К содержанию
РецензированоRU2024

ВЛИЯНИЕ КОНФЛИКТНЫХ СИТУАЦИЙ В СЕМЬЕ НА ПСИХОЛОГИЮ ДЕТСТВА

Abdulmadjidova Mahdiyona Dilmurodjon qizi · ADPI -bosqich talabasi Ro‘ziyeva Nozima

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Maqolada bugungi kundagi oilalarda turli nizoli vaziyatlarning o‘sib, shakllanib kelayotgan bolalarning psixikasiga salbiy ta’siri haqida so‘z boradi. Bugungi kunda ajrimlarning ko‘paygani yoshlarni oila haqidagi tasavvurlarining to‘la shakllanmagani oilaning muqaddas ekani, farzand uning taqdiri haqida ota-ona birdek javobgarligi er-xotin birdek Kalit so‘z: nizo, psixika, rivojlanish, ontogenez, to‘liq noto‘liq oila, ruhiy tarbiya, bola “men”i. “Eng katta baxt, men buni ming marta qaytarishdan charchamayman , oilamiz tinch bo‘lsin! Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi. O‘sha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyyat qilayotganimiz kabi ko‘rish hammamizga nasib etsin”. Shavkat Mirziyoyev Darhaqiqat , oila bu vatandir , unda kelajak avlod uchun yetuk farzandlarni tarbiyalash esa eng oliy burch. Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilalalarning , oilalar mustahkamligining o‘rni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir hujayraning sog‘lomligiga bog‘liq bo‘lganidek, butun organizm o‘z faoliyatini maqsadga muvoffiq ravishda amalga oshirishda har bir hujayraning munosib o‘rni bo‘lganidek , oila ham davlat, jamiyat deb atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi hujayradir. Har bir oilaning sog‘lom bo‘lishi ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, mana hsu muhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib, so‘ng o‘zi yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida o‘z davlatining iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini taminlovchi, hal qiluvchi omil bo‘lgan inson kamolotida oilaning tutgan o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston Respublikasining yangi oila kodeksi Oliy majlisning 1998-yil 30- apreldagi Qarori qabul qilindi va 1998-yil 1-sentabrdan amalga kiritildi.[1.-102-103b]. Oilani turlicha tasniflashimiz mumkin . Misol uchun ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra oila turlar : 1) Xizmatchilar oilasi 2) Dehqonlar oilasi 3) Aralash tipdagi oila 4) Ziyolilar oilasi 5) Ishchilar oilasi Oilaning to‘liqligiga ko‘ra turlari: 1) To‘liq oila 2) Noto‘liq oila 3) Qayta tuzilgan oila(ikkinchi nikoh) Oilaning bo‘g‘inlar soniga ko‘ra turlari: 1) Nuklear oila – Ota-onalar va bolalardan iborat bo‘lgan oila 2) Kop bo‘g‘inli oila – Ikki va undan ortiq avloddan iborat birga yashovchi oila a’zolar Oilaning bolalar soniga ko‘ra turlari: 1) Farzandsiz oilalar 2) Bir bolali oilalar 3) Ikki bolali oilalar 4) 3-4 bolali oilalar 5) 5 va undan ortiq bolali oilalar[2.42-b]. Yuqorida ko‘rib o‘tgan jarayonlarning hammasi oilaning turlaridir. Hozirgi kunda ham oilalalr aynan mana shu faoliyatlar bilan turlanadi yani bir biridan farqlanadi.Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan oilaning to‘liqligiga ko‘ra turi , ya’ni to‘liq , noto‘liq hamda qayta tuzilgan oila (ikkinchi nikoh) holatlari bola psixikasiga o‘z tasirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Shuning uchun Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 588 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. ham bugungi kunda to‘liq oila turiga kiruvchi oilalar sonini ko‘paytirishimiz va yoshlarimizni kelajakda vatanparvarlik ruhida tarbiyalshimiz joizdir. Shu bilan birgalikda oilaning bir qancha vazifalari ham mavjud. Bular: 1) Iqtisodiy; 2) Reproduktiv; 3) Tarbiyaviy; 4) Rekreaktiv; 5) Kommunikativ; 6) Regulyativ(boshqaruv); 7) Feliotsitologik [2.48-b]. Shularning ichidan biz ko‘rib chiqadigon vazifa - bu tarbiyaviy vazifadir. Bolaning aqliy , jismoniy , axloqiy , estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan , balki uning so‘nggi g‘ishti qo‘yilgungacha javobgardir. Ota-ona - san’atkor , bola – san’at asari tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir. Oilaning tarbiyaviy vazifasi yo‘nalishlari: 1) Aqliy tarbiya 2) Jismoniy tarbiya 3) Axloqiy tarbiya 4) Madaniy tarbiya 5) Diniy tarbiya 6) Miliy urf – odatlarimizga asoslangan tarbiya 7) Jamiyatning siyosiy-g‘oyaviy dunyoqarashi shakllangan komil fauqarosin tarbiyalash 8) Komil inson tarbiyasi 9) Milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiya 10) Estetik tarbiya 11) Ma’naviy tarbiya [2.53-b]. Oilada aynan shunday ta’lim tarbiya takomillashgan bo‘lishi kerak. Chunki bularning barchasi bola psixikasiga tasir etuvchi omillar hisoblanadi. Buni biz quyidagi jumlalardan ham bilsak bo‘ladi : “ Oila va maktab tomonidan amalga oshiriladigon ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsning shakllanishida muxim ahamiyatga ega. Uzoq muddat davomida beriladigon ijtimoiy ta’lim tarbiya bolaning butun psixik taraqqiyotiga , unda shaxsiy psixologik hislatlarning tarkib topishiga ta’sir qilmay qolmaydi”[4.76-b]. Afsuski bunday omillardan tashqari salbiy xususiyatga ega bo‘lgan omillar ham mavjud. Agar oilada tarbiyaviy muhit rivojlanmasa shundagina salbiy muhit vujudga keladi. Bu albatta oiladagi tarbiyaviy ahamiyatning yaxshi emasligi , ya’ni ota-onaning bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishin

Доказательный фрагмент

«Maqolada bugungi kundagi oilalarda turli nizoli vaziyatlarning o‘sib, shakllanib kelayotgan bolalarning psixikasiga salbiy ta’siri haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada bugungi kundagi oilalarda turli nizoli vaziyatlarning o‘sib, shakllanib kelayotgan bolalarning psixikasiga salbiy ta’siri haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
completely wrong family, спор, онтогенез, rivojlanish, психика, to‘liq noto‘liq oila, dispute, разработка, development, psyche, nizo, совершенно неправильная семья, psixika, ontogenez, ontogenesis
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники