К содержанию
РецензированоRU2024

ГЛОБАЛЬНАЯ ПРОБЛЕМА ОТ ИНТЕРНЕТА В ОБРАЗОВАНИИ ЭФФЕКТ

Alisherova Zulfiya · Ergasheva Oyqizxon

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada globallashuv jarayonlari hamda uning tarbiyaga ta'sir etayotgan salbiy oqibatlari haqida so‘z borildi. Yoshlar ma'naviyatiga qaratilga tahdidlarni oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llari haqida fikr yuritildi. Kalit so‘zlar: global, axborot, ma'naviyat, g‘arblashgan, tahdid, mafkuraviy immunitet, g‘oya, ommaviy ma'daniyat, tarbiya, ijtimoiy tarmoq, internet, boshlang‘ich sinf. Zamon shiddatli sur'atda rivojlanib borar ekan, har sohada ildam zamonaviylashib borayotgan jarayonni ko‘ramiz. Bugungi globallashuv jarayonida axborot erkinligi, internet asri hisobidan dutun dunyo bir kaft yerdek bo‘lib qolgandek go‘yo. Yerning istalgan burchagidan turib hohlagan yangiligingizni bilib olish uchun bir necha soniya vaqt ketadi xolos. “Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chоp qilgаn mаqоlаsidа qо`llаngаn. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan.Bugungi kun yoshlari har tomonlama teran fikrli, salohiyatli, zamonaviy dunyoqarashga ega ekanligi hech kimga sir emas. Dunyo bo‘ylab 2 milliardan ortiq aholini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Bu juda katta kuchdir. Umuman olganda yer kurrasi, uning kelajakdagi taqdiri qaysidir ma'noda mana shu yoshlar qo‘lida ekanligi ayni haqiqatdir. Shunday ekan qaysi davlat, qaysi millat bo‘lishidan qat'iy nazar bugungi kundagi eng oliy maqsadi yoshlarining milliy an'analariga sodiq, o‘zligini yo‘qotmagan avlod etib tarbiyalashdir. Yoshlar bugun hoh uyda, hoh maktabda bo‘lishsin hohlagan axborotini televidiniya, radio, internet va boshqa OAV lardan bemalol olishlari mumkin. Ota - onalar ham bemalol bunday axborotlarni farzandlari ko‘r-ko‘rona suiste'mol qilishlariga qo‘yib berishmoqda. To‘g‘ri biz rivojlangan XXI asrda yashayapmiz. Bugungi kunda har qadamda axborotlar bilan to‘la. Biz bundan himoyalanmaganmiz va buni inkor ham etaolmaymiz. Mashhur hind dinishmandi Indira Gandi aytganidek “Men toza havo kirsin deb derazamni ochib qo‘yaman, ammo, tashqaridan chang va g‘ubor kirishini ham inkor eta olmayman”. Bugungi kunda hayotimizga axborotlar kirib kelishini ham aynan yuqoridagi fikrlarga qiyos etishimiz mumkin. Biz yangilik va turli axborotlarga kunda ehtiyoj sezamiz. Sababi bizning rivojlanib borayotgan turmush tarzimiz shuni taqazo etadi. Ammo bular orasida milliyligimizga, qadryatlarimizga zid bo‘lgan g‘oyalar sezdirilmay singdirilishiga urinilayotgan holatlarga ko‘zimiz tushadi. Tarbiya har zamonda ham zaruriy ijtimoiy hodisa hisoblanib kelgan, ammo, bugungi shiddatli zamonda har qachongidan ham zarurroqdek nazarimda. Buyuk dahomiz Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek “Tarbiya bizga yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ham Abdulla Avloniyning bu hikmatga aylangan gapini mushohada qilib, bu fikr ya'ni, tarbiya, . ,o‘tgan asr boshida millatimiz uchun qanchalar dolzarb va muhim bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham muhim, dolzarb ahamiyat kasb etadi”,-deydi. Hozirgi tahlikali zamonda internet tarmog‘i orqali tarqalayotgan g‘arazli ma'lumotlar, turli xil bu'zg‘unchilikka yo‘g‘rilgan vayronkor g‘oyalar, odob - axloqni yemiruvchi, insonni Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 452 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. manqurtlashtiradigan , asliyatiga yot bo‘lib umumat boshqa insonga aylantirishga undaydigan manfur illatlar har bir ongli kishini tashvishga solishi tabiiy. Internet yordamida ishlar oson va tez bajariladi. Uning bir qancha qulay tomonlari borligi hech kimga sir emas. Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham borki bunga ko‘z yuma olmaymiz. Bugun har qanday ma'lumotni bir necha soniyalarda butun dunyoga tarqatish hech qiyinchilik tug‘dirmaydi. Butun dunyo bir kichkina shaharcha kabidir. Ijtimoiy tarmoqlarga j oylangan ma' lumot soniyalar ichida bir necha million tomoshabinlar tomonidan kuzatiladi. Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermaydigan g‘arazli kimsalar globall tarmoqdan qabih maqsadda foydalanishmoqda. Bugun maktab o‘quvchilarining deyarli barchasida uyali telefon bor, ularning aksariyati internetga ulangan. Bu mitti matoh yordamida dunyoni kaftda ko‘rgandek kuzatish mumkin. Biroq global tuzoqlardan biriga ilinib qolish xavfi juda katta. Shu tariqa har xil ma'lumotlar bola ongini zaharlaydi. Unda zo‘ravonlikka moyillik uyg‘onadi, tajavuzkor, berahim insonga aylana boshlaydi. Bir qaraganda bu darhol ko‘zga tashlanmaydi. Ammo sekin sekin bola ruhiyatida salbiy o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Fanda me'yordan og‘ish tushunchasi mavjud. Ana o‘sha og‘ishlarga sabab zo‘ravonlikka undovchi axborotlar ekanligi shubhasiz. Inson, uning joni, hayoti eng aziz tushuncha aslida. Alloh tomonidan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada globallashuv jarayonlari hamda uning tarbiyaga ta'sir etayotgan salbiy oqibatlari haqida so‘z borildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada globallashuv jarayonlari hamda uning tarbiyaga ta'sir etayotgan salbiy oqibatlari haqida so‘z borildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ma'naviyat, spirituality, global, Глобальный, угроза, axborot, информация, information, g‘arblashgan, tahdid, threat, прозападный, духовность, westernized
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники