К содержанию
РецензированоRU2024

ЗНАЧЕНИЕ ОБРАЗОВАНИЯ И ОБРАЗОВАНИЯ В ПОДРОСТКОВОМ ПЕРИОДЕ.

Imomnazarova Sarvinoz Inomjon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti) · Nabijonova Madina Abduqaxxor qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ush bu maqolada o‘smirlik davri,osmirlarda yuzaga keladigan psixologik o‘zgarishlar,o‘smirlik davrida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati,o‘smirlik avtanomiyalari,agressivlik holatlari,o‘smirlarda ikkinchi menni shakillanishi kabi holatlari keng yoritilgan. Kalit so‘zlar: O‘smir, ta’lim, tarbiya, tarbiyasi qiyin o‘smirlar, axloqiy hislar, orsizlar,o‘smirlik avtanomyalari, Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi, ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga ega. Insonning hayotiy tajribalarni bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar tariqasida o‘zlashtirishga aloqador bo‘lgan bir necha tushunchalar mavjud. Bu o‘quv faoliyati, ta’lim, o‘qish va o‘rganishdir. 0‘smirlarning jismoniy o‘sishi va jinsiy yetilishi ularning psixikasida keskin o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. 0‘quv fanlarining ko‘payishi, axborotlar tarmog‘ining kengayishi ularning fikr yuritishini jadallashtiradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda endigina rivojlanish bosqichiga ko‘tarilgan intellekt o‘smirlik davrida yanada takomillashadi. O‘smir o‘quvchilar o‘rganayotgan fan asoslari, avvalo ularning mavhum tafakkurini o‘stirishga qaratiladi. Uning aqliy faoliyati xususiyatlaridan biri - mavhum tafakkurning rivojlanishidir. 0‘smirning eng muhim xususiyatlaridan biri mustaqil flkrlash, aqlning tanqidiyligi tez rivojlanishidir. Bu esa kichik maktab yoshidagi o‘quvchidan farqli o‘laroq, o‘smirning aqliy faoliyatida yangi davr boshlanganini bildiradi. Maktab ta’limining bevosita ta’siri bilan o‘smirda o‘zini anglash jarayoni rivojlana boshlaydi. U o‘zining fikriga, mustaqil qarashiga, biror masala yuzasidan o‘z mulohazasiga ega bo‘lishi uchun harakat qiladi. Shuning uchun o‘qituvchi yoki ota-onaning aytganlariga, kitob va darsliklarga tanqidiy nuqtai nazardan qaraydi. Ko‘pincha o‘qituvchining mulohazasidan, darslikdan xato va kamchiliklarni topishga intilib, o‘z gapida turib, ayrim fikrlarga qat’iy e’tiroz bildirishga, tortishishga va bahslashishga moyil bo‘ladi. Aqlning tanqidiyligi ayrim hollarda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida “anglashilmovchilik g‘ovi”ni vujudga keltiradi. Aqlning “tanqidiyligi” o‘smirning asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, u o‘zgalar ftkrini turli bahonalar, sabablar bilan yo‘qqa chiqarishga qaratilgan bo‘ladi. Tafakkurning mustaqilligi inson uchun juda katta ahamiyatga ega. 0‘qituvchi dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda, har qanday og‘ir shart-sharoitlarda ham turli usullar bilan bu xislatni qo‘llab-quvvatlashi, uning rivojlanishi uchun imkoniyat yaratishi kerak. Shuni ham esdan chiqarmaslik lozimki, dastlabki davrda o‘smirning nuqtai nazarini, mulohazalaridagi xatolarini, muvaffaqiyatsizliklarni yomonlash, uni izza qilish, izzat-nafsiga tegish, masxaralash mutlaqo mumkin emas, aks holda o‘smir aqlining ajoyib sifati barbod bo‘ladi va uning o ‘zi jamiyat hamda tabiat qonunlariga, holatlariga befarq qaraydigan shaxsga aylanib qoladi. O‘smir o‘quvchilarni ta’lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va xususiyatlarini ba’zan yetarli darajada bilmasliklaridan yoki inkor qilishdan kelib chiqadi. Kichik va katta yoshdagi maktab o‘quvchilariga qaraganda o‘smir yoshdagi bolalarni tarbiyalashda juda ko‘p qiyinchiliklar bo‘ladi. 0‘qituvchilar jamoasi har qancha urinishidan qat’i nazar, ta’lim jarayonida tarbiyasi qiyin o‘smirlar ham uchrab turadi. Hozirgi davrda, bunday o‘quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash usuli yaratilgan, fe’l-atvordagi nuqsonlarning xatti- harakati nosog‘lomligining oldini olish va tuzatish yo‘llari ilmiy asosda ishlab chiqilgan. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, tarbiyasi qiyin; injiq, xulqi salbiy bolalarning kelib chiqishining ijtimoiy sabablaridan tashqari, pedagogik va psixologik sabablari ham mavjud. 0‘quvchilarda nojo‘ya xatti-harakatlar paydo bo‘lishining sabablari va turtkilari har xildir. Qonunni buzishi yoki qoidaga xilof ish qilishni darajasiga qarab tarbiyasi qiyin o‘smirlar jinoiy qonunbuzar va oddiy qoidabuzar (tartibbuzar) guruhlarga ajratiladi. Shaxsning biologik o‘sishidagi nuqsonlar, sezgi organlarining kamchiliklari, o‘qishga salbiy ta’sir etuvchi oliy nerv faoliyati va temperamentdagi qusurlar tarbiyasi Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 551 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. qiyinlarni keltirib chiqaradi. Shaxsning psixik o‘sishidagi kamchiliklar, chunonchi, aql-idrokning zaif rivojlangani, irodaning bo‘shligi, hissiyotning kuchsizligi, zarur ehtiyoj va qiziqishlar mavjud emasligi, o‘smirning intilishi bilan mavjud imkoniyati o‘rtasidagi nomutanosiblik va hokazolar xatti- harakatni izdan chiqaradi. Shaxsning fazilatlari tarkib topishidagi nuqsonlar: axloqiy hislarning yetishmasligi, o‘qituvchi, sinf jamoalari, oila a’zolari bilan noto‘g‘ri muloqot, ishyoqmaslik, bo‘sh vaqtni to‘g‘ri taqsimlam

Доказательный фрагмент

«Ush bu maqolada o‘smirlik davri,osmirlarda yuzaga keladigan psixologik o‘zgarishlar,o‘smirlik davrida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati,o‘smirlik avtanomiyalari,agressivlik holatlari,o‘smirlarda ikkinchi menni shakillanish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ush bu maqolada o‘smirlik davri,osmirlarda yuzaga keladigan psixologik o‘zgarishlar,o‘smirlik davrida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati,o‘smirlik avtanomiyalari,agressivlik holatlari,o‘smirlarda ikkinchi menni shakillanish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
A teenager, those who don't, те, моральные чувства, кто этого не делает, ta’lim, teenagers who are difficult to educate, education, axloqiy hislar, moral feelings, подростки, образование, которых трудно обучать, O‘smir, orsizlar, Подросток, tarbiyasi qiyin o‘smirlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники