К содержанию
РецензированоUZ2026

IMMUNOLOGIYA VA UZOQ MUDDATLI DAVOLANUCHI BOLALARDA MAKTABGACHA VA UMUMIY O’RTA TA’LIMNI TASHKIL ETISH USULLARI

Soliyeva Sevinch

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

ushbu maqolada immunologiya haqida va uning davolash choralari haqida qisqacha aytib o’tilgan. Uzoq muddatli davolanuvchi bolalarda ta’lim tizimini tashkil etish haqida ham qisqacha ma’lumot berib o’tildi. Hozirgi kunda O’zbekiston mamlakatimizda immunologiya sohasida olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berib o’tilgan. Kalit so’zlar: immunologiya, toʻqimalar antigenlarining nasldan-naslga oʻtishini, antitelolar va antigenlarning kimyoviy tuzilishi, anatomiyasi, gistologiyasi va sitologiyasini oʻrganadi, immunopatalogiya, immunoprofilaktika. Birinchi bo’lib immunologiya haqida gapirsak. Immunologiya nomidan kelib chiqqan holatda imunitet tizimimizning holati va unda bo’layotgan kamchiliklar haqida so’zlaydi. Immunologiya (immunitet va ... logiya) — tibbiy-biologik fan; organizmning genetik jihatdan unga yot boʻlgan belgilar (antigenlik xususiyati) ga ega tirik tanalar va moddalar taʼsiriga nisbatan oʻziga xos antigenlik birligini saqlashga qaratilgan reaksiyalari. Immunitetning umumbiologik asoslarini, uning vujudga kelishi va evolyusiyasini, toʻqimalar antigenlarining nasldannaslga oʻtishini, antitelolar va antigenlarning kimyoviy tuzilishi hamda xossalarini, ularning oʻzaro taʼsiri oldini olish va davolash usullarini oʻrganadi. Hujayra va molekula doirasida antitelolar hosil boʻlish mexanizmini, antigenlarning patogenetik rolini, immun sistemaning filogenezi va ontogenezini oʻrganishning nazariy yoʻnalishlaridir. Immunomorfologiya — organizm immun sistemasining anatomiyasi, gistologiyasi va sitologiyasini oʻrganadi; bunda gistologik va sitologik tekshirish, hujayrani organizmdan tashqarida oʻstirish; yorugʻlik, flu-oressent va elektron mikroskopiya, avtoradiografiya va b. usullardan foydalaniladi. Organizm oʻz toʻqimalari uchun normal boʻlmagan komponentlar, yaʼni yot moddalarni, mas, nobud boʻlgan va aynigan hujayralar, shikastlangan molekulalar, yot hujayralar, bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar, gelmintlar, ularning zaharlari va b. ni immun reaksiyalar mexanizmlari yordamida zararsizlantiradi, ularni organizmdan chiqarib yuboradi. Immun reaksiyalarning miqdor tasnifini tartibga solib turadigan omillar, chunonchi nerv sistemasi (asosan, gepotalamus), gormonlar, ovqatlanish, organizmning holati (jumladan, charchash darajasi) va tashqi taʼsirotlarni immun reaksiyalar fiziologi yasi oʻrganadi. Hoz. faqat gipofiz va buyrak usti bezlari gormonlari immun reaktivlikni oʻzgartirib qolmay, platsenta ham ona organizmining homila antigeniga nisbatan immun reaksiyasini maʼlum darajada tor-mozlay oladigan alohida gormon chiqarishi aniqlangan Immunopatologiya — organizmga shikayet yetkazadigan immun reaksiyalarnigina emas, balki immun siste-masining oʻzgarishi bilan davom etadigan kasalliklarni ham oʻrganadi. Bunda immun reaksiyaning tormozlanishi va kuchaytirish metodlariga qam alohida eʼtibor beriladi. Soʻnggi yillarda organizmning nospetsifik taʼsirlarga nisbatan biror turdagi hujayralar va mikromoleku-lalarga koʻsatadigan reaksiyasi ham oʻrganilmoqda. Bu soha noinfeksi-on I. deb ataladi. Koʻp hujayrali har bir organizmdagi oqsillar va hujayra membranalari oʻziga xos tuzilgan. 46 Tashqaridan kiritilgan qujayra va molekulalar organizm uchun begona boʻlib, organizmda ularni chiqarib yuborishga qaratilgan immun reaksiyalar ruy beradi. Shuning uchun kuchirib oʻtkazilgan organ va toʻqimalarni, eng takomillashgan jarrohlik texni-kasi mavjudligiga qaramay, organizm qabul qilmaydi, chunki organ va toʻqimalar organizmga immunologik jihatdan toʻgʻri kelmaydi (toʻqimalarning bir-biriga nomutanosibligi, mos bulmasligi). Transplantatsion I. ana shu toʻsiqning kelib chiqish mexanizmlari va uni yengish masalalarini oʻrganadi. Noinfeksion I. ningusmalar I. si boʻlimi esa oʻsma antigenlarini aniqlab, xavfli oʻsmaga aylanib ketgan hujayralarni olib tashlash usullarini oʻrganadi1. O‘zbekiston Prezidentining 27-maydagi qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tashkil etiladi. Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasida yangi barpo etilgan tibbiyot muassasasi binolaridan biriga joylashtiriladi. Shuningdek, qaroriga ko‘ra, 2021—2022-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi bo‘limi negizida umumiy shtatlar va statsionar o‘rinlar doirasida Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo‘limlari tashkil etiladi. Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ham Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasida yangi barpo etilgan tibbiyot muassasasi binolaridan biriga ko‘chib o‘tadi. 300 o‘rinli bino 2021-yil 1-sentabrga qadar foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Unda kattalar va bolalar uchun alohida jarrohlik, jonlantirish, intensiv terapiya, transfuziologiya va transplantologiya bo‘limlari, shuningdek, radiod

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada immunologiya haqida va uning davolash choralari haqida qisqacha aytib o’tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada immunologiya haqida va uning davolash choralari haqida qisqacha aytib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
anatomiyasi, antitelolar va antigenlarning kimyoviy tuzilishi, gistologiyasi va sitologiyasini oʻrganadi, immunopatalogiya, immunologiya, toʻqimalar antigenlarining nasldan-naslga oʻtishini, immunoprofilaktika.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники