Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
NAVOIY SHE’RIYATI BADIIYATIDA ISTIG‘NO VA VAHDAT TUSHUNCHALARINING KO‘RINISHI
TUSHUNCHALARINING KO‘RINISHI · Kamolova Majnuniso Ulug‘bek qizi
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются некоторые мистические понятия, которые можно встретить в шедеврах поэзии мыслителя Алишера Навои, а именно: место изоляции, таухид, единение и др. Ключевые слова. Одиночество, долина, монотеизм, единство, повествование, воспоминание, вера, качество, качество. ANNOTATION. This article, based on a scientific approach, reveals the role of some mystical concepts that can be found in the masterpieces of the poetry of the thinker Alisher Navoi, such as istig‘na, tawhid, and wahdat, and how they appear in the example of certain verses. Keywords: Solitude, valley, monotheism, unity, narration, remembrance, faith, essence, attribute. KIRISH. Istig‘no va tavhid tushunchalariga o‘tishdan avval, Hadisi sharifga murojaat etsak o‘rinli bo‘lar edi: Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:” Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: “Eng to‘g‘ri so‘z- shoir Labidiyning “Haq taolodin o‘zga har narsa o‘tkinchi erur” degan so‘zidur. Umayya ibn Abu Saltning (ya’ni, Labiydning o‘zi she’rlarida) musulmon bo‘lmog‘iga oz qolib erdi”,-dedilar (ya’ni Labiyd Islom davrigacha yetib kelgan bo‘lsa-da, musulmon bo‘lmagan erdi. Ammo, o‘z se’rlarida tavhid xususida juda ko‘p zikr qilur erdi. Shu boisdan ham Janob Rasululloh: “Umayya Ibn Abu Saltning musulmon bo‘lmog‘iga oz qolib erdi”-deb aytdilar)”1 Tavhid ilmi ham o‘z ichida uchga bo‘lib o‘rganiladi: bularning birinchisi: Haqning o‘ziga yo‘naltirilgan Haq ilmi. Buning ma’nosi Haqning o z yagonaligi ilmidir. Ikkinchisi esa: xalqqa yo‘naltirib kelingan Haq ilmi, bunda uning tavhid haqidagi hukmlari va bandasi ko‘ngliga tavidni yetkazish ilmidir. Uchinchisi: xalqning Haqqa yo‘naltirilgan tavhidi, ya’niki, kishilarning Xudo vahdoniyatiga yetishish ilmidir. Tavhidning ma’lum bir manbalari ham mavjud bo‘lib, avvalo imoniy manba. Bunda ishonchga asoslangan tavhid olinadi. Keyingisi, ilmiy tavhid bo‘lib, uchinchisi hol tavhididir, , 1 A. A. М. И. И. AЛ-БYХOРИЙ, AЛ-ЖOМИЪ AС-СAҲИҲ 2, ТOШКЕНТ: ҚOМYСЛAР БOШ ТAҲРИРИЯТ,- 1997. 122 eng oxirgisi esa ilohiy tavhiddir. Imoniy tavhid shundayki, bund abanda bandalik vazifalarni ado etadi va oyat, sura kabi ishoratlar orqali Allohning yakka-yagonaligiga imon keltiradi, iqror bo‘ladi, va buni qalbida tasdiq etadi. NATIJALAR VA MUHOKAMA. Ilmiy tavhid. bunda ilm foydasiga alohida e’tibor beriladi. Ilmul yaqiyn desa ham bo‘ladi, ya’ni ilm botindan kelib chiqqan tavhid ham deydilar buni. Bu shundan iboratki, solik tariqat boshida haqiqiy mavjudlik Xudovand zoti ekanligini anglab yetmog‘i yetadi. Hamda ilmiy mantiq tajriba-kuzatish natijasida o‘z zoti sifatlari, a’molu ash’ori, af’olini uning zoti tagidagi sifatlari natijasida ifoda etadi. Har bir zotni Uning nuridan bir qism deb biladi va bu martaba mutasavvif kishilar tavhidi martabasidir. Hol tavhidiga keladigan bo‘lsak, kishi ahvoli tavhid sifatio bilan bir xil bo‘lib qoladi va birlashuvchiningvujudidagi jamiki zulmat va rasm-rusum tavhid nuri uning holi nuriga singib ketadi va muvahhid Haq jamoli mushohadasiga shunchalik g‘arq bo‘ladiki, nurlar uning jami manba’iga aylanadi. Shuningdek, vohidning zoti sifatlarinidan o‘zga uning nazariga tushmaydi. Jamming, butunning o‘zi bo‘ladi qoladi. Bu kabi Haq va Tajalli maslasiga tadqiqotimizning yuqori bo‘limlarida to‘xtalgan edik. Sufiy shunday holatda yig‘lasa, osmon unga qo‘shilib ko‘z Yoshi to‘kardi. Bunga asosan Attor shunday yozgan: Gar tu xilvatxonni tavhilro mahram shavi, Toji olam gardiyu, faxri bani Odam shavi. Soyae shav, to agar xurshid gardad oshkor, Tu chu soya mahvi xurshid oyiyu mahram shavi. Mazmuni quyidagicha erur: garchi sen tavhid xilvatxonasiga mahram bo‘ladigan bo‘lsang, olamning toji bo‘lmish, odam farzandlarining es faxri sanalmish bo‘lib qolasan. Agar xurshid, ya’ni Tangri oshkor bo‘lsa, sen soya bo‘lgin, sababiki, soya kabi quyosh nuridan yo‘qolib, mahram bo‘lasan unga. Ilohiy tavhidga o‘tadigan bo‘lsak, Haq taolo o‘z sifatlariga azaldan egadir, qoimdir. U hamisha vahdoniyat tavsifiga va fardoniyat ta’rifiga ega bo‘lib, abadul abad shundaydir. Unda nuqsonlar yo‘qdir. Ilohiy tavhid ana shuning aynan o‘zidir. Istyig‘no vodiysi- Ehtiyojsizlik vodiysidir. Bunda qushlarning ehtiyojmand ekanligi va Simurg‘ning ehtiyojsizligi tasviri bayoni orqali solikning aynan mana shunga o‘xshash ehtiyojsizlikni anglab yetishi natijasidagi holati tasvirlanadi. Navoiy bu vodiyni shunday tasvirlaydi: Vodiy ondin so‘ngra istig‘nodurur Onda teng a’logar adnodurur Onda teng a’lovu gar adnodurur… Yeti kishvar ichra sohi qahramon, Bir gado onda hamonu ul hamon… Onda teng ko‘r gumrahu ogohni, Dayr ko‘yi birla Baytullohni. Vodiyni yanada ochiqroq tasvirlash uchun Navoiy Shatranj o‘yinini misol qilib keltiradi. Unda, Shatranj ustasi ikki tomonda o‘tirib, o‘rtaga taxtasini qo‘yishadi, unga Shatranj donalarini terib olishadi. Ikki tomonlama kurash boshlanadi. Bunda esa shatraj taxtasi o‘rab olingan qal’aga, kurash esa haqiqiy urushga, urush maydoniga o‘xshab turadi. Agar o‘yin tugasda-da, Shatranj o‘ynaydigan odam taxtaning bir uchini ko‘
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются некоторые мистические понятия, которые можно встретить в шедеврах поэзии мыслителя Алишера Навои, а именно: место изоляции, таухид, единение и др.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются некоторые мистические понятия, которые можно встретить в шедеврах поэзии мыслителя Алишера Навои, а именно: место изоляции, таухид, единение и др. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Solitude, valley, monotheism, unity, narration, remembrance, faith, essence, zikr, sifat., rivoyat, birlik, tavhid, zot, vodiy, Yolg‘izlik, iymon
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021