К содержанию
РецензированоUZ2026

LISHAYNIKLAR BO’LIMI SISTEMATIKASI, TARQALISHI VA AHAMIYATI

Ikromova Shahriniso Nizomiddin qizi

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article provides information on the morphology, anatomy, systematics, reproduction, distribution, ecology and significance of lichens. Lichens are used in the production of dyes, perfumes and in medicine. The science of lichens is called "lichenology". The science knows 26,000 species belonging to 400 families. Keywords: lichenology, bark-like, leaf-like, fungus-like, conidia, pycnospora, parasitism, litmus. Аннотация: В статье представлены сведения о морфологии, анатомии, систематике, размножении, распространении, экологии и значении лишайников. Лишайники используются в производстве красок, парфюмерии и лекарств. Наука о лишайниках называется «лихенология». Науке известно 26 000 видов, принадлежащих к 400 семействам. Ключевые слова: лихенология, накипные, листовидные, клубневые, конидии, пикноспоры, паразитизм, лакмус. Lishayniklar (Lichenes) zamburugʻlar va suvoʻtlarI yoki sianobakteriyalarning simbiotik majmualari boʻlmish organizmlardir. Biroq lishayniklar morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyosi zamburugʻ va suvoʻtlarnikidan farq qiladi. Lishayniklar tarqalish areali nihoyatda xilma - xil, ularni sovuq, nam iqlimda ham, issiq, choʻl sharoitida ham uchratish mumkin, shu bilan birga ular atrof-muhit oʻzgarishiga sezgirdir. Lishayniklardan boʻyoq, atir-upa ishlab chiqarishda hamda tabobatda foydalaniladi. Lishayniklar haqidagi fan ”lixenologiya” deb ataladi. Fanga 400 turkumga mansub 26000 turi ma’lum. Jinssiz spora hosil qilishiga binoan, ikki sinf: xaltachali lishayniklar (maʼlum boʻlgan deyarli hamma lishayniklar) va bazidiyali lishayniklarga (bir necha oʻnlab tur) ajratiladi. Koʻk-yashil, sariq - yashil yoki yashil suvoʻtlar lishayniklarning doimiy komponenti hisoblanadi. Odatda, lishayniklarning har bir turiga maʼlum bir suvoʻt turi toʻgʻri keladi. Lishayniklarning poʻstloqsimon, bargsimon va butasimon shakllari boʻladi. Poʻstloqsimon lishayniklar sodda tuzilgan; donador, guborsimon yoki poʻstloq shaklida. Bargsimon lishayniklar birmuncha murakkab tuzilgan, plastinkalar koʻrinishida. Butasimon lishayniklar ancha murakkab tuzilgan boʻlib, shoxlari osilib tushgan yoki tik oʻsadigan oʻsimlik tupini eslatadi. Lishayniklar anatomik tuzilishiga koʻra gomomer (suvoʻtlar lishayniklar tanasi boʻylab tekis tarqalgan) va geteromer (suvoʻtlar lishayniklar tanasining faqat ustki poʻstlogʻi ostida joylashgan) boʻladi. Lishayniklar jinsiy, jinssiz vegetativ koʻpayadi. Jinssiz koʻpayishda lishayniklar zamburugʻi sporalari xaltachalarda (xaltachali lishayniklar) yoki baʼzan, bazidiyalarda (bazidiyali lishayniklar) hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayishda konidiyalar va piknosporalar vujudga keladi. Zamburugʻ sporalari oʻsadi va oʻziga mos suvoʻt turi bilan birlashib, yangi lishayniklar tallomi - vegetativ tana hosil qiladi, lishayniklar tallomning kichik qismi orqali vegetativ koʻpayadi. Lishayniklardagi suvoʻtlar boʻlinib, yashil suvoʻtlar esa avtosporalar hosil qilib koʻpayadi. Jinsiy koʻpayishda lishayniklar tanasidagi suvoʻtlar va zamburugʻlar alohida koʻpayadi. Lishayniklarning suv shimadigan maxsus organi yoʻq; suvni ular tallomining butun yuzasi orqali shimadi. Suvoʻtlardagi fotosintez tezligi lishayniklar 109 tallomidagi suvning miqdoriga bogʻliq; lishayniklar qurib qolsa, fotosintez sekinlashadi yoki toʻxtaydi. Poʻstloqsimon lishayniklar butasimon lishayniklarga nisbatan sekin o’sadi. Lishayniklar yiliga oʻrtacha 0,01 mm dan 100 mm gacha o’sadi. Haroratning koʻtarilishi yoki pasayishi lishayniklarga uncha taʼsir qilmaydi. Lishayniklar yaxshi yoritilgan turli xil substratlarda — daraxtlar, togʻ jinslari, tuproq va yashil oʻsimliklar barglarida, teri, suyak, qogʻoz, shisha, temir va boshqa buyumlar sirtida uchraydi. Lishayniklar hamma materiklarda mavjud. Tropik va subtropik mintaqalarda, ayniqsa, tundra va baland togʻlarda keng tarqalgan. Yaqingacha lishayniklar tanasidagi zamburugʻlar bilan suv oʻtlari orasidagi oʻzaro munosabat simbioz sifatida tushuntirib kelingan edi. Haqiqatda esa ular orasidagi munosabat parazitizmga asoslangan boʻlib, ayniqsa, zamburugʻning parazitlik xususiyati yaqqol koʻzga tashlanadi. Lishayniklar unumsiz joylarda oʻsishi tufayli boshqa oʻsimliklar uchun zamin tayyorlaydi. Baʼzi butasimon lishayniklar esa bugʻularning asosiy ozigʻi hisoblanadi. Dorivor (ichni keltiradigan, yumshatadigan, qon bosimini oshiradigan, vitaminli, antibiotikli) lishayniklar ham bor. Lishayniklardan mikroblarga qarshi dorivor preparatlar ham olingan. Ayrim lishayniklardan parfyumeriya sanoatida, lakmus va boʻyoq tayyorlashda foydalaniladi. Daraxtlar tanasida oʻsadigan poʻstloq lishayniklari zararkunanda hasharotlar uchun pana joy boʻlganligi sababli salbiy ahamiyatga ega. Lishayniklarning tabiatdagi ahamiyati ham beqiyos kattadir. Tundra sharoitida o‘sadigan lishayniklar bug‘ular uchun asosiy oziqa hisoblanadi. Umuman esa lishayniklar toshlarda o‘sib, ularni parchalaydi va tuproq hosil qilishda katta rol o‘ynaydi. Shuningdek, lishayniklar qimmatbaho bo‘yoqlar, parfumeriya mahsulotlari tayyorlashda ham ishl

Доказательный фрагмент

«This article provides information on the morphology, anatomy, systematics, reproduction, distribution, ecology and significance of lichens.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information on the morphology, anatomy, systematics, reproduction, distribution, ecology and significance of lichens. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lichenology, bark-like, leaf-like, fungus-like, conidia, pycnospora, parasitism, лихенология, накипные, клубневые, пикноспоры, конидии, листовидные, паразитизм, лакмус.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники