К содержанию
РецензированоRU2024

ПОДРОСТКОВЫЙ ПЕРИОД – ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ «ЗАВИСИМОСТЬ».

talabasi Marifova Rohila (Andijon davlat pedagogika instituti maktabgacha)

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Maqolada ontogenezda yosh davrlarining rivojlanishida o‘smirlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari, inqirozni yuzaga keltiruvchi sabablar va uning shaxs sifatida shakllanishidagi omillari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘z: ontogenez, balog‘at davri, inqiroz, psixika, rivojlanish, avtonomiya. O‘smirlik davri 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, koʻpchilik o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish asosan 5-8- sinflarga to‘g‘ri keladi. Oʻsmirlik deganda bu endi bola boʻlmagan ammo hali to‘liq balogʻat yoshga yetmagan insonning hayotiy davrlardan biri. Bu davrda bolada juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘la boshlaydi. Ya'ni bu qanday o‘zgarish degan savol tugʻilishi tabiiy holat? Biologik o‘zgarish deganda bu tanadagi jinsiy yetilishning boshlanishi, hujayralarning o‘sib bo‘linishi tushuniladi. Psixologik o‘zgarishlar esa bu o‘zlarini tutishi layoqat qobiliyati va imkoniyatlarini ma'lum darajada ko‘rsatishga intilishidir. Oʻsmirlik davri xalq tilida “o‘tish davri” “qiyin davr” deb ham ataladi. Bu davrni hammamiz boshidan kechirgan ekanmiz hammada har xil o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bola o‘ta injiq yoki xayolparast, o‘yinga, sevgi muhabbatga berilib ketishi mumkin boʻlgan davrdir. Ayniqsa bu davrda u atrof muhitga, doʻstlari, yaqinlari, tengdoshlariga nisbatan muomalasi o‘zgarishi mumkin. O‘smirlik yoshida axloq mazmuni keskin o‘zgaradi. Bola xuddi o‘zini katta insondek tuta boshlaydi yurish-turishi ko‘zga tashlanadigan ayrim tomonlari ota-ona davriga tezroq yetish istagini uyg‘otadi. Inson umrining o‘smirlik davrida oilasi va maktab nazoratidan chetda qolishi xatarli holatga olib kelishi mumkin. Yaʼni bola o‘z oqimida o‘zini e'tibordan chetda qolgan insondek tutib yolg‘iz qolishi tamaki,alkogol va boshqa yomon moddalarni qabul qilishni boshlashi mumkin. Oʻsmirlik davrining inqirozi haqida juda ko‘p olimlar nazariy qarashlar olib borgan: Biogenetik yoʻnalish vakillari S.Xall Z.Freyd bu inqiroz biologik shartlanganligi tufayli muqarrardir deb hisoblagan. Yana boshqa olimlar M. Med R. Benedekt oʻsmirlik inqirozi ijtimoiy munosabatlarning natijasidir deb hisoblaydilar. Baʼzida bolalarning o‘smirlik paytida injiq, qoʻrs boʻlib qolishiga ota-onalar ham sababchi deb oʻylayman. Ular bolalariga e'tibor bermaydi ular qiziqqan sohalariga o‘qishiga yoki shug‘ullanishga to‘sqinlik qilib o‘zlari tanlagan kasbini egallashini xohlashadi va boshqalarning farzandlari bilan taqqoslash ularni umuman o‘qishga va hech narsaga qiziqmaslikka olib keladi. Bu o‘smir o‘z kamchiligini o‘ylaydi va o‘zidan qoniqmasligi his paydo bo‘ladi natijada buni oqibati yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Shuni alohida ta'kidlash lozimki shaxsning ishtiyoqini qondirishga yo‘naltirilganligini aks ettiruvchi qiziqishning qondirilishi hech qachon uning soʼnishini ifodalamaydi, aksincha obyektning noma'lum qirralarini aniqlashga yordam beradi. Psixolog L.S.Vigotskiy o‘smir yoshi psixologiyasini “psixik rivojlanishdagi inqiroz” deb nomlaydi. Hozirgi davrda o‘smirlar oʻtmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Muhit omillarining yaxshilanishi akseleratsiyani kuchayishiga olib kelmoqda. Hozirda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq roʼy bermoqda. Xulosa qilib aytganda o‘smirning oiladagi mavqeining o‘zgarishi, maktabda o‘qishning yangi sharoiti, bolalarning ijtimoiy hayotida murakkab munosabatlar o‘rta yoshdagi o‘quvchilar oldiga ko‘pgina yangi talablar qo‘yadi va ularning butun psixik hayotida yangi qiyinchiliklar tug‘diradi. Avval mustahkam o‘rnashib qolgan ko‘nikma va malakalar yangi hayot kechirish tarziga ko‘p jihatdan mos kelavermaydi. Shuning uchun o‘smirlarning psixik jihatdan normal hayot kechirishi va o‘sishini ta’minlash uchun o‘smirlik yoshining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari e’tiborga olingan ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar qo‘llanilishi zarur.

Доказательный фрагмент

«Maqolada ontogenezda yosh davrlarining rivojlanishida o‘smirlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari, inqirozni yuzaga keltiruvchi sabablar va uning shaxs sifatida shakllanishidagi omillari haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ontogenezda yosh davrlarining rivojlanishida o‘smirlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari, inqirozni yuzaga keltiruvchi sabablar va uning shaxs sifatida shakllanishidagi omillari haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
кризис, онтогенез, puberty, crisis, психика, rivojlanish, inqiroz, разработка, psyche, development, ontogenez, psixika, половое созревание, balog‘at davri, ontogenesis
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники