Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ ОБРАЗОВАНИЯ В СЕМЕЙНЫХ ОТНОШЕНИЯХ
Isroilova Madinabonu Nosirjon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti talabasi)
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada oiladagi o‘zaro munosabatlar, bola tarbiyasida ota-ona tomonidan beriladigan taʼlim-tarbiyaning oʻrni, sogʻlom oilaviy muhit yaratish uchun nimalarga ahamiyat berish kerakligi toʻgʻrisida fikrlar bayon etilgan. Kattalar tomonidan yosh oilani barpo etishda namuna sifatida koʻrsatilayotgan ta'lim-tarbiya usullari hamda yangi qurilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qilinayotgan yordam va imkoniyatlarning yosh oilalar mustahkamlanishidagi ahamiyati ochib berilgan. Kalit soʻzlar: oila, oilaviy munosabat, oilaviy muhit, psixologik iqlim, axborot xavfsizligi, ta’lim va tarbiya. Oila jamiyatning bir boʻlagi hisoblanadi. Jamiyat oilalardan tarkib topgan. Oiladagi muhit qanchalik sogʻlom boʻlsa, oʻsha oila mustahkam qoʻrgʻon misolidir. Ajdodlar tomonidan boy merosni, qadriyatlarni, oila toʻgʻrisida aytilgan oʻgit-u pand nasihatlarni yosh avlodga singdirish, yosh avlod vakillari tomonidan bularni oʻzlashtirish va boyitish har doim ham oson boʻlavermaydi. Shu oʻrinda aytib oʻtishim kerakki, Abdulla Qodiriyning "Moziyga qaytib ish koʻrmoq xayrlidur" degan iborasi bejiz emas. Albatta, oʻtmish toʻfonlari-yu, asrlar silsilasida shakllanib kelgan urf- odatlar asosida qurilgan oilada va aynan shular negizida shakllangan oilaviy muhitda tarbiya koʻrayotgan bolalar, nafaqat oilasi uchun balkim jamiyat uchun ham kerakli shaxslardir. "Har bir oilaning sogʻlom boʻlishi, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib, soʻng oʻzi yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida oʻz davlatining iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini taʼminlovchi, hal qiluvchi omil boʻlgan inson kamolotida oilaning tutgan oʻrni beqiyosdir" [1, 10]. Darhaqiqat, oila maʼnaviyat, taʼlim va tarbiya oʻchogʻi boʻlganligi uchun ham har bir ota-ona farzandiga ham diniy, ham dunyoviy bilim olishi uchun shart-sharoit yaratib berishi lozim. Bu bizning bosh qomusimiz hisoblanmish Konstitutsiyaning bir nechta moddalarida ham koʻrsatib oʻtilgan. Tarbiya va taʼlim birinchi oilada shakllanadi va bular uzluksiz davom etadi. Ota-ona faqat farzandi uchun shart-sharoit yaratibgina qolmasdan, ular bilan birgalikda dars tayyorlashi va ilm olishida koʻmaklashishi ham kerak. Aynan ota-ona tomonidan berilgan qiziqish motivi bolaning ilm olishi uchun ham samarali boʻladi. Oʻzbekistonda 180 mingdan ortiq nikoh qayd etilgan, boʻlsa, shulardan 40%i yosh oilalarni tashkil qiladi. Oilalar hayot siklidan kelib chiqqan holda 4 turga boʻlinadi: 1. Juda yosh oila – turmush qurgandan 4 yil mobaynida; 2. Yosh oila – 5 yildan 9 yilgacha; 3. Oʻrta oilaviy hayot munosabati – 10 yildan 19 yilgacha; 4. Katta oilaviy hayot – 20 yil va undan ortiq yillarni qamrab oladi [2] "Har bir oila ijtimoiy tizim struktura sifatida jamiyat oldida maʼlum bir vazifani bajaradi. Bular: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreaktiv, kommunikativ, regulyativ (boshqaruv)" [1, 47]. Farzand oilada olgan tarbiyasi bilan ijtimoiylashuv jarayoniga kirishar ekan, bolada muomala madaniyati shakllanadi. Oilada ota va onaning oʻz rollari mavjud. Ota farzandiga nisbatan ijtimoiy yaʼni tashqi muhitda oʻzini tutish madaniyatini shakllanishi uchun masʼul boʻlish bilan birga iqtisodiy taʼminotchi hamdir. Ona esa axloqiy meʼyorlar, etik, estetik madaniyat va odob mezonlari doirasida muomala qilish qonun-qoidalari bilan birga, diniy jihatdan taʼlim berish kerak. Buning uchun esa qiz farzand ham oila qurishdan oldin diniy va dunyoviy bilimlarni egallashi kerak. Burhoniddin Margʻinoniy oʻzining "Hidoya" asarida oila va nikoh masalasida juda katta maʼnaviy-tarbiyaviy fikrlar yozib ketgan. Unda nikoh ostonasida turgan yoshlar iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy va aqliy jihatdan mumkin qadar teng boʻlishligi aytib oʻtilgan. Oilada farzand tarbiyasida, ayniqsa, ota bosh rolni egallaydi. Mahmudxoʻja Behbudiy oʻzining "Padarkush" dramasida aynan oiladagi ilmsizlik va tarbiyaning asl mohiyatini ochib bergan. Asarda ota moddiy ehtiyojlarini koʻzlab, oʻz ehtiyojlarini maʼnaviy saviya-yu ilmdan ustun qoʻyadi va asar soʻngida ilmsizlikdan jabr chekib, oʻz aybiga iqror boʻladi. Ilmsizlik, oqni qoradan ajrata olmaslik oqibatida farzand betayinlar, mayishatparastlar, Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 575 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. nafsini jilovlay olmaydiganlar qurshovida qolib, oʻz umriga zomin boʻladi. Asarda aynan ota farzand tarbiyasiga eʼtibor bermaydi. Ammo hozir ham xasislik qilib, farzandi uchun ilm yoʻlida mablagʻ sarflamayotganlar ham kam emas, lekin toʻqlikka shoʻxlik qilib, otasining davrida davron surib yurganlar, berilgan imkoniyatdan unumli foydalanmayotganlar ham oramizda uchrab turibdi. Ilm yoʻlida ilm nuri bilan maʼnaviy dunyosini boyitayotganlar, zerokim, u dunyo-yu bu dunyo saodatda boʻlurlar. Oilada birinchi oʻrinda muhabbat, ishonch va samimiy munosabat boʻ
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada oiladagi o‘zaro munosabatlar, bola tarbiyasida ota-ona tomonidan beriladigan taʼlim-tarbiyaning oʻrni, sogʻlom oilaviy muhit yaratish uchun nimalarga ahamiyat berish kerakligi toʻgʻrisida fikrlar bayon…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada oiladagi o‘zaro munosabatlar, bola tarbiyasida ota-ona tomonidan beriladigan taʼlim-tarbiyaning oʻrni, sogʻlom oilaviy muhit yaratish uchun nimalarga ahamiyat berish kerakligi toʻgʻrisida fikrlar bayon… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oilaviy muhit, information securityb, psixologik iqlim, axborot xavfsizligi, family relationship, oila, family, информационная безопасность, психологический климат, oilaviy munosabat, семейная среда, psychological climate, семья, Семейные отношения, family environment
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024