К содержанию
РецензированоRU2024

ПСИХОЛОГИЯ И РЕЧЬ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА РАЗРАБОТКА.

Abdulmadjidova Mahdiyona Dilmurodjon qizi · ADPI talabasi Shaxobova Zamira.

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yosh davrida bolaning psixik va nutqiy rivojlanishi, bolaning psixik tomonlama rivojlanishi va bola “men” ning shakllanishi, bolalar bilan pedagogik ishlar olib borilayotganda ularni ko‘proq rag‘batlantirish, Maktabgacha yosh davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jihatdan talaffuziga e’tibor haqida fikrlae ilgari surilgan Kalit so‘z: Psixika, nutqiy rivojlanish, ontogenez, ixtiyoriy esda qoldirish, o‘z-o‘ziga baho berishi, ijtimoiy institutlar “Ontogenezda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davr maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yosh davri 3 ta davrdan: Kichik maktabgacha yosh davri. Oʻrta maktabgacha yosh davri. Katta maktabgacha yosh davridan iborat” [1.] Maktabgacha yosh davrida birinchi davr 3 - 4 yosh oraligʻida boʻlib bola emotsional jihatdan o‘zini - o‘zi boshqarishni mustahkamlashi bilan bog‘liqdir. Ikkinchi davr 4 - 5 yoshni tashkil qilib davrda bola ahloqiy tomondan o‘zini-o‘zi boshqara olishidir. Uchinchi davr 5 - 6 - 7 yosh oralig‘ida boʻlib yosh davr bu davrda shaxsiy ishchanlik va bola nutqining to‘la to‘kis rivojlanib bo‘lganligini koʻramiz. “Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar beradigan baho juda muhim hisoblanadi.”[ 1 ]. Kattalarning bolalar uchun bergan bahosi bolaning psixik tomonlama rivojlanishi va bola “men” ning shakllanishiga katta ta‘sir koʻrsatadi. Maktabgacha yosh davridagi bolalarga maqtov, rag‘bat va ular bilan faxrlanish juda yoqadi. Bu yosh davrdagi bolalar bilan pedagogik ishlar olib borilayotganda ularni ko‘proq rag‘batlantirib turish maqsadga muvofiq. Ularga koʻrsatilgan maqtov esa ularning o‘zlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshiradi. Ushbu yosh davrda bolalarda kuzatiladigan har xil inchiqliklar kattalarning fikricha bolaning o‘zini o‘zi tan oldirishga intilish deb yuritilsa N.A Menchinskaya V. S. Muxinalarning oqilona mulohazalariga qaraganda ushbu injiqliklar ular shaxsiga adolatsiz notoʻgʻri munosabatda bo‘lishdan iboratdir. “Maktabgacha yoshdagi bolada koʻproq ixtiyorsiz esda qoldirish va ixtiyoriy esga tushirish ustunlik qiladi.”[2] Bola soʻzlarni ma‘nosini farqlamay tushunmay hech qanday ma‘nosiz takrorlayveradi. Ammo, keyinchalik kattalarning ta‘sirida ixtiyoriy esda qoldirish ham asta-sekin rivojlanib boradi. Maktabgacha yosh davrda bo‘lgan bolalarning oilasida kuzatiladigan har xil urush-janjallar bolalarning ruhiyatiga, psixikasiga ta‘sir koʻrsatmasdan qolmaydi. Tinimsiz uyda janjal bo‘ladigan bolalarda Ruhiy rivojlanishi sustlashganlikning Psixogen turi uchraydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar har tomonlama bilish jarayonlari xayoli tafakkuri diqqati aqliy faoliyati o‘zlashtirishda o‘z tengdoshlaridan ancha orqada qolgan bo‘ladi. Bu yosh davrdagi bolalarda ruhiy rivojlanishlashganlikni kuzatmaslik uchun bolalarda oldida notinch masalalarni hal qilmaslik, urishmaslik lozim. Bu davrda bola o‘yin faoliyatida bo‘ladi ushbu o‘yinlar orqali bolaning layoqati qizishiqishlari namoyon bo‘lsa, bilish jarayonlari tafakkuri xayoli diqqati idroki va nutqi shakllanadi. “Bola ulg‘ayar ekan unda soʻzlashishga ehtiyoj paydo bo‘la boshlaydi, - deydi Farahnoz Bekmurodova. Dastlab atrofdagilarni taniydi eshitgan so‘z va jumlalarni asta-sekinlik bilan o‘zlashtiradi. Tilga kirgach esa uning so‘z boyligi jadal o‘sadi.”[4.1040 b.] Bolaning dialogik nutqi oilada ota-ona aka-opalari davrasida vujudga keladi. O‘ziga kerakli bo‘lgan narsalarni so‘rash uchun harakat, muloqotga kirishadi. “Maktabgacha yosh davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jihatdan talaffuz oson talaffuz etiladigan lab-lab, lab-tish undoshlari - p, b, m, f, v, va boshqa tovushlarni to‘g‘ri talaffuzini Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 516 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. o‘rganadilar. Artikulyatsion jihatdan talaffuz etish qiyin bo‘lgan shivirlovchi sirgʻaluvchi ( s, z, sh, j, ch, ) va sonsor (l va r) Tovushlarini talaffuz qilishda qiynaladilar “[5.76b]. Shuning uchun talaffuz paytida ushbu tovushlardan foydalanishmaydi yoki notoliq qo‘llaydilar. Ushbu yosh davrda bolalarda fonematik idrok shakllanib boradi yaʼni bola-o‘z o‘zi talaffuz qilayotgan tovushlarga e'tiborini qarata boshlaydi ularni noto‘g‘ri talaffuz qilayotgan bo‘lsa to‘g‘ri talaffuz qilishga intiladi. Sog‘lom bolada fonematik idrok 4 yoshda shakllanlanadi , 3 yoshli bolaning lug‘at boyligi o‘rtacha hisobda 100 ta so‘zdan iborat bo‘ladi. " Bolaning 4 - 6 yoshida uning aktiv lugʻati 3000-4000 ta so‘zgacha yetadi. lug‘at boyligi bilan birgalikda bola nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. " [ 6.76 bet ] Bu yosh davrda bolalarning nutqiy tomonlama orqada qolishining asosiy sababi deb bolalarning elektron vositalar telefon va televizorlarga bog‘lanib qolganligini aytishimiz joiz. Ushbu elektron vositalar bolalarning nafaqat nutqiy tomonlama balki bilish jarayonlaridan ham orqada qolishiga ta'sir

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha yosh davrida bolaning psixik va nutqiy rivojlanishi, bolaning psixik tomonlama rivojlanishi va bola “men” ning shakllanishi, bolalar bilan pedagogik ishlar olib borilayotganda ularni ko‘proq…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha yosh davrida bolaning psixik va nutqiy rivojlanishi, bolaning psixik tomonlama rivojlanishi va bola “men” ning shakllanishi, bolalar bilan pedagogik ishlar olib borilayotganda ularni ko‘proq… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
онтогенез, Психика, nutqiy rivojlanish, o‘z-o‘ziga baho berishi, добровольный отзыв, самооценка, развитие речи, ontogenez, Psyche, Psixika, speech development, ixtiyoriy esda qoldirish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники