Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РЕЧЕВЫЕ НАРУШЕНИЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА ВАЖНОСТЬ ИГРЫ НА ВЫБОР
To‘xliboyeva Zuxra Abdumutal qizi (Andijon davlat universiteti Pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqiy xususiyatlari , nutq kamchiliklari hamda ulardagi nutq nuqsonlarni bartartar etishda o‘yining ahamiyat haqida so‘z boradi Kalit so‘zlar:maktabgacha ta’lim, bola, nutq, nuqtiy kamchilik, nutq nuqsoni, nutqiy xususiyatlar, o‘yin Mamlakatimizda ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar malaka oshirishning shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqishni va bu jarayonga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishni taqozo etmoqda. Xususan, hozirgi kunda Respublika-mizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida makabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi, huquqiy-meyoriy, metodik ta’minot jihatdan bosqichma-bosqich musahkamlanib bormoqda. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqiy kamchiliklarini bartaraf etish vositalaridan yana biri o‘yinlar hisoblanadi. Shu o‘rinda muhtaram Prezidentimizning mazkur fikrlarini keltirishimiz maqsadga muvofiqdir. “Bolalar tarbiyasi jarayonida о‘z ishini puxta biladigan, malakali va har bir bolaga individual уondosha oladigan pedagog-kadrlarni jalb qilgan holda, ularning ongi va tafakkurini go‘dakligidan to‘g‘ri shakllantirib bormasak, kelajakda yuksak saviya, bilim va ma’naviyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash qiyin bo‘ladi”. Shu kunlarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tarbiyachilarning malakasi oshirish mazmuni va shakllarini takomillashtirish zarurati paydo bo‘ldi. Qiziqishimiz, bor diqqat e’tiborimizni qaratmog‘imiz lozimdir. Shu o‘rinda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni keng qamrovli bilimlarini o‘zlashti-rishlari hamda mustaqil fikrlay oladigan yetuk shaxslarni tarbiyalash pedagoglar tomonidan olib boriladigan ta’limiy faoliyatlarining samarali tashkil etilishiga bog‘liqdir. Maktabgacha ta’limda olib boriladigan nutq o‘stirish faoliyatlarining ahamiyati shundan iboratki, bolalarning o‘z atrofdagi insonlar bilan muloqotga kirishishida, o‘z fikr va mulohazalarini o‘zgalarga bildirishida, kattalar va tengdoshlari muloqotiga taqlid qilishida, o‘z xohish va istaklarini namoyon qilishida, tengdoshlari bilan muloqotga kirishish va ular bilan munosabat o‘rnatishida, o‘zini o‘zi baholashida, eng asosiysi mustaqil fikrlash qobiliyatlariga ega bo‘lishida nutq o‘stirish mashg‘ulotlarining o‘rni beqiyosdir. Nutq nafaqat maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida balki butun bir insoniyatning jamiyatda yashashi, o‘z o‘rnini topishida muhim ahamiyatga egadir. O‘yin bola hayotining uzviy qismidir. Bolalarning o‘yin dunyosi boy va xilma–xildir. Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan faoliyatlarda o‘yin usullari hamda elementlaridan foydalanish samarali natija beradi va shu sababdan keng qo’llaniladi. Shu sababli o‘yin faoliyatidan keng foydalanish orqali bolaga har tomonlama ta’sir etish mumkin. O‘yin bolaning aqliy rivojlanish vositasidir. O‘yin vaqtida xilma – xil aqliy jarayonlar faollashadi, o‘yinning vazifa va shartlari esa diqqatni to‘plash, analizatorlarni farqlash, taqqoslash, umumlash-tirish jarayonlarining faollashuvini talab etadi. Bir xildagi harakat va so‘zlarning ko‘p takrorlanishi bola ongida narsa va hodisalar haqidagi mustahkam bog‘lanishlar hosil qiladi, muayyan fikr, xatti – harakatlarning tarkib topishiga yordam Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 780 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. beradi. “O‘yin – sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o‘t oldiruvchi uchqundir”, degan edi V. A. Suxomlinskiy. O‘yin bolalarning har tomonlama kamol topishida katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘yin vaqtida bolalarning sezgi, idrok, tafakkur, hayol, xotira, diqqat, iroda, xissiyot va boshqa ruhiy jarayonlari ishtirok etadi. O‘yinlar bolalarning aqliy faoliyatini o‘stirishga, ularning fikriy tashabbuskorligini oshirishga xizmat qiladi. Biz bilamizki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqiy kamchiliklarini bartaraf etishda asosan tarbiyachi nutq o‘stirish va savodga tayyorlash faoliyatlari davomida o‘yinlardan foydalanadi. Misol uchun “Qog‘irchoq Olima ovqatlanyapti”, “Qo‘g‘irchoq sayrga otlanyapti“, “Kim qanday o‘ylaydi”, “Qaydi shamol”, “Ayiqcha biznikiga mehmonga keldi”, shuningdek, “Ortiqchasi top”, “Ajoyib xaltacha” kabi o‘yinlar shular jumlasidandir. Bunday didaktik o‘yinlar asosan maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini shakllantirish, tovushlarni aniq talaffuz qilish ustida ishlash, lug‘at boyligi oshirish hamda nutqiy kamchiliklarini bartaraf etishga xizmat qiladi. “QUVNOQ QAYIQCHAM” Maqsad: Har bir bolani bir nafas chiqarishda “ f “tovushini to‘g‘ri talaffuz qilish yoki bir nafas chiqarishda“ p “ (p-p-p)tovushini qayta-qayta talaffuz qilish ko‘nikmasiga erishish. Kerakli jihozlar:suv havzani ( suv to‘
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqiy xususiyatlari , nutq kamchiliklari hamda ulardagi nutq nuqsonlarni bartartar etishda o‘yining ahamiyat haqida so‘z boradi Kalit so‘zlar:maktabgacha ta’lim…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqiy xususiyatlari , nutq kamchiliklari hamda ulardagi nutq nuqsonlarni bartartar etishda o‘yining ahamiyat haqida so‘z boradi Kalit so‘zlar:maktabgacha ta’lim… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- речь, speech, point deficiency, child, nutq nuqsoni, nuqtiy kamchilik, speech impediment, дошкольное образование, preschool education, maktabgacha ta’lim, nutq, bola, ребенок, дефект речи, недостаток баллов
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024