Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
КРИЗИСЫ СТАРШЕГО ПЕРИОДА И ИХ ПОЗИТИВНЫЕ РЕШЕНИЯ
Nodira Tojiboyeva · Nu’monova Xusnora Shavkatjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu tezisda yosh davrlari psixologiyasidan gerontopsixologiyaga oid xususiyatlar , ularni davrlashtirish muammolari va ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Gerontopsixologiya, psixologik keksayish , biologik keksayish, ijtimoiy keksayish, nafaqadan oldingi inqiroz, identiklik inqiroz , yangi bandlik , nafaqadan oldingi inqiroz Gerontopsixologiya qarilik davri psixologiyasi boʻlib, yunoncha geron -qari va psixologiya soʻzlaridan tashkil topgan. Umumiy psixologiya vositalari va qoidalaridan foydalanib keksalar ruhiyati va fe'lining oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganadi. Koʻplab olimlar kishilarda keksayish sababli roʻy beradigan oʻzgarishlarga azaldan qiziqib kelishgan boʻlsada, gerontopsixologiya fan sohasi sifatida 20-asrning 2-yarmida shakllana boshladi. Bu sohaning shakllanishiga ijtimoiy omillar: keksalarni koʻpayib ketishi, ularning ish layoqati va turmush tarzi sabab boʻldi. Gerontopsixologiyaning asosiy vazifasi kishilarning qariganda ham bardam, tetik yashashiga yordam beradigan vositalarni izlab topishdir. Keksalar sonining keskin koʻpayib ketishiga sabab: tugʻulishning kamayib ketishi,salomatlikning yaxshilanishi, kichik va katta yoshdagilarda oʻlim sonining kamayishi, hayotning individual davomiyligining ortishidir. Aholining keksayishi iqtisodiy ijtimoiy siyosiy muammolarni keltirib chiqaradi. Rivojlangan Yevropa davlatlarida keksalarni "sekin ta'sir qiluvchi demografik bomba" deya atashadi. Qarilik ijtimoiy kategoriya sifatida XX asrda ajratildi. Bu oxirgi yuz yilda Yer planetasidagi demografik o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Dunyo aholisining keksayishi ro‘y bermoqda, ya’ni rivojlangan davlatlarda keksa insonlar soni ortib bormoqda. Bronza davrida hayotning o‘rtacha davomiyligi 18—20 yil bo‘lsa, o‘rta asrlarda 35 yil, XIX asrda 44 yil bo‘lsa, XX asrda 68-72 yilni tashkil etadi. Aholining keksayishi iqtisodiy, tibbiy, huquqiy, siyosiy va boshqa muammolarni tug‘diradi. Biologik nazariyalarga rus gerontologiyasining asoschisi A.A.Bogomolsning organizm fiziologik jarayonlari uyg‘unligining buzilishini keksayishda asosiy omil deb hisoblagan nazariyasini hamda keksayishni intoksifikatsiya sifatida qaragan I.I.Mechnikov nazariyasini kiritish mumkin Qarilikni o‘rganishda yana bir nazariyalar ham mavjudki ularni inkor etib bo‘lmaydi.Ular keksayishning kompleks nazariyalaridir. Kompleks nazariyalar keksayishning biron jihatiga urg‘u beradigan nazariyalarga qarshi chiqadi. Keksayish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u o‘zaro biologik, ijtimoiy va psixologik jarayonlar bilan bogliqdir. Har bir insonga o‘ziga xos keksayish yo‘li bor bo‘lib Dj.Terner, D.Xelms uch o‘zaro bog‘liq jarayonni ajratib ko‘rsatadilar: Psixologik keksayish - individ o‘zi keksayish jarayonini qanday tasavvur qiladi va his qiladi, boshqalarning keksayishi bilan o‘zini taqqoslab keksayish jarayoniga qanday munosabatda bo‘ladi. Biologik keksayish — yosh o‘tishi bilan organizmda o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi. Ijtimoiy keksayish — individ keksayishni jamiyat bilan, ijtimoiy rollarni bajarish bilan qanday bog‘laydi. Keksalikning yosh chegaralari muammosi qarilikning yosh chegaralarini turli olimlar turlicha tavsiflashadi, lekin ko‘pchilik 60—65 yoshni qarilikning boshlanishi sifatida e’tirof etishadi. Misol tariqasida bir necha olimlarning qarashlarini keltirib o‘tamiz: Chexiyalik professor B.Prijigoda: 60-75 — qarilik, 75-100 yosh keksalik. Dj.Birren: 50—75 yosh so‘nggi yetuklik, 75 yoshdan keyin qarilik. D.B. Bromley qarilikning 3 bosqichini ko‘rsatib o‘tadi: 65-70 yosh sevimli ishdan uzoqlashish; 70 yoshdan keyin keksalik; 110 yoshgacha — munkillaganlik, qarib kasalga chalinish va o‘lim. Keksayish yoshga oid muqarrar jarayon bo‘lishiga qarab har kimda har xil individual kechadi. Butunjahon sog‘liqni saqlash Yevropa byurosining klassifikatsiyasiga muvofiq, erkaklarda qarilik 61—74 yosh, ayollarda 55—74 yosh, 75 dan keyin keksalik boshlanadi, 90 yoshdan keyin uzoq umr ko‘ruvchilar deb ataladi. Qarilikning boshlanishi ijtimoiy mezon sifatida insonning nafaqaga chiqishi bilan belgilanadi.Qarilik davriga o‘tishningijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari - bu asosiy daromad Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 572 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. manbayining o‘zgarishi, ijtimoiy mavqening o‘zgarishi, ijtimoiy rollar doirasining o‘zgarishi hisoblanadi. Yetuklik va keksalik orasidagi inqiroz 55—65 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Keksalik davridagi inqirozni nafaqadan oldingi inqiroz deb ataladi, bunda asosiy determinant sifatida ijtimoiy omil nafaqa yoshiga yetish omili ko‘rsatiladi. Darhaqiqat nafaqaga chiqish inson hayotini tubdan o‘zgartirib yuboradi, jamiyatdagi muhim ijtimoiy rolining yo‘qotilishi, insonning o‘z referent guruhidan ajralishi, muloqot doirasining torayishi, moddiy ahvolining yomonlashuvi, ba’zan «iste’fo shoki» holatining o‘tkir kechishida namoyon boladi. Bu holat k
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda yosh davrlari psixologiyasidan gerontopsixologiyaga oid xususiyatlar , ularni davrlashtirish muammolari va ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda yosh davrlari psixologiyasidan gerontopsixologiyaga oid xususiyatlar , ularni davrlashtirish muammolari va ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- предпенсионный кризис, Геронтопсихология, Gerontopsychology, Gerontopsixologiya, ijtimoiy keksayish, биологическое старение, biological aging, psychological aging, psixologik keksayish, nafaqadan oldingi inqiroz, психологическое старение, biologik keksayish, pre-retirement crisis, social aging, социальное старение
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025