Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОВРЕМЕННЫЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ КОНТЕНТ НА ОСНОВЕ МОДЕЛИ 4K УЛУЧШЕНИЕ
Mirzaahmedova Nigoraxon Abdusalim qizi
Универсал международный научный журнал · 2 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada 4K modeli va uning tarkibiy qismlari, boshlang‘ich ta’lim tizimida 4K modelidan foydalanishning pedagogik xususuyatlari, ta’lim samaradorligini oshirishda 4K modelidan foydalanishning ahamiyati haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar. “4K” modeli, Kollaboratsiya, kommunikativlik, kreativ fikrlash, kritik fikrlash, ta’lim, tarbiya. Bugungi kunda o‘quvchini maktaga tayyorlash bu o‘quvchining ehtiyojini inobatga olmasdan tashkil etilmaydigan jarayon. Chunki, o‘quvchilarning ehtiyojlari, uning qobiliyatlari ta’lim traektoriyasini samarali qurishga ya’ni o‘quvchini o‘qitish emas uni o‘qishga o‘rgatish, o‘quvchining imkoniyatlarini uning shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltirish hisoblanadi.[1] Boshlang‘ich ta’lim-shaxs shakllanishi davrining eng muhim bosqichi. Bu davr bola ong ostida olamni anglash, tasavvur va bilimlar poydevorini tiklash pallasi bo‘lgani uchun ham nozik e’tibor talab etadi. Ayni shu pallada bola o‘zida “o‘quvchi shaxsini”yaratadi, maktabga va ta’lim olishga nisbatan qiziqishni, mehrni tuyadi, ilm yòlidagi kelgusi natijalar uchun kuch toplashni boshlaydi. Bu esa zamonaviy pedagogika oldidagi doimiy va murakkab masala sifatida darsliklarning g‘oyaviy, tarbiyaviy va ma’rifiy saviyasiga jiddiy yondashishni talab etadi. [2] Aytish lozimki, hozirgi davr o‘qituvchilaridan faqatgina turli ma’ruza va qolipga tushib qolgan mavzular bilan cheklanib qolmay, mustaqil ta’lim, elektron resurslar va texnologiyalardan foydalanib, dars o‘tishni ilg‘or metodikalaridan unumli foydalanib dars o‘tib amaliyotga joriy etishni talab qilmoqda. Bunday ta’lim berish shakli o‘quvchilarning nafaqat nazariy bilimlarini, balki bugungi kunda zarur bo‘lgan XXl asr kònikmalarini rivojlantirish orqali bilimlarini oshirishga yordam beradi. Shu ma’noda o‘quvchilarni tahlil, mushohadaga tayangan holda tanqidiy, ijodiy fikrlashi, atrofdagilar bilan sog‘lom hamkorlik qilishi hamda moslashuvchan bolishini talab etadi. [3] Buning uchun ta’limni isloh qilish tizimiga yangi inovatsion uslublarni joriy etish bilan darsda o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish lozim. Ana shunday yondashuvlardan biri 4K modelidir. 4K yondashuvi o‘z nomi bilan to‘rtta tamoyilni o‘z ichiga oladi: Kollaboratsiya. Darsliklar o‘quvchini jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga hamkorlik qilish samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab- quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi. Kommunikativlik. O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshini tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga o‘rganadi. Kreativ fikrlash. O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadi, inovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Kritik(tanqidiy)fikrlash. Ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni tanqidiy baholash o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtai nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtai nazarini shakllantiradi. [4] Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim- o‘quvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda, uning shaxsi, o‘ziga xususuyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 492 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. ta’lim. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning o‘ziga xos jihati ta’lim oluvchi shaxsni tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat. [5] Shaxs ijodkorligi uning tafakkurida, muloqotida,his tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi va iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa, ijodkorlik zehn o‘tkirligini ham belgilab beradi. 1. Odatda ijodkorlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko‘zga tashlansada, biroq bu holat ularning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo‘lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko‘nikma,malakalarni o‘zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda ijodkorlikni shakllantirishda quyidagi shartlarga e’tibor qilish zarur. 2. Ular tomonidan ko‘p savollar berilishini rag‘batlantirish va bu odatni qo‘llab- quvvatlash, 3. Bolalarni mustaqilligini rag‘batlantirish va ularda mas’uliyatni kuchaytirish, 4. Bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish, 5. Bolalarni qiziqishlariga e’tibor qaratish. P.Torrens fikricha, ijodkorlik -muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish, farazni tekshirish va o‘zgartirish qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash, muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning òzaro qarama-qarshiligiga nisbatan tasirchanlikni ifodalaydi. [6] Haqiqatni izlash shubhalanish his
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada 4K modeli va uning tarkibiy qismlari, boshlang‘ich ta’lim tizimida 4K modelidan foydalanishning pedagogik xususuyatlari, ta’lim samaradorligini oshirishda 4K modelidan foydalanishning ahamiyati haqida s…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada 4K modeli va uning tarkibiy qismlari, boshlang‘ich ta’lim tizimida 4K modelidan foydalanishning pedagogik xususuyatlari, ta’lim samaradorligini oshirishda 4K modelidan foydalanishning ahamiyati haqida s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- креативное мышление, kreativ fikrlash, Сотрудничество, Collaboration, коммуникабельность, creative thinking, “4K” modeli, kommunikativlik, kritik fikrlash, Модель «4К», критическое мышление, critical thinking, Kollaboratsiya, communicativeness
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026