К содержанию
РецензированоRU2024

ОСОБЫЕ ИЗМЕНЕНИЯ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ.

Robiya Fozilova (Андижанский государственный педагогический институт)

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada o ‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari, bu davrdagi aqliy va emotsional rivojlanish, shaxs xususiyatlari yoritiladi. Ularning ong va dunyoqarashining shakllanishi, o ‘spirinlik yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ular bilan ishlash, muammoli vaziyatlarni yechish ko ‘nikma-malakalarini rivojlantirish masalalariga to ’xtalinadi. Kalit so‘zlar: Pedagogika, psixologiya, ilk o‘spirinlik, o‘spirinlik, intellektual rivojlanish, yetakchi faoliyat, muloqot, emotsional rivojlanish, yangi psixologik tuzilma. Ilk o‘spirinlik davri “kamolot bo‘sag‘asi” deb ta’riflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o‘z ichiga oladi. Psixologiya fani o‘spirinlik muammosini kompleks o‘rganishni da’vat etadi. Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur’ati bilan uning bosqichlari ijtimoiy yetilish muddati bilan hamma vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi. “Akseleratsiya natijasida bugungi ilk o‘spirinlarning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o‘rtacha ikki-uch yil avval yetilmoqda. 15-16 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lmoqda. Bunda ilk o‘spirinlik 15-18 yosh, o‘spirinlik 18-23 yoshdagi yigit va qizlarni o‘z ichiga oladi”.[3.273B] Demak, o‘spirinlik ham oldin boshlanadi. Lekin, bu taraqqiyot davrining konkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning mavqei, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qator boshqa omillar ijtimoiy sharoitlarga bogliqdir. “Ilk o‘spirinlik yoshidagi bolalar bu 15 yoshdan 17-18 yoshgacha bo‘lganlardir. O‘spirinlik — bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihatdan yetilishi, o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi davri, fuqaro va vatanparvarning ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir”[3.273b]. Faol ijtimoiy hayot, o‘qishning yangi xarakteri (mustaqil bilim olish) yigit va qizlarda dunyoqarashning shakllanishiga, ularda mustaqillik va burch hissining tarkib topishiga, bilimning turli sohalarida ularning ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Rus psixologi L.I.Bojovich ilk o‘spirinlik davrida shaxs motivatsion sohasining rivojlanishiga urg‘u beradi: o‘quvchilarning hayotda o‘z o‘rnini va ichki pozitsiyasini aniqlashi, dunyoqarashning shakllanishi va uning bilish faoliyatiga, o‘z-o‘zini anglashga va axloqiy ongga ta’siri nazarda tutiladi. Ilk o‘spirinlar mustaqil hayot sohasida yaqin istiqbolga ega bo‘lar ekanlar, o‘zlarining hayot yo‘llarini belgilab olishga, bundan buyongi mehnat faoliyatlarining aniq istiqbollarini aniqlab olishga, o‘zlarining kelgusi ixtisoslarini tanlashga intiladilar. Shu munosabat bilan kasb-hunarga oid qiziqishlar tarkib topadi va yanada barqarorroq boiib qoladi, yigit va qizlar o‘z kelajaklari haqida jiddiyroq o‘ylay boshlaydilar. Ilk o‘spirinlik davridagi jismoniy rivojlanish ustida to‘xtalib o‘tamiz, bu narsa quyidagi sabablarga ko‘ra muhimdir. Jismoniy rivojlanishning ayrim xususiyatlari ilk o‘spirin shaxsining ayrim sifatlari rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi va uning bundan keyingi hayot faoliyati sohasidagi imkoniyatlarini bir qadar belgilab beradi. Birinchidan bu o‘rinda kasb tanlash nazarda tutiladi, bu esa ma’lum darajada yigit va qizlarning individual jismoniy tuzilishi xususiyatlariga ham bog‘liqdir. Ikkinchidan, jinslarning o‘zaro mayli ta’sir ko‘rsatadiki, bunda jismoniy rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol o‘ynaydi. O‘zining jismoniy kuchini va jozibadorligini, sog‘lomligi va mukammalligini his etish yigit va qizlarda o‘ziga ishonch, dadillik, tetiklik, optimizm va xushchaqchaqlik singari sifatlarning tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ilk o‘spirinlarning bilish jarayonlari shunday darajaga yetadiki, kattalar bajaradigan barcha aqliy ishlarni bajarishga amaliy jihatdan tayyor bo‘ladilar. Ularning bilish jarayonlari murakkab va egiluvchan bo‘lib boradi. Ular bu yoshga kelib jiddiy ishlarga ko‘p vaqtlarini ajrata boshlaydilar, dam olish va o‘yin-kulguga juda kam vaqt ajratadilar. Ularning barcha bilish jarayonlari, jumladan, xayol, xotira, nutq, tafakkur rivojlanadi. Ilk o‘spirinlik yoshidagi o‘quvchilarning bilish jarayonlari turli nuqtayi nazarlarni tahlil etishga va bu masala bo‘yicha har tomonlama fikr yuritishga yordam bera oladi. Bilishga qiziqishning rivojlanishi, o‘qishga ongli munosabatda bo‘lishning o‘sishi bilish Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 509 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. jarayonlarining ixtiyoriyligini, ularni boshqara olish mahoratini yanada rivojlantirishga undaydi. Bu yosh davrining oxiriga borib, o‘quvchilar o‘zlarining bilish jarayonlarini to‘la-to‘kis egallab oladilar, ularni hayot va faoliyatning muayyan vazifalariga bo‘ysundiradilar. Ular axloqiy va siyosiy va boshqa mavzular bo‘yicha erkin fikrlay

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o ‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari, bu davrdagi aqliy va emotsional rivojlanish, shaxs xususiyatlari yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o ‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari, bu davrdagi aqliy va emotsional rivojlanish, shaxs xususiyatlari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘spirinlik, Педагогика, psychology, илк о'спиринлик, early adolescence, intellectual development, ilk o‘spirinlik, psixologiya, intellektual rivojlanish, о'спиринлик, психология, Pedagogika, интеллектуальный ривойланиш, Pedagogy, adolescence
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники