Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЦЕЛЬ И ОБЯЗАННОСТИ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Iminova Dilnoza Nasirovna · Bozarova Maqsuda Salimjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Inklyuziv ta’lim-maxsus ta’limga muhtoj bolalar, o’smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qa’tiy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim turli xil ehtiyojli bolalarni ta’lim olish haqida fikrlar yuritilgan. Kalit so’z va iboralar: Inklyuziv, strategiya, fe’l-atvor, korreksion, ehtiyoj, tenglik, shaxs, jamiyat Hozirgi kunda jahon miqyosida keng targ’ibot qilinayotgan inklyuziv ta’lim strategiyasi, ya’ni o’sishi va rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash masalasi O’zbekistonda ham dolzarb muammolar sirasiga kiradi. O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 2019-yil 29-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF- 5712-son Farmoniga muvofiq O’zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko’rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida farmon imzolandi. Vazirar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 12-oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlash to’g’risidagi”638-son qaror qabul qilindi. 13-oktabr 2020-yildagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4860-son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan. “2020-2025-yillarda Xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish Konsepsiya”sida alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ko’rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo’yicha quydagi vazifalar belgilandi: · alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash; · alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar o’qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar , metodik qollanmalar, turli kasblarga o’qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; · alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni o’qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko’tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy pedagogik kuzatish bo’yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash; · alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarning moslashishi va integratsya uchun maktab-inernatlarini bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta’minlash va boshqalar. Inklyuziv ta’lim – umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo’lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishga oid qo’shimcha moslamalarni tashkil qilib, bolalarni ta’lim olishga qulay sharoit yaratadi. Imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ta’lim tizimida o’qitishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek ular o’z oilasidan uzoqda bo’lishga majbur bo’ladilar, bu esa ular fe’l-atvorlarida turli sa’lbiy illatlarning shakllanishiga turtki bo’ladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o’rganib qoladilar, o’z-o’ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari, juda ko’p maxsus ehtiyojli bolalar ayrim sabablarga ko’ra, masalan, ota-onalarni maxsus maktab-internatlarga yubormasligi sababli ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Alohida ehtiyojli bolalarning ota- Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 761 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. onalarini xohish-istaklarini inobatga olgan holda va ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash maqsadida Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobilyatlariga ko’ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishni amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmoqda. Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi ta’limni boshlash imkoniyatiga ega bo’lgan barcha bolalar, shu jumladan alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalarni umumta’lim jarayoniga qamrab olishdir. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarga ta’lim olishni taqdim etishi bilan katta ahamyatga ega. Bu ana shunday bolalarni uzluksiz umumiy ta’lim tizimiga kiritishni bildiradi. Ko’p hollarda alohida yordamga muhtoj bolalarning ota- onalari o’z bolalarining ta’limga oid huquqlari va boshqa imkoniyatlari haqida noto’g’ri tushunchaga ega bo’lganlari natijasida bu bolalarga to’g’ri ta’lim berishni talab qilmaydilar. Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilishni o’quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko’roq o’quvchilarni qamraydigan yangi o’qtish uslublarini ishlab chiqishga undaydi. Buning nafi esa hamma bolaga tegadi.Umuman olganda, inklyuziv ta’limni O’zbekistonda joriy qi
Доказательный фрагмент
«Inklyuziv ta’lim-maxsus ta’limga muhtoj bolalar, o’smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qa’tiy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’sh…»
Образец извлечения
Демо-превьюInklyuziv ta’lim-maxsus ta’limga muhtoj bolalar, o’smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qa’tiy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’sh… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- strategiya, характер, strategy, ehtiyoj, Инклюзивно, стратегия, исправление, fe’l-atvor, korreksion, need, character, correction, нуждаться, Inclusive, Inklyuziv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024