К содержанию
РецензированоRU2024

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПОДРОСТКОВОГО ВОЗРАСТА

Rahmonova Odinaxon Obiddin qizi

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Maqolada o‘smirlik davri haqida tushuncha, o‘smirlarning ta'lim-tarbiya berishda uchraydigan ayrim qiyinchiliklar va psixologik xususiyatlar taxlil qilindi. Kalit so‘zlar: O‘smirlar, ishonuvchanlik, ta'sirchanlik, analitik faoliyat, sintetik faoliyat, psixik taraqqiyot, dialektik qarama-qarshilik, o‘smirlik davri krizisi. O‘qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o‘smirlik davri psixologiyasini bilish psixologik nuqtai nazaridan ham pedagogik nuqtai nazaridan ham muximdir. Bu davrni biz yana o‘tish davri ham deb ataymiz. O‘smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o‘z ichiga qamrab oladi, ya'ni 5- 8 sinf o‘quvchilarini. O‘smir o‘quvchilarni ta'lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va xususiyatlarini ba'zan yetarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kelib chiqadi. Kichik va yoshdagi maktab o‘quvchilariga qaraganda o‘smirlik yoshidagi bolalarni tarbiyalashda juda ko‘p qiyinchiliklar bo‘ladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga aylanishi jarayoni juda qiyin kechadi. Bu jarayon o‘smirlar psixologiyasining odamlar bilan bo‘lgan munosabat formalarining jiddiy ravishda o‘zgarishi, hamda hayot sharoitining o‘zgarishi bilan bog‘liqdir.Bu davrda o‘smirlarning o‘z shaxsiy fikrlari paydo bo‘ladi. Ularda o‘z qadr-qimmatlari haqidagi tushuncha kengayadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 15 – iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. «Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan» deb ta'kidlab o‘tdi.1 O‘smirlik davrida o‘quvchilarda analitik-sintеtik faoliyat yеtarlicha rivojlanmagani, fikr yuritish usullari to‘liq emasligi uchrab turadi. Shuning uchun gеomеtrik masalani yеchish usulini yoki isbotlash yo‘lini ko‘rsatib bеrilmasa, qiyinchiliklar tug‘iladi, o‘quvchilar masalani eng oddiy usulda «tavakkal» yеcha boshlaydilar. O‘smirlar fikr yuritish faoliyatining xususiyatlaridan biri -yaqqol- obrazli, ko‘rsatmali tafakkur tarkibining muhim rol o‘ynashidir. Ularda mavhum tafakkur o‘sishi bilan yaqqol-obrazli tafakkurning tarkibiy qismi mutlaqo yo‘qolib kеtmaydi, balki saqlanib qoladi va rivojlanadi hamda tafakkurning umumiy strukturasida muhim rol o‘ynaydi. O‘smirning eng muhim xususiyatlaridan yana biri mustaqil fikrlash, aqlning tanqidiyliga tеz rivojlanishidir. Bu esa kichik maktab yoshidagi o‘quvchidan farqli o‘laroq, o‘smirning aqliy faoliyatida yangi davr boshlanganini bildiradi. Ko‘pginа o‘smirlаrdа o‘zidаn qoniqmаslik holаti kuzаtilаdi. Bа'zi o‘smirlаrni nimа uchun аtrofdаgilаr, kаttаlаr, shuningdеk, otа-onаsigа qаrshi chiqаyotgаnligini аnglаy olmаyotgаnligi tаshvishgа solаdi. Bu holаt ulаrni ichdаn аsаbiylаshishlаrigа sаbаb bo‘lаdi vа o‘smirlik dаvri krizisi yuzаgа kеlаdi. Krizis bolаdаgi mаvjud tushkunlik, yolg‘izlikkа intilish, pаssivlik yoki аksi, o‘jаrlik, qаysаrlik, аgrеssivlik, hаyotgа sаlbiy munosаbаtlаrning yuzаgа kеlishi sifаtidа nаmoyon bo‘lаdi. Bu krizis o‘smirning mа`nаviy o‘sishi, shuningdеk, psiхikаsidаgi o‘zgаrishlаr bilаn hаm bog‘liqdir. MUHOKAMA VA NATIJALAR Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo‘yicha o‘smirlarning psixik taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan tug‘iladigan extiyojlar bilan bu extiyojlarni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi dialektik qarama-qarshiliklarni yuzaga kelishi va bartaraf qilinishidan iboratdir. O‘smirlik davri xususiyatlarini talqin qilgan P.I.Leventuev, D.B.Elkonin, T.V.Dragunovning ta'kidlashicha, o‘g‘il va qizlarning bu yoshda o‘rtoqlari bilan munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin namoyon bo‘ladi. O‘smirlarning jismoniy o‘sishi va jinsiy Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 580 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. yetilishi ularning psixikasida keskin o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. O‘quv fanlarning ko‘payishi, axborotlar. ma'lumotlar tarmog‘ining kengayishi ularning fikr yuritishini shakllantiradi.1 1https://www.standart.uz/cyrl/news/view?id=963 O‘smir juda ko‘p narsalarga; sport, turizm, kino-teatr, badiiy havaskorlik, pochta markalariniva qadimiy tangalarni yig‘ish, o‘simlik va hashoratlar kolleksiyasini to‘plashga qiziqadi. Ko‘p hollarda bu qiziqishlar ehtiros xarakteriga ega bo‘ladi. Kun tartibi to‘g‘ri tashkil qilinsa, vaqt to‘g‘ri taq

Доказательный фрагмент

«Maqolada o‘smirlik davri haqida tushuncha, o‘smirlarning ta'lim-tarbiya berishda uchraydigan ayrim qiyinchiliklar va psixologik xususiyatlar taxlil qilindi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada o‘smirlik davri haqida tushuncha, o‘smirlarning ta'lim-tarbiya berishda uchraydigan ayrim qiyinchiliklar va psixologik xususiyatlar taxlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
аналитическая деятельность, Teens, O‘smirlar, sintetik faoliya, impressionability, analitik faoliyat, синтетическая активность, Тинейджеры, впечатлительность, ishonuvchanlik, trustworthiness, analytical activity, synthetic activity, надежность, ta'sirchanlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники