К содержанию
РецензированоUZ2026

ALGORI-GAME GIBRID O'QITISH METODIDA ADAPTIV TA'LIM TEXNOLOGIYASINING QO‘LLANILISHI VA UNING AFZALLIKLARI

Umarzoda Shohruh Azamat o’g’li

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ALGORI-GAME gibrid o'qitish metodida adaptiv ta'lim texnologiyalarining qo‘llanilishi, ularning pedagogik samaradorligi va talabalar bilim olish jarayonidagi afzalliklari muhokama qilingan. Adaptiv tizimlarning o‘quvchilar bilimlarini individuallashtirish, o‘zlashtirish sur'atini oshirish hamda ta'lim jarayonini moslashuvchan qilishdagi imkoniyatlari tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: adaptiv ta'lim, ALGORI-GAME, gibrid o'qitish, individuallashtirilgan ta'lim, pedagogik texnologiya, shaxsiylashtirish, ta'lim samaradorligi. Zamonaviy ta'lim tizimida shaxsiylashtirilgan ta'lim ehtiyoji ortib bormoqda. Adaptiv ta'lim texnologiyalari aynan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. ALGORI-GAME gibrid o'qitish metodining joriy qilinishi esa ushbu texnologiyani pedagogik jihatdan samarali qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Adaptiv ta'lim – bu talabalar individual xususiyatlari, bilim darajalari va o‘zlashtirish sur’atlariga qarab ta'lim jarayonini moslashtirish imkonini beruvchi ta'lim texnologiyasidir. U o‘quv jarayonini optimallashtirib, har bir talaba uchun qulay o‘quv muhitini yaratadi. Adaptiv texnologiyalar o‘quvchilar bilimlarini real vaqt rejimida baholab, mos vazifalarni tanlash orqali o‘quv samaradorligini oshiradi. ALGORI-GAME gibrid o'qitish metodida adaptiv texnologiyalar quyidagi bosqichlarda qo‘llaniladi:  Kirish testi orqali bilim darajasini aniqlash.  O‘quvchilar bilimiga mos individual topshiriqlar yaratish.  Vazifalarni bajarish jarayonida real vaqt rejimida talabalar natijalarini kuzatish va o‘quv jarayonini moslashtirish. ALGORI-GAME metodida talabalar avvalgi bilimlarini aniqlash uchun dastlabki diagnostik testdan o‘tadilar. Test natijalari asosida talabaning bilim darajasiga mos keluvchi topshiriqlar avtomatik tarzda generatsiya qilinadi. Vazifalar bajarilishi davomida tizim talaba natijalarini qayd qilib boradi va keyingi bosqichlarni o‘quvchining bilimlari va rivojlanishiga mos ravishda moslashtiradi. Adaptiv tizimning pedagogik afzalliklari orasida talabalar bilimlarini individuallashtirilgan tarzda rivojlantirish imkoniyati mavjud. Bu esa o‘z navbatida talabalarning o‘quv jarayonidagi motivatsiyasi va bilimlarni egallash sifatini oshiradi. Adaptiv yondashuv psixologik jihatdan ham qulay bo‘lib, har bir talabaga o‘z imkoniyatlariga moslashtirilgan o‘quv jarayonini taqdim etadi. Amaliyotda olib borilgan tajribalar adaptiv texnologiyalar yordamida ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. Xususan, talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sinovlar natijasida bilimlarni chuqur va mustahkam egallash darajasi oshgani kuzatildi. 93 ` Talabalar tomonidan olingan ijobiy fikr-mulohazalar ham adaptiv tizimning samaradorligini tasdiqladi. ALGORI-GAME gibrid o'qitish metodida adaptiv ta'lim texnologiyalarining qo‘llanilishi ta'lim sifatini sezilarli darajada oshiradi. Bu metod talabalarga individual yondashuvni ta’minlab, ularning bilim olish jarayonidagi faolligi va qiziqishini orttiradi. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Brusilovsky, P. (2001). Adaptive hypermedia. User Modeling and User-Adapted Interaction, 11(1-2), 87-110. 2. Bloom, B.S. (1984). The 2 sigma problem: The search for methods of group instruction as effective as one-to-one tutoring. Educational Researcher, 13(6), 4-16. 3. Shute, V. J., & Zapata-Rivera, D. (2012). Adaptive educational systems. Adaptive technologies for training and education, 7-27. 4. Vandewaetere, M., & Clarebout, G. (2013). Cognitive load in adaptive learning systems. Educational Technology Research and Development, 61(5), 789-808. 5. Paramythis, A., & Loidl-Reisinger, S. (2004). Adaptive learning environments and e- learning standards. Electronic Journal of e-Learning, 2(1), 181-194. 94

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ALGORI-GAME gibrid o'qitish metodida adaptiv ta'lim texnologiyalarining qo‘llanilishi, ularning pedagogik samaradorligi va talabalar bilim olish jarayonidagi afzalliklari muhokama qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ALGORI-GAME gibrid o'qitish metodida adaptiv ta'lim texnologiyalarining qo‘llanilishi, ularning pedagogik samaradorligi va talabalar bilim olish jarayonidagi afzalliklari muhokama qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
adaptiv ta'lim, pedagogik texnologiya, ALGORI-GAME, shaxsiylashtirish, gibrid o'qitish, ta'lim samaradorligi., individuallashtirilgan ta'lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники