Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБРАЗОВАНИЕ ИЛИ ОБРАЗОВАНИЕ?
TA’LIMMI YOKI TARBIYA? · Tojiboyeva NodiraTursunaliyevna · ADPI -bosqich talabasi Omonkeldiyeva Munira
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Bugungi kunda ta’lim va tarbiya tushunchalariga juda ko‘p duch kelyapmiz. Bu ikki tushuncha yonma-yon kelsada, bir-biridan farqli va inson umrida juda ahamiyatlidir. Ushbu tezisda bu ikki tushunchaning inson hayotida muhimligi qaydarajada ekanligi haqida so‘z boradi. Kalitso‘zlar: ta’lim, tarbiya, aqliyo‘sish, ijtimoiylashuv, o‘quv-biluvfaoliyati, ta’limiytarbiya, axloqiytarbiya, jismoniytarbiya, ma’naviy-axloqiytarbiya. Bu hayotda inson yashar ekan har qachon o‘rganishga, bilimlar va ko‘nikmalar o‘zlashtirishga ehtiyoj sezadi. Bularni o‘zlashtirishga aloqador bo‘lgan ta’lim, tarbiya, o‘qish, o‘rganish va o‘quv faoliyati kabi tushunchalar mavjud. Bunday faoliyat kishiga shu jumladan bolaga ham atrof-muhitga moslashish o‘zining asosiy ehtiyojlari, shuningdek aqliy o‘sish va shaxsiy rivojlanish ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Xo‘sh, bu borada ta’lim va tarbiyaning ahamiyati qay darajada ? Ulardan qay biri muhimroq ? Hozir shu haqida fikr yuritamiz. Tarbiya – bolaning ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini topishni o‘rganishi hamda insonning hayotiy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishidir. Ta’lim jarayonining markazida shaxsning bilish va anglash jarayoni, uning qobiliyati, ilm o‘rganishi yotsa, undan farqli o‘laroq tarbiya insonni shaxs sifatida shakllanishiga , uning dunyoqarashi va jamiyatga munosabatiga qaratiladi. Tarbiya – bu alohida jarayon emas, balki o‘qitishning bir tomoni bo‘lib, u bilan umumiy va farqli tomonlarga egadir. Bilim berish va tarbiyaga, asosan, insonning ijtimoiy ko‘nikma olish mexanizmning o‘ziga xos jihatlarini kiritish mumkin. Tarbiyani ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir talaba, o‘smir va yosh yigitning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqiy va erkinligining e’tiborga tutilishi: —milliylikning o‘ziga xos an’ana vositalariga tayanish, jahon madaniyatining ilg‘or tajribalariga asoslanish; — talabalar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, — qiziqarli, to‘laqonli talabalar yosh jihatlariga mos hayot iqlimini yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy foydali, ijtimoiy ko‘ngilochar va shunga o‘xshash tadbirlar tashkiletish lozimki, natijada talabalar o‘zlari xohlagan ishga qo‘l ursinlar, muvaffaqiyat hissini tushunib o‘zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror bo‘lsin. Tarbiyaning maqsad-mohiyati davrlar o‘tishi bilan o‘zgarmaydi, barcha millat uchun ham bir darajada ahamiyatli. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, an’analar tarbiya mazmun-mohiyatini belgilaydi. Bugun nemis, rus yoki ingliz maktabida ham, o‘zbek maktabida ham ta’lim muassasasining tarbiyaviy vazifalarini kuchaytirish, ta’limning “tarbiyalovchi” faoliyatidan qoniqmaslik holatlari olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Tarbiyaga asoslangan maktablar, o‘quvchini hayotga tayyorlashni, ijtimoiylashuvini asosiy maqsad bilayotgan ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rganishga ehtiyoj tug‘ilayotganini ta’kidlash joiz. Hozirgi zamon jahon pedagogikasida tarbiyaga turlicha ta’rif berilayotgan bo‘lsa-da, biz uchun sharq mutafakkirlari qoldirgan meros o‘zining hayotiyligi va mazmunan keng qam¬rovliligi bilan qimmatlidir. Tanganing ikkinchi tarafi bo‘lganidek, ayrim hollarda ta’lim muassasalarida ta’limni tarbiyadan ustun qo‘yish, tarbiyani e’tibordan chetda qoldirish holati yoki tarbiyani ta’lim orqali amalga oshirish haqidagi fikrlar ilgari surildi. Ammo jahon pedagogikasidagi bu taj¬ribalar o‘zini oqlamaganligini hayot ko‘rsatib turibdi. Rus olimi G.K.Selevko e’tirof etgani¬dek, “tarbiyalovchi ta’lim” rus ta’lim tizimiga katta zarar keltirdi — bu ta’limni tarbiyadan ustun qo‘ydi, jamoa tarbiyasini yetarli baholay olmadi, maktabni amaliy hayotdan ajratib qo‘ydi”. Maktab amaliy hayotdan ajralib qolishi¬ning asosiy sabablaridan biri, shubhasiz (xuddi shuni sharq mutafakkirlari ta’kidlagan edilar), yosh avlod tarbiyasiga faqat nazariy (ta’limiy) tomondan yondashuv bo‘lib, axloqiy faoliyat e’tibordan chetda qoldirilganidir. Haqiqatan, ta’lim Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 578 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. olish (o‘quv-biluv faoliyati) — aqliy tarbiyani amalga oshirishi, ya’ni mustaqil o‘qish, fikrlashni rivojlantirishi mumkin. Ammo ta’lim zamiridagi tarbiya nazariy bilimligicha qolave¬radi, bu faoliyat emas. Tarbiyaning ibratga, namunali amaliy faoliyatga asoslanganini ham unutmaslik joiz. Ya’ni aqliy tarbiya (ta’lim) aniq dastur va rejalar asosida oddiydan murakkabga tomon rivojlanib borsa, tarbiyada (axloqiy tarbiya) jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan yoshlarda o‘z vaqtida tegishli munosabat uyg‘otish, aniq maqsad va natijaga yo‘naltirilgan reja va dasturlar ijrosiga qo‘shimcha ravishda ijodiy yondashuv, ijtimoiy muhitni sinchiklab o‘rga¬nish taqozo etiladi. Aqliy tarbiyaga nisbatan axloqiy tarbiyaning faoliyat qamrovi, oldiga qo‘yilgan vazifalar katta bo‘lib, buning samarali ijrosi uch
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda ta’lim va tarbiya tushunchalariga juda ko‘p duch kelyapmiz.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda ta’lim va tarbiya tushunchalariga juda ko‘p duch kelyapmiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, aqliyo‘sish, социализация, educational activity, education, ijtimoiylashuv, образование, интеллектуальный рост, intellectual growth, socialization, o‘quv-biluvfaoliyati, образовательная деятельность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025