Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ ПСИХОЛОГИИ В ЖИЗНИ ЧЕЛОВЕКА
Abdujabborova Nigora Ikromjon qizi · Xasanova Gulmira Muxtorjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada psixologiyaning inson hayotiga ta’sir qilish darajasi, uning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Psixologiya, psixologik metodlar, tafakkur, pedagogik psixologiya, psixologik xizmat. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik insonlar psixologiyani bilishi va shu bilan birga ma’lum darajada psixologik bilimlardan va psixologik o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishalari mumkin. Masalan, ijtimoiy muhitdagi har bir inson psixologik ma’lumotlarni har xil internetdan, gazeta va jurnallardan, psixologik kitoblardan olishi mumkin. Shu o‘rinda psixologiya so‘ziga tarif berib o‘tsak, psixologiya so‘zining lug‘aviy ma’nosi grekcha “psyuxe”- jon, ruh; “logos”- fan degan ma’noni bildiradi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganadi. Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga kora psixikani yuzaga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko‘rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xayol, xotira va tafakkur; Bilish faoliyatlari: diqqat, nutq jarayonlari. Shaxsning hissiy, irodaviy sohasi: hissiyot, iroda; Shaxsning individual psixologik xususiyatlari:temperament, xarakter, qobiliyat. Psixologiya haqidagi dastlabki fikrlar bundan ikki yarim ming yil ilgari paydo bo‘ldi. Psixologiya fan sifatida X1X asrning ikkinchi yarmigacha falsafa fanining tarkibida rivojlangan. Ilmiy psixologiyagacha bo‘lgan davrda psixologiya dastlabki og‘zaki fan sifatida, keyin esa yozma fan sifatida mavjud bo‘ldi. Shunga qaramasdan insonlarning jamiyatga, tabiatga va tirik mavjudotlarga va ijtimoiy muhitga nisbatan bo‘lgan munosabatlari ma’lum funktsiya va mexanizmlar yordamida qanday amalga oshirilishi, bu mexanizmlar asosini nima tashkil qilishi savol tariqasida namoyon bo‘ladi. Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻrisidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar kategoriyalari kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi. Psixologiya sohasi bizning hayotimizda muhim rol o‘ynaydi, bizning fikrlarimiz, xatti- harakatlarimiz va his-tuyg‘ularimizga ta’sir qiladi. Bolalikdagi tajribamizdan, ta’limdagi yutuqlarimizdan, ishdagi, hayotimizdagi va shaxsiy munosabatlarimizdagi psixologiya biz qilayotgan hamma narsaga ta'sir qiladi. Bugungi psixologiya fani ijtimoiy taraqqiyoti an’analari bilan bog‘liq insonning amaliy psixologiyasini,uning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va ijtimoiy tabiatidan ajratib bo‘lmaydi.Shu nuqtai nazardan,inson omillarini va uning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish jarayoni jamiyatga va jamiyat a’zolariga psixologik xizmat ko‘rsatish muqarrarligini talab qiladi. Bu borada iqtisod, huquq, etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya va shu kabi barcha fanlarning o‘zaro mustahkam hamkorligi natiijasida inson psixologiyasining amaliy muammolari hal etilishi lozim. Psixologik xizmat metodologiyasi esa ko‘proq birinichi yo‘nalish ,,psixologik ijtimoy psixologiya’’asoslari zaminida tarkib toptiriladi Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 524 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Bolalikda psixologiya bolalarning qanday rivojlanishi va o‘rganishini tushuntirishga yordam beradi, rivojlanishdagi nuqsonlar yoki o‘rganishdagi buzilishlar kabi muammoli sohalar haqida muhim tushunchalar beradi. Bola rivojlanishi va xulq-atvorini tushunish ota-onalarga farzandlarini ishonch bilan tarbiyalashda va hayotlarida yaxshiroq qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Biz o‘sib ulg‘ayganimizda, psixologiya maqsadlarimiz, ehtiroslarimiz va orzularimizni qanday qilib eng yaxshi tarzda amalga oshirishimiz mumkinligi haqida muhim ma'lumotlarni beradi. Masalan, bu odamlarga o‘zlarining kuchli va zaif tomonlarini tushunishga, real va erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni belgilashga imkon beradi. Shuningdek, u eng yaxshi kasb tanlashni tushunishga yordam beradi va yanada foydali va qoniqarli martaba olib kelishi mumkin bo‘lgan strategiyalarni taklif qiladi. Ish joyida psixologiya tashkilotlarga qiziqarli, hamkorlikka asoslangan va samarali ish muhitini yaratishda yordam berishda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mis
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada psixologiyaning inson hayotiga ta’sir qilish darajasi, uning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada psixologiyaning inson hayotiga ta’sir qilish darajasi, uning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psychological methods, Psixologiya, tafakkur, thinking, psixologik metodlar, psychological service, Psychology, psixologik xizmat, pedagogical psychology, мышление, педагогическая психология, психологическая служба, психологические методы, Психология, pedagogik psixologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026