К содержанию
РецензированоRU2024

СОЦИАЛЬНАЯ АКТИВНОСТЬ ЧЕЛОВЕКА В ЭПОХУ АРИЛИКА – ДОЛГАЯ ЖИЗНЬ КАК ФАКТОР ПРОСМОТРА

KO‘RISH OMILI SIFATIDA · Abdulmajidova Mahdiyona Dilmurodjonovna (Andijon davlat pedagogika instituti) · Buvabekova Xonzodaxon (Andijon davlat pedagogika instituti) · Sobirova Munojatoy (Andijon davlat pedagogika instituti) · Kalit so‘zlar: Gerontopsixologiya (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada inson organizmini qarish jarayoni,keksalik muammolari, biologik o‘zgarishlari,umumfiziologik va psixofiziologik xususiyatlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Gerontopsixologiya,Gerontogenez,psixosotsial,detereminant Gerontopsixologiya- (yunoncha geron –qari, keksa va psixologiya) gerontopsixologiya va yosh psixologiya sohasi. Inson organizmining qarish jarayonini anglatadigan tibbiy va biologik fanlarning bir bo‘limi hisoblanadi. Gerontopsixologiya faning asoschisi Stenli Xoll hisoblanadi. Gerontopsixologiya – qari kishilardagi umumfiziologik va psixofizik xususiyatlar bilan ularning xatti- harakatlari, felining psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi aloqadorlikni, shaxs faoliyati va boshqa omillar bilan bog‘liq o‘zgarishlarni o‘rgandi. Gerontopsixologiyaning umumiy vazifasi – kishilarning qarigan ham bardm tetik yashashiga yordam beradigan vositalarni izlab topish. Qarilikning boshlanishi ijtimoiy mezon sifatida insonning nafaqaga chiqishi bilan belgilanadi.Rossiya gerontologiyasi asoschilaridan biri I.V.Davidovskiy keksalik boshlanishining aniq sanasi mavjud emas, degan fikrni bildirgan[1.].Haqiqatdan ham keksalik boshlanishining aniq bir sanasi mavjud emas.Keksalik ba’zilarida erta yana ba’zilarida esa kechroq boshlanadi.Bu bo‘yicha bir qancha olimlar bir qator tajribalar o‘tkazishgan. Keksalikning yosh chegaralari muammosi qarilikning yosh chegaralarini turli olimlar turlicha tavsiflashadi, lekin ko‘pchilik 60—65 yoshni qarilikning boshlanishi sifatida e’tirof etishadi. Misol sifatida bir necha olimlarning qarashlarini keltiramiz: 1.Chexiyalik professor B.Prijigoning tajribalarida 60-75 — qarilik, 75-100 yosh keksalikni ko‘rsatgan. 2. Dj.Birrenning tajribalarida so‘nggi yetuklik 50—75 yosh bo‘lsa, qarilik 75 yoshdan boshlanishini ta’kidlab o‘tgan. 3. D.B. Bromley qarilikning 3 bosqichga bo‘lib o‘rgangan’; a] 65-70 yosh sevimli ishdan uzoqlashish; b] 70 yoshdan keyin keksalik; d] 110 yoshgacha — munkillaganlik, qarib kasalga chalinish va o‘lim. Keksayish davri 61 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu yoshdagi kishilar shaxslararo munosbatlarda boshqa yoshdagi kishilardan ajralib turadi. Ularni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1)mutlaqo istefoga chiqqan,ijtimoiy faol bo‘lmagan erkak va ayollar; 2)nafaqaga chiqqan erkak va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan keksalar. Psixologik keksayish - individ o‘zi keksayish jarayonini qanday tasavvur qiladi va his qiladi, boshqalarning keksayishi bilan o‘zini taqqoslab keksayish jarayoniga qanday munosabatda bo‘ladi. Biologik keksayish — yosh o‘tishi bilan organizmda o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi.Ya’ni keksalarda ko‘rish, ta’m bilish va eshitishning pasayishini misol qilib keltirishimiz mumkin. Ijtimoiy keksayish — individ keksayishni jamiyat bilan, ijtimoiy rollarni bajarish bilan qanday bog‘laydi. Aynan keksalik davrida inson organizmining jismoniy zaifligi va sog‘likni yomonlashuvi natijasida ruhiyatda ham o‘zgarishlar kuzatiladi.Yosh o‘tishi bilan keksalarda 17-22 foiz to‘qimalar qisqarib boradi. Keyin esa oshqozon, qizilo‘ngach, o‘n ikki barmoqli ichak, o‘t qobig‘i, oshqozon osti bezi hamda buyraklardagi 11-30 foiz, bir o‘zi besh xil funksiyani bajaradigan jigardagi 12- Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 518 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. 14 foiz to‘qimalarda atrofiya boshlanadi. Natijada insonlarning funksional va reaktiv imkoniyatlari pasayadi.[2] Qarilikning 1 –davri gerontogenez yoki keksayish deb ataladi. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra bu davr 60 yoshdan keyin boshlanadi desa ayrimlari ayollarda 55 erkaaklarda 60 yoshdan boshlanadi deb aytishgan. Bu yoshdagi insonlarni 3 guruhga bo‘lish mumkin . 1 Qariyalar 2. Keksalar 3. Uzoq umr ko‘ruvchilar Yetuklik va keksalik orasidagi inqiroz 55—65 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Keksalik davridagi inqirozni nafaqadan oldingi inqiroz deb ataladi, bunda asosiy determinant sifatida ijtimoiy omil nafaqa yoshiga yetish omili ko‘rsatiladi. Darhaqiqat nafaqaga chiqish inson hayotini tubdan o‘zgartirib yuboradi, jamiyatdagi muhim ijtimoiy rolining yo‘qotilishi, insonning o‘z referent guruhidan ajralishi, muloqot doirasining torayishi, moddiy ahvolining yomonlashuvi, ba’zan «iste’fo shoki» holatining o‘tkir kechishida namoyon boladi. Bu holat ko‘pchilik qartayayotgan insonlarda qiyin kechadi, salbiy hissiy holatlarni vujudga keltiradi. Ijtimoiy nazariyalarga «erkinlik» hamda «o‘yindan chiqish» nazariyalari misol bo‘la oladi. Jamiyatdan uzoqlashuv, motivatsiyaning o‘zgarishi, kommunikativlikning pasayishi, o‘z ichki dunyosiga o‘ralashib qolish kabilarda kuzatiladi. Subyektiv ravishda bu kerak emaslik tuyg‘usi, qiziqishlar doirasining pasayishi, uning o‘ziga qaratilishida namoyon boladi. Bu jarayon insonning nafaqaga chiqishi bilan boshlanadi, lekin qari inso

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada inson organizmini qarish jarayoni,keksalik muammolari, biologik o‘zgarishlari,umumfiziologik va psixofiziologik xususiyatlari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada inson organizmini qarish jarayoni,keksalik muammolari, biologik o‘zgarishlari,umumfiziologik va psixofiziologik xususiyatlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Геронтогенез, Геронтопсихология, Gerontopsychology, Gerontopsixologiya, psixosotsial, psychosocial, психосоциальный, Gerontogenez, detereminant, определитель, Gerontogenesis, determinant
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники