dak tevarak atrof haqidagi tarqoq tasavvurlar butun-butun obrazlardan idrokka aylanadi. Yana harakat ko‘paygan sari uning bilish imkoniyati kengayadi. Faqat emaklab yurib qolmasdan zinalardan tushish to‘siqlarni aylanib o‘tish, stulga chiqish, o‘yinchoqlarni mustaqil o‘ynash va boshqalar. Tortmalarni sumkalarni titqilab, qiziqib, tekshirib yangiliklarni bilib oladi. Bu bola idroki rivojlanishini ko‘rsatadi. Bu yoshda bola narsalarning katta kichikligini idrok etishda qiynaladi. Fazani tusmallab idrok qiladi. Vaqtni idrok qilishga juda ko‘ptirishadi. Erta-bugun kecha tushunchalarini ishlatishda qiynaladi. Maktab yoshida ham qiynaladi. (ba’zida). Nutq idrok uchun boy materiallari bo‘lib, u yordamida tasavvur ham shakllana boradi. Diqqat:Bu yoshda bolalarga ixtiyorsiz diqqat xosdir. Rang-barang narsalarga ko‘proq e’tibor beradi. Beqaror diqqat (bir o‘yinchoqdan ikkinchi o‘yinchoqga o‘tib ketishi) fiziologik asosi bosh miyada qo‘zg‘alish tormozlanishiga nisbatan kuchli. Shuning uchun miyada muvozanatga kelish qiyin bo‘ladi. Bog‘chagacha davr oxirlarida diqqatni barqarorligi 2 barobar o‘sadi. Bu davrda ixtiyoriy diqqat hali bo‘lmaydi. Xotira. Bu davrda ixtiyorsiz xotira bo‘ladi. Bola materiallarni ongli ravishda esd

Доказательный фрагмент

«Maqolada ilk bolalik davrida tashqi muhitning ta’siri.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ilk bolalik davrida tashqi muhitning ta’siri. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Men” konsepsiyasi, predmetli faoliyat, предметная деятельность, mechanical memory, predmetlivaziyati, предмет, subject matter, subject activity, механическая память, mexanik xotira, The concept of, Egocentrism, Egotsentrizm, Эгоцентризм, Понятие «Я».
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники