К содержанию
РецензированоRU2024

СПЕЦИФИКА РАЗВИТИЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА ХАРАКТЕРИСТИКИ

Ro‘zimboyeva Maftuna Jo‘rabek qizi (Andijon davlat pedogogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishining o‘ziga xos xuxusiyatlari va bola hayotida tarbiya va ta’limning mazmuni, shaxsiy qobilyatlari haqida ma`lumot keltrilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim – tarbiya, rivojlanish, qobilyat, harakterlar, yosh davrlari, ilmiy tadqiqotlar. Maktabgacha yosh davri bolaning hayoti haqidagi ilk tasavvurlarini shakillantiradigan davri hisoblanadi. Bu davrda olingan har qanday bilim bolaning boshqa fanlarni o‘zlashtirishida katta ahamyat kasb etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga katta e’tibor berilmoqda. Kelajak avlodni tarbiyalashni maktabgacha ta’lim yoshdan boshlash kerakligi takidlanmoqda. Shuni ham aytish joizki bola tarbiyasini nafaqat maktabgacha yosh davridan balki, ona qornidan boshlash lozim. Barkamol avlodni tarbiyalash uchun avallambor ota- onalarning o‘zlari ma’naviyatli bo‘lmog‘i lozim. Bolalarni yosh davrlariga bo‘lishda bir qancha olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borgan. L. S. Vigotskiy, L. I. Bajovich, D. B. Elkonin, A. A. Lyublinskaya, A. V. Petrovskiy, o‘zbek psixolog olimlaridan: M.Sh. Rasulova, R. I. Sunnatova, va boshqa yosh davrlarini turli yosh bosqichlarida yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Endi Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishidagi o‘ziga xos xuxusiyatlariga to‘xtalb o‘tsak. Bolalarni rivojlanish yosh xususiyatlarini o‘rganishga yosh davrlariga katta e’tibor qaratishimz lozim. Ular quyidagi guruhlarga bo‘lingan: 2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari: Bu davrda bola o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi.1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o‘zgalar tomonida aytilgan so‘zlarni tushunish qobilyati jadal rivojlangan bo‘lsa, 2-3 yoshga kelib o‘zgalar nutqini farqlash jarayoni boshlanadi, bola musiqaga, badiiy so‘z tasiriga tez beriladi. Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she`rlar, aytish hamda raqsga tushushni o‘rgatish lozim. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o‘zaro muloqatga kirishish ko‘nikmalari shakillana boshlaydi. Anashu ko‘nikmalarni shakillanishiga va ularni malakalarga aylanishiga yo‘naltirmoq lozim. 3-4 yoshli bolalarni rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga qadam qo‘yganda jismoniy o‘sishi bir qadar shakillanadi. Bu davrda uning og‘irligi 14-15 kg bo‘yi 90- 95 smga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat o‘rganlari takomillashib boradi. 3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o‘z xatti- harakatlarini idora qilish, hisiyot hamda sensor idrok rivojlanib boradi. Jamoa bo‘lib o‘ynash ko‘nikmalari shakillanadi. O‘yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faolyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Yana: Tasviriy faoliyat, qurish- yasash faolyatlari ham shakillanadi. 3 yoshli bolalarning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlkanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi. Faraz qilish imkoniyatlatri vujudga keladi. 4-5 yoshli bolalarning rivojlanish xususuyatlari. Bola bu yoshga yetgach ,uning jismoniy o‘sishi bir muncha jadallashadi. Bu davr mobaynida bo‘yi 105-108 smga cha o‘sadi, og‘irligi esa18- 19 kg bo‘ladi. Bu davrda bolaning miyyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining faolyati takomillashib boradi. Bolalarda qiyoslash ko‘nikmasi shakillanadi. Bu yoshda bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo‘ladi. Bola juda serharakat, o‘yinqaroq o‘ta qiziquvchan bo‘ladi.Shuning uchun ham ularni to‘g‘ri ovqatlanish, o‘z vaqtida uxlash, salomatligini muhofaza qilish, quvnoq kayfiyatda bo‘lishini ta’minlash muhim ahamyatga ega. 5-6 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari. Bu davrda uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og‘irligi 20-22 kg tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning to‘g‘ri o‘sishini ta’minlashga Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 586 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. alohida e’tibor berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo‘ladi. 6 yoshga yetganda miya po‘stlog‘ining asab kataklari rivojlanin og‘irligi va tashqi o‘rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash ko‘nikmalarini rivojlantirish lozim. Dastlabgi iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi.Bolaning faraz qilish qobilyatini rivojlanishiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. 6-7 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari. Bola hayotining yettinchi yillarida undagi harakatlar ko‘lami kengayadi. 6-7 yoshli bolalar o‘zini idora qilish va o‘z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘la boshlaydi. Bu yoshdagi o‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat ko‘rsatish,tashabbu

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishining o‘ziga xos xuxusiyatlari va bola hayotida tarbiya va ta’limning mazmuni, shaxsiy qobilyatlari haqida ma`lumot keltrilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishining o‘ziga xos xuxusiyatlari va bola hayotida tarbiya va ta’limning mazmuni, shaxsiy qobilyatlari haqida ma`lumot keltrilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education - upbringing, rivojlanish, harakterlar, qobilyat, образование - воспитание, development, разработка, ability, способность, characters, возрастные периоды, yosh davrlari, ta’lim – tarbiya, персонажи
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники