Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INKLYUZIV TAʼLIMNI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Turdiboyeva Zarnigor Otabek qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2020
Аннотация
Ushbu tezisda yurtimiz ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati, inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari, ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish mohiyativa inkluziv ta’lim muammolari tahlil qilingan. Kalit so`zlar: inkluziv ta’lim maxsus ta’lim, imkoniyati cheklangan bola, mutaxassis, hamkorlik. Jamiyat paydo bo’libdiki, unda yashayotgan insonlar taraqqiy etib boradi. Nimanidir orzu qiladi, unga erishish uchun o’z oldiga maqsad qo’yadi, yutadi, yutkazadi,qayerdadir qoqiladi , lekin asosiysi tanlagan yo’lida davom etadi va hayotda nimagadir erishadi. Inson hayotda hech qachon to’xtab qolmasligi, yangi marralarni ko’zlay bilishi va uni zabt etish uchun har doim olg’a intilishi zarur. Bugungi kunda bu jamiyatimizda har bir sohada keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda . Xoh u sport bo’lsin, xoh u san’at bo’lsin, xoh ta’lim bo’lsin barcha sohalarga birday e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar ayniqsa, biz yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar bizni yanada olg’a qadam tashlashga, o’qib izlanishga, ta’lim olishga undamoqda. Mamlakatimizda barcha shaxslarning ta’lim olishi ayniqsa, alohida yordamga muhtoj bo’lgan shaxslarning ta’lim olishi eng dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (PQ-4860-son, 2020 yil 13 oktyabr) qarori tasdiqlandi. Bu borada respublikamizda inkluziv ta’limning joriy qilinishi va ,,Ta’lim tog’risidagi qonun”da har bir bolaning ta’lim olishdagi teng huquqliligini ta’minlash, har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga qaratilgan “inklyuziv ta’lim” tushunchasi ham kiritilishi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Ushbu qonunning 55-moddasida rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo’lgan bolalar ta’lim olish huquqiga ega ekanligi qaytib o’tilgan. Savol tug’ilishi mumkin, inkluziv ta’lim nima o’zi? Inkluziv ta’lim bu- nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni olib tashlash, ijtimoiy kelib chiqishi, millati, dini, tanasining rangi, jinsi,ota-onasining jamiyatdagi o’rni , jismoniy yoki ruhiy kamchiliklaridan qat’iy nazar ularni ijtimoiy hayotga yo’naltirilgan umumta’lim tizimida ta’lim olishlariga yordam beruvchi ta’lim tizimidir. Inkluziv ta’limda bolaning nuqsoni, qobiliyati, ta’lim olishga bo’lgan salohiyatidan kelib chiqqan holda ta’lim jarayonlari olib boriladi. Ko’p yillar davomida alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalarida emas, balki maxsus ta’lim muassasalarda ta’lim olishlari tarafdorlari ko’p edi. Bu esa bolalarga ota-onasining mehridan uzoqda ulg’ayishlariga sabab bo’lardi. Alohida yordamga muxtoj bola ham boshqalar qatori bola , u ham boshqa bolalardek o’ynab –kulishi, sog’lom bolalar singari ota–onasi bag’rida ta’lim olishi, kelajakda ma’lum bir kasb yoki hunarni egallashi va jamiyatda o’z o’rnini topishi kerak. Buning uchun esa ular albatta inkluziv ta’limga jalb qilinishi kerak . chunki inkluziv ta’lim ularga quyidagi imkoniyatlarni berishi mumkin: • o‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etish imkonini; • mustaqil harakatlanish, birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyatini; • dunyoqarashi kengayishi , hayotiy tajribasi oshishini. 74 Inkluziv ta’lim o’z o’rnida sog’lom bolalarda ham quyidagi sifatlarning tarbiyalanishiga ta’sir ko’rsatadi: • o‘zlariga o‘xshamagan tengdoshlarining ehtiyojlarini his qiladilar; • qo‘llab-quvvatlash, yordam berishga intilish –insonparvarlik hissi tarbiyalanadi; • yordamga muxtoj insonlarga e'tibosizlik qilmaydigan shaxsga aylanadilar; • tengdoshlariga g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi; • insonlarga, imkoniyati cheklanganlarga pozitiv munosabat, o‘zaro hurmat tarbiyalanadi. Inkluziv ta’limni rivojlanishi uchun barcha birdek harakat qilishi zarur, barcha ishtirokchilar birgalikda maqsadli faoliyat olib borgandagina, samarali natijalarga erishadi. Ya'ni: Oila- ota-ona farzandining ijtimoiy hayotga erta va samarali moslashishi uchun o‘z tengqurlari bilan ta'lim olishi zarurligini anglashi va har tomonlama tayyor bo‘lishi kerak. Mahalla –o‘z navbatida aholini imkoniyati cheklangan bolalarga ijobiy munosabatda bo‘lishini tarbiyalashi, oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashi lozim. Maktab jamoasi - imkoniyati cheklangan bolalarga ta'lim berishga tayyor bo‘lishi, ularni qabul qilish uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim. Sinfdoshlar- sog‘lom o‘quvchilar imkoniyati cheklangan bolalarni o‘z saflariga qabul qilishga tayyor bo`lishlari kerak. Mutaxassislar- maktabga kelgan o‘quvchini birinchi navbatda o‘qituvchi, psixolog, maktab shifokori, defektolog qo‘llab-quvvatlab, ta'limga to‘g‘ri yo‘naltirishlari lozim. Sog‘liqni saqlash tizimi klinik tashxis qo‘yadi, muntazam davolash-profilaktika ishlarini olib boradi. Xalq ta'limi tizimi o‘quvchini ta'lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratish bilan birga metodik qo‘llanma va tavsiyalar bilan ta'minlaydi; tibbiy- psixologo-pedagogik komissiya bolalarni o‘rganib,
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda yurtimiz ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati, inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari, ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish mohiyativa inkluziv ta’lim muammolari tahlil…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda yurtimiz ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati, inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari, ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish mohiyativa inkluziv ta’lim muammolari tahlil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- hamkorlik., mutaxassis, imkoniyati cheklangan bola, inkluziv ta’lim maxsus ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026