Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОЦИАЛЬНЫЙ ПРОЦЕСС ПОДГОТОВКИ ПОДРОСТКОВ К ВЗРОСЛОЙ ЖИЗНИ ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ
PSIXOLOGIK USULLARI
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Maqolada ilk o‘spirinlarni kasbga yo‘naltirishning nafaqat ijtimoiy, balki psixologik muammo ekanligi, bu ikki nuqtai nazar har doim bir – birini to‘ldirib kelishligi, shuningdek, kasbga yo‘naltirishning individual psixologik xususiyatlarining imkoniyatlari yoritilgan. Kalit sozlar: kasbga yo‘naltirish, ijtimoiy muhit, psixologik ta’sir, “Men” tabiati, kasb tanlash, faoliyat, kasbiy motiv, kasb tasavvurlari, kasbiy yo‘nalganlik, kasbiy qobiliyat. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohatlarning yaratuvchisi sifatida shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida kamol topishi, kasb – hunar sirlarini o‘rganishi va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorlab borish masalasi asosiy muammolar tariqasida ta’lim jarayonining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Kasbiy yo‘nalganlik nafaqat ijtimoiy, balki psixologik muammo hamdir. Bugungi kunda kasb tanlashga turli nuqtai nazarlar asosida qarash mumkin bo‘lgan jarayondir. Birinchidan, yoshlarning biror-bir kasbga yo‘naltirishda ijtimoiy muhitning roli asosiy omil sifatida qaralsa, ikkinchidan esa, individning o‘z qiziqishlari va layoqatlari asosiy imkoniyat sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ikki nuqtai nazar har doim bir – birini to‘ldirib keladi. Aynan ilk o‘spirinlik davri hayotiy kelajagi, rejalarini tuzadigan, o‘z kelajagini yaratishga qadam qo‘ygan asosiy yosh bosqichi hisoblanadi. Endigina o‘sib kelayotgan o‘spirin o‘quvchilar kasbga qanday yondashadilar? Bu muammo ko‘pchilikni qiziqtiradi. Kuzatishlardan, turmush tajribasidan ma’lumki, odatda ilk o‘spirinlik yoshidagi o‘g‘il – qizlar hayotda mustaqil qadam tashlash to‘g‘risida aniq, asosli fikr bildirishga qiynaladilar. Shu sababli, kasb tanlash davrida oqilona va to‘g‘ri yo‘l tutishni bilmay dovdirab yoki tavakkaliga ish tutadilar.O‘zlarining imkoniyatlarini hisobga olib harakat qilishga ojiz bo‘ladilar. Natijada, noxush kechinmalar, umidsizliklar, ijtimoiy sustlik holatlari vujudga keladi. Yuqori sinf o‘quvchilarining ba’zilari kasb tanlashda yaqqol ko‘zga tashlanib turgan namunalarga taqlid qiladilar va o‘zlarida biror bir maqsadga yo‘nalgan g‘oyalar mavjud emas. Aynan atrofdagi xatti – harakatlarning xuddi shunday ta’siri ularda biror bir kasbni tanlab, shu borada o‘quv faoliyatini amalga oshirayotgan davrda o‘zi tanlagan kasbkorlikka nisbatan ikkilanishlar, umidsizliklarning kelib chiqishiga olib keladi. Shuning uchun ham yoshlarni kasb tanlashda pedagog va ota – onalardan ularning qobiliyatlari, layoqatiga qarab, ya’ni individual xususiyatlaridan kelib chiqib kasbga yo‘naltira olishni talab qiladi. Bugungi fan texnika va ijtimoiy taraqqiyot davrida yoshlarni jamiyatni barpo etishda ishtirokini ta’minlash bugungi kun maktabini har qachongidan ham muhim vazifasidir. Ma’lumki, kasbga yonaltirishda har bir shaxsning individual xususiyatlari, qiziqishlarini, shuningdek, jamiyatning qaysidir kasbga nisbatan ehtiyojini ta’minlash zarurligini inobatga olgan holda tanlashni taqozo etadi. Kasbga to‘g‘ri yonaltirish shaxsning hayotida to‘g‘ri yo‘lni to‘ishga imkon beradi. O‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash va ularning kasb-hunarni o‘zlarining qobiliyatlariga yarasha to‘g‘ri tanlashlariga erishish uchun maktab o‘qituivchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, perseptiv, akademik, kommunikativ kabi qobiliyatlari yuqori bo‘lishi, kasblar bilan bog‘liq fan to‘garaklarining faoliyatini rivojlantirish, maktablarda kasb – hunar to‘g‘risidagi ma’ruzalarni tashkillash o‘z natijasini beradi, shuningdek, maktablarda “Kasbim faxrim”, “Kasbim kelajagim dasturi” kabi mavzularda seminar-trening mashg‘ulotlari, suhbatlar va munozaralar o‘tkazilishi, uchrashuvlar, kasb – hunarga oid ko‘rgazmalar tashkil etilishi, o‘quvchilarda kasb tanlashga qiziqish hamda ishtiyoqini uyg‘otadi. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish ishlari maktab rahbariyati bilan birgalikda maktabning amaliy psixologi, kasbga yo‘naltiruvchi mutaxassislar va o‘qituvchilar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Kasbga yo‘naltirish borasida asosan maktab psixologi faoliyat olib borib, o‘quvchilarning avvalo, qaysi kasbga nisbatan qobiliyati va qiziqishlarini aniqlash maqsadida diagnostikani o‘tkazish va uning statistik tahlilini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Biz tadqiqotlarimiz davomida yoshlarning Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 545 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. iqtidorining yo‘nalganligini, faoliyat va kasb – hunar sohalarini aniqlash maqsadida rus psixologi E. A. Klimovning “ Professional – diagnostik so‘rovnomasini” 8-9 –sinf o‘quvchilardan iborat 60 ta sinaluvchilarda otkazdik. Sinaluvchilar guruhida o‘tkazilgan natijalar sifat va miqdor jihatdan tahlil qilindi. Metodika bo‘yicha natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, kasblarga nisbatan yo‘nalg
Доказательный фрагмент
«Maqolada ilk o‘spirinlarni kasbga yo‘naltirishning nafaqat ijtimoiy, balki psixologik muammo ekanligi, bu ikki nuqtai nazar har doim bir – birini to‘ldirib kelishligi, shuningdek, kasbga yo‘naltirishning individual ps…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada ilk o‘spirinlarni kasbga yo‘naltirishning nafaqat ijtimoiy, balki psixologik muammo ekanligi, bu ikki nuqtai nazar har doim bir – birini to‘ldirib kelishligi, shuningdek, kasbga yo‘naltirishning individual ps… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kasb tanlash, career visions, выбор карьеры, профессиональное направление, professional direction, kasbiy yo‘nalganlik, kasb tasavvurlari, профессиональный мотив, карьерные видения, активность, professional motive, kasbiy motiv, faoliyat, activity, career choice
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026