К содержанию
РецензированоRU2024

ОСОБЕННОСТИ ПОВЕДЕНИЯ В ПОДРОСТКОВОМ ПЕРИОДЕ

Mo‘ydinjonova Mubina · Karimova Dildora

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada Oʻsmirlik davrida xulq –atvor xususiyatlari , oʻsmir shaxsnin shakillanib kamolotga erishish yo‘llari ,ijtimoiylashuv jarayoni tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: O‘smir, alkogol, serzarda, ruhiyat, fiziologik, psixologik, balog‘at, xarakter, ijtimoiylashuv jarayoni, munosabat. Bugungi kunda dunyo aholisining 30% yoshlar tashkil etmoqda. Bizning yurtimizda ham yoshlarni qo‘llab quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda.Oʻsmirlik davri 10-11 yoshlardan 14- 15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil qiladi.Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlarga nisbatan aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Oʻsmirlik bolalikdan kattalikka oʻtish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jismoniy jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakillanadi, ma'naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. Oʻsmirlik balog‘atga yetish davri bo‘lib, yangi xislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. Bular ta'sirida oʻsmirning xarakteri, atrofdagi kishilar bilan muomalasi, jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati tez o‘zgarib boradi. Ba'zan ijtimoiy masalalar to‘g‘risida notoʻg‘ri tassavvur va yanglish fikrlar hosil bo‘lishi tufayli u muayyan tartib qoidalarga tanqidiy ko‘z billan qaraydi.Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha a'zolarning mukammal rivojlanishi va oʻsishi, xujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi oʻzgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Oʻsmirlik yoshida bolalikdan kattalikka o‘tish jarayoni sodir bo‘ladi. Bular, avvalo, ta'lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma'lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va uslublari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi haqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ana shunga o‘xshash o‘zgarishlar ko‘pincha o‘smir ruhiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. U tajangroq, ba’zida huda-behudaga injiqlik qiladigan, serzarda, gap ko‘tarmas bo‘lib qoladi. Oʻsmirlik davrida yetakchi faoliyat- bu o‘qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. Oʻsmir bolalarni butun a'zolarida keskin fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Unda o‘pka, yurak, jigar, taloq, buyrak hajmlari kattalashadi. Bundan tashqari gavda tuzilishi ham o‘zgaradi. Kattalarning o‘smir yoshidagilarga ta’sir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit bu- mehnat bilan shug‘ullanishidir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo‘lish rollaridan qoniqsalar, oʻsmirlar, ayniqsa katta o‘smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim bo‘lganda ularning o‘rinlariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog‘atga yetishishi jarayonining yangi bosqichi boshlanadi. Oʻsmirlik yoshida qizlar va o‘mg‘il bolalarning jismoniy qiyofasida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davrning boshlanishida qizlar o‘g‘il bolarga nisbatan tezroq rivojlanadilar. Bu narsa qiz bolalarning ertaroq jinsiy balog‘atga yetishishiga bog‘liqdir. VII-VIII sinflarda o‘g‘il bolalar tez o‘sib, qiz bolalar bilan tenglashib oladilar. 9-10 sinfga o‘tganlarida bu bosqich o‘g‘il bolalarda yuqorilab ketadi. Qizlar 14 yoshda, o‘g‘il bolalar 15 yoshda balog‘atga yetadilar. Oʻsmirlik davrida o‘g‘il bolalarning bo‘yi 25-30 sm, qiz bolalarniki 18-20 sm o‘sadi. Oʻsmirlik yoshining 2- davrida yuz suyaklari, ayniqsa uning o‘rta qismi (burun, yuqori jag‘, yonoq ) juda tez shakillana boshlaydiMaktabda o‘smirning mavqei yanada keskin o‘zgaradi. Uni endi bir necha o‘qituvchi o‘qitadi. Oʻsmir oldida har bir o‘qituvchining o‘ziga xos metod va usullariga moslashish, ularning talablarini anglab, bilib olish kabi murakkab vazifa turadi. Endi o‘smir ko‘pgina yangi o‘quv fanlarini o‘rganib olishi kerak bo‘ladi. Oʻsmirning bolalar jamoasiga bo‘lgan munosabati ham murakkablashadi. Oʻsmirga o‘zining o‘qishi, mehnati va xatti- harakatlariga mas'uliyat bilan qarash jamoat topshiriqlarini aniq bajarish, bilim va ko‘nikmalarni egallashda reja bo‘yicha sistemali ravishda ko‘tarila borish kabi avvalgidan ko‘ra jiddiyroq talab quyiladi. Oʻsmirning oiladagi Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 535 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. mavqeining o‘zgarishi, maktabda o‘qishning yangi sharoiti, bolalarning ijtimoiy hayotida murakkab munosabat-lar o‘rta yoshdagi o‘quvchilar oldiga ko‘pgina yangi talablar qo‘yadi va ularning butun psixik hayotida yangi qiyinchili

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Oʻsmirlik davrida xulq –atvor xususiyatlari , oʻsmir shaxsnin shakillanib kamolotga erishish yo‘llari ,ijtimoiylashuv jarayoni tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Oʻsmirlik davrida xulq –atvor xususiyatlari , oʻsmir shaxsnin shakillanib kamolotga erishish yo‘llari ,ijtimoiylashuv jarayoni tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
A teenager, fiziologik, психика, physiological, serzarda, in serzar, физиологический, psyche, O‘smir, alkogol, в Серзаре, алкоголь, alcohol, ruhiyat, Подросток
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники