The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
O’ZBEKISTONDAGI KORRUPSION HOLAT VA UNI YAXSHILASH USULLARI
Xatamqulov Og'abek Xolmurod og'li · Abdumannonov Diyorbek Husniddin og'li (muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti.) · Xamroqulov Diyorbek Dilshod o’g’li (muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti.)
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 25 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada korrupsion huquqbuzarliklar nimalarga olib kelishi, korrupsiya qanday holatlarda namoyon bo’lishi jahon mamlakatlari bunga qanday e’tibor qaratishayotganliklari, korrupsiyaning diniy ahamiyati nimalarda ekanligi. Bulardan tashqari O’zbekistondagi tizimlardagi va davlat organlaridagi korrupsion holatlar va jarayonlar haqida to’liq malumot beramiz. Shuning bilan birga ularni qanday yechish mumkinligi qonunlardagi o’zgarishlar, ularga qarshi qanday choralar ko’rilayotganligini yoritib beramiz. Kalit so’zlar: poraxo’rlik, ‘qarzdor’, ‘yumshoq kuch’, mansabdor shaxs, “xizmat haqi”, vakolat, antikorrupsiya, saylovdagi firibgarlik, korrupsion iqtisodiyot, lobbizm. Transparency International, Jinoyat kodeksi, majburiy mehnat, hamkorlik tashkilotlari, manfaatlar to’qnashuvi, elektron hukumat. “Korrupsiya – Oʻzbekistonda jiddiy muammo” So’zimizning boshida shuni takidlab o’tish joizki “Korrupsiya-bu jamiyatning turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir”. Aytib o’tishimiz joizki bu turdagi jinoyatlar ya’ni butun bir xalq yoki millat nomidan ish ko’ruvchi shaxslar bu turdagi huquqbuzarlikni sodir etishlari bundan tashqari xalqning pullarini o’zlashtirib olishi, ma’lum narsalar talab qilish orqali odamlarga go’yoki o’zlarini yordam berayotgandek ko’rsatishi, o’ylaymanki, kechirilmas jinoyatlar qatorida turadi dep. “Sovg’a” deb ataluvchi barcha narsalarni olishlik ham bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bu tushuncha barcha makon va zamonda qoralangan tushunchalardan biri hisoblanadi, bunga yaqqol misol qilib Islom dinini olsak bo’ladi nafaqat Islom dinida balki odillikka yetaklovchi barcha dinlarda bu narsa belgilab o’tilgan.Yuqoridagilarga misol qilib: Injilda “Sovgʻalarni qabul qilma, chunki sovgʻa koʻrni koʻradigan qiladi va haqiqatni oʻzgartiradi“ deyilgan boʻlsa, Qur’oni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yoʻl bilan olmangiz va boshqalarga tegishli boʻlgan narsalarni olish uchun oʻz mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar“ deyilgan. Demak, Korrupsiya (lotincha: corrumpō – aynish, poraga sotilish) – mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham Korrupsiya deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini oʻtkazish harajatlarini koʻtarish Korrupsiya koʻrinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar 131 koʻrsatib „oʻz qarzini“ qaytaradi). Aksariyat Korrupsiya lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq oʻtkazish bilan shugʻullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bogʻlangan. Korrupsiyaning oldini olish boʻyicha qonunlar mavjud, ammo korrupsiyaga oid qonunlarning ijrosi juda zaif. Korrupsionerlarning jinoiy javobgarlikka tortilish darajasi pastligi Oʻzbekistonda korrupsiyaning avj olishiga sabab boʻlmoqda. Nodavlat sektordagi mansabdor shaxsning davlat mansabdor shaxsi ixtiyoriga taʼsir qilishi jinoiy javobgarlikka sabab boʻlmaydi. Sud tizimi cheklangan resurslar va korrupsiya tufayli jiddiy funksional kamchiliklarga duch kelmoqda.Oʻzbekistonda korrupsiya jamiyat, biznes va hukumatning deyarli barcha qatlamlarida mavjud. Oʻzbekiston dunyodagi eng korrupsiyalashgan mamlakatlardan biridir. Bu haqda Transparency International tomonidan malumot berib boriladi bu buyicha O’zbekiston 1-rasmda ko’rishingiz mumkin nechanchi o’rinda ekanligi hamda yillar davomida korrupsion holatning o’zgarib borishini. 1-rasm Transparency International xalqaro tadqiqotlar markazining 2021-yilgi korrupsiyani idrok etish indeksida Oʻzbekiston 180 mamlakat ichidan 140-oʻrinni qayd etdi. Bu reytingda 180-oʻrinni egallagan davlat eng korrupsiyalashgan davlat deb hisoblanadi.„Quyi va oʻrta darajadagi amaldorlar oʻrtasidagi poraxoʻrlik kundalik hayotning bir qismidir va baʼzan hatto oshkoradir“, deb taʼkidlaydi Freedom House[4].Amnesty International tashkilotining 2015- yildagi hisobotida „Oʻzbekistonda korrupsiya hamma joyda tarqalgan saraton kabi“ ekani aytiladi. “Oʻzbekistonda erkin saylovlar yoʻq”, – deydi Freedom House. Saylovlardagi korrupsiya:Konstitutsiyaga koʻra, prezident ikki muddatga saylanish huquqiga ega boʻlsa-da 2015-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan saylovda Karimov 90,39% ovoz olib, toʻrtinchi muddatga saylandi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining saylov kuzatuvchilari saylovning oʻtkazilishini tanqid ostiga oldi va Human Rights Watch vakili Steve Swerdlow buni „soxtalik“ deb atadi Oʻzbekiston sud tizimida korrupsiya keng tarqalgan. Sud-huquq tizimi rasman mustaqil, ammo korrupsiya avj olgan. Davlat amaldorlari, advokatlar va sudyalar koʻpincha „mahalliy qonunlarni bir-biriga zid va ziddiyatli tarzda talqin qiladilar“. Korrupsiya, asosan, shirkatlar oʻrtasidagi nizolarda sud jarayonlarining standart belgisidir. Sudyalar ijobiy hukm chiqarish evaziga shaxslar va kompaniyalardan pora
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada korrupsion huquqbuzarliklar nimalarga olib kelishi, korrupsiya qanday holatlarda namoyon bo’lishi jahon mamlakatlari bunga qanday e’tibor qaratishayotganliklari, korrupsiyaning diniy ahamiyati nimalarda…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada korrupsion huquqbuzarliklar nimalarga olib kelishi, korrupsiya qanday holatlarda namoyon bo’lishi jahon mamlakatlari bunga qanday e’tibor qaratishayotganliklari, korrupsiyaning diniy ahamiyati nimalarda… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- manfaatlar to’qnashuvi, lobbizm. Transparency International, vakolat, mansabdor shaxs, saylovdagi firibgarlik, elektron hukumat., korrupsion iqtisodiyot, poraxo’rlik, hamkorlik tashkilotlari, ‘qarzdor’, Jinoyat kodeksi, antikorrupsiya, majburiy mehnat, ‘yumshoq kuch’, “xizmat haqi”
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsBased On Grammatical Signals, Farokhat Sattarbergan Qizi Karimova +12021
Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019