Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ФОРМА И МЕТОДЫ РАБОТЫ С РОДИТЕЛЯМИ
Kurolova Moxiraхom Adxamovna
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Mazkur maqola ota-onalar bilan ishlashga jamoa bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo'ladi Bundan maqsad, faqatgina o’quvchilarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani tanishtirish emas, balki shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy maslahatlari bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Maqsad, moddiy imkoniyatlar, sabr-toqat, tug’ma qobiliyat , ekologik ko’nikmalarni singdirish jamoatchilik Sinf rahbari ota-onalar bilan ish olib borishda islashning xilma-xil shakl va metodlaridan foydalanishi lozim. Ota-onalar bilan ishlashga shaxsiy ishlar jamoa bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Biz quyida ota-onalar bilan ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz : 1. O’quvchilarning uylariga borish – bu oila bilan aloqa qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bunda sinf rahbari o’quvchining ota-onasi, uning yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi. 2. Ota-onalarni maktabga chaqirish. Bundan maqsad, faqatgina o’quvchilarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani tanishtirish emas, balki shu bilan birgalikda ota- onalarga pedagogik va ruhiy maslahatlar berib, ularga o’quvchini oilada tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir. 3. Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa o’quvchiga chaqiriqlar yoki maxsus da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi. 4. Ota-onalar sinf majlisini o’tkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi orqali amalga oshiriladi. 5. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o’tkaziladi. 6. Savol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli sinf o’quvchilarning xususiyati, xarakterini yaxshiroq o’zlashtirish imkonini beradi. 7. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg’or tajribalar bilan fikr almashish, o’rtoqlashish. Bu narsa quyidagi mavzuda bo’lishi mumkin: a) yoshlarni qanday qilib mehnatga tayyorlash mumkin? b) o’quvchining kundalik rejimi haqida. v) “Ota-onalarning obro’si” haqida, “Oilada yoshlarga axloqiy tarbiya berish” va hokazolar to’g’risida anjumanlar o’tkazish. 8. Maktab qoshida ota-onalar universitetlarini tashkil etish va bu universitetlardan tizimli ish olib borish: a) ota-onalarni tarbiya sohasidagi adabiyotlar bilan tanishtirish. b) “Ota-onalar, sizlar uchun” degan mavzuda og’zaki jurnal. v) faol ota-onalarning tarbiyaviy ish tajribalari bilan boshqa sinf rahbarlarini tanishtirish kabi ishlar olib borilishi lozim. Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p qirrali bo’lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi. Bizning yosh avlod xalqimizniig inqilobiy, mehnat, jangovar an’analarini o’zlashtirib, o’ziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini — g’oyaviy e’tiqod va matonatni, Vatanga muhabbatni, uning iqtisodiy, siyosiy va jangovar qudratini mustahkamlashda ishtirok etishga intilishni singdiribgina o’z bobolari va otalari ishini davom ettira va ko’paytira oladi. Bu ishda ota-onalar ayniqsa muhim o’rin tutishlari kerak. Buni barcha sinf rahbarlari nazarda tutishlari muhimdir, Bunda shaxsning huquqiy yetukligi shaxs ijtimoiylashuvining mahsuli ekanligini har bir oilaga tushuntirish g’oyat muhimdir. Oila shaxs Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 768 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. uchun uning ijtimoiylashuv jarayoni ro’y beradigan, uning axloqi, dunyoqarashi asoslari va hokazolar tarkib topadigan dastlabki va nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamoadir. Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatiishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur bo’g’iniga ham aylantiradi. Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning o’ziga xos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi, obro’liligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. O’z farzandining barcha zaif va kuchli tomonlarini yurgakdagi chog’idan biladigan, uning qalbidagi eng kichik harakatni ham sezadigan va tushunadigan, unga ta’sir etishni biladigan onadan va otadan yaxshiroq kim ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka, do’stlikka, muhabbatga o’rgata oladi! Ma’lumki, xilma- xil faoliyat sharoitida shaxsning qobiliyatlari eng samarali rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, shaxsni oiladan boshqa qaerda ham faoliyatning xilma- xil turlariga jalb etish mumkin. Oilaviy tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati y
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola ota-onalar bilan ishlashga jamoa bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo'ladi Bundan maqsad, faqatgina o’quvchilarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani tanishtirish em…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola ota-onalar bilan ishlashga jamoa bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo'ladi Bundan maqsad, faqatgina o’quvchilarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani tanishtirish em… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- moddiy imkoniyatlar, material possibilities, sabr-toqat, The goal, teaching environmental skills to the public, материальные возможности, врожденная способность, ekologik ko’nikmalarni singdirish jamoatchilik, tug’ma qobiliyat, преподавание экологических навыков населению, Maqsad, patience, Цель, терпение, innate ability
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025