Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРИНЦИП ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИНФОРМАЦИОННО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ НАПРАВЛЕНИЯ И МЕТОДЫ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
Turdiуеvа Muhаууо Sохibjоn qizi · ADPI talabasi Ma’rufjonov Muhammadali
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Maqola axborot texnologiyalari sohasidagi xavfsizlik muammolarini tahlil qiladi va ularning psixologik ta’sirini ko‘rsatadi. Axborot xavfsizligi sohasidagi asosiy faoliyat yo‘nalishlarini, ularning oziga xos xususiyatlarini, xavfsizlikni ta’minlashda muhim bolgan uslublar va ulardan foydalanishning afzalliklarini ta`riflaydi. Kalit so‘zlar: Axborot, xavfsizlik, global, aloqa, boshqaruv, kompyuter, axborotlashgan jamiyat. «Axborot» tushunchasi bugungi kunda global mohiyat kasb etmoqda. U inson tafakkuriga turli yo‘nalishlarda ta`sir o‘tkazuvchi, yaxlit insoniyat hayotini va taqdirini u yoki bu tomonga burib yuboruvchi, goh salbiy goh ijobiy mohiyat kasb etuvchi qudratli vositaga aylandi. Aslini olganda axborot tushunchasi dunyoqarashni ifodalaydigan barcha bilimlar sohasida qadimdan mavjud bo‘lgan. Kibernetikaning kelib chiqishi va rivojlanishi bu tushunchani «aloqa» va «boshqaruv» tushunchalari bilan birga keng qo‘llanilishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda axborotlarni hosil qilish, qayta ishlash, saqlash, ko‘paytirish va tarqatish alohida ilmiy sohani - informatika sohasini tashkil etadi. Bu lotinchada tanishtirish, tushuntirish, sharq tillarida esa xabar, axborot ma`nosini bildiradi. Axborot sohasining tez sur`atlar bilan o‘sishi, uni avtomatlashtirish usullarining shiddat bilan rivojlantirilishi kompyuterlarning yaratilishiga va kishilik hayotining turli sohalarini kompyuterlashtirishga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida bugungi kunda g`oyatda tezkorlik bilan o‘sib borayotgan «Axborotli jamiyat» nazariyasini maydonga keltirdi. Kompyuterlashtirilgan dunyo, yalpi axborotlashtirilgan global tizimning vujudga kelishi millatlar, xalqlar va butun insoniyat taqdirini bir-biriga bog`lab qo‘ydi. Axborot olish, uni ishlash, saqlash va tarqatish texnologiyasining tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajadagi taraqqiyoti bugun jiddiy tashvishlar tug`dirmoqda. Chunki hozirgi zamon komp’yuterlarining eng so‘nggi avlodi har birining protsessorida 80-100 million tranzistor bo‘lib, har soniyada ikki milliardgacha vazifani bajara oladi. Axborot texnologiyasining ana shunday mo‘`jizasi tufayli xohlagan kishi Er yuzining xohlagan nuqtasidagi odam bilan soniyalarda aloqa o‘rnatishi, muammoni lahzalarda hal etishi mumkin. Ana shu holatning o‘zi inson faoliyatini, tafakkur tarzini, axloqiy me`yorlarini, olamga munosabatlarini, yaxlit olganda esa yangi yuz yillikdagi insoniyat hayoti va taqdirini ifoda etadi. Boshqacha qilib aytganda, XXI asr tsivilizatsiyasi axborot xuruji, informatsion-psixologik urush qiyofasida o‘zini namoyon etmoqda. Insoniyatning kelajakdagi taqdiri va istiqboli xususida o‘ylar ekanmiz, axborot texnologiyasi mohiyati, uning taraqqiyoti, inson va insoniyat hayotiga ta`sir o‘tkazishi omillarini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Bular quyidagilarda ko‘rinadi: Birinchidan, inson faoliyatini maqsadga muvofiq holda yo‘lga quyish, yo‘naltirish. Umummanfaat atrofida birlashtirish, jamoa va jamiyat ishiga daxldorlik tuyg`usini shakllantirish, insoniyat hayotini saqlashda mas`ullik, uning taqdiriga taqdirdoshlik hissini shakllantirish. Ikkinchidan, turli fe`l-atvorga, tabiatga ega bo‘lgan, o‘z manfaati ustuvorligiga intilayotgan siyosiy sub`ektlar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta`minlash. Urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga o‘tish, davlatlararo va mintaqalararo munosabatlarda bir-biridan qochish emas, bir- biriga intilish kayfiyatini yaratish, jahon muammolarini hal etishda sog`lom g`oyalarga tan berish ruhiyatini shakllantirish. Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti cheksiz darajada rivojlanayotgan bir paytda uning keng imkoniyatlarini umumiy taraqqiyot yo‘liga safarbar etish kayfiyatining ustuvorligini ta`minlash. Aks xolda g`ayriaxloqiy va g`ayriinsoniy kayfiyatdagi fuqaro qudratli texnologiyalarni jamiyat taraqqiyotiga zid bo‘lgan g`oyat xatarli maqsadni amalga oshirishga ishlatishi mumkin. Bu, ayniqsa, Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 565 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. xalqaro terrorizm, narkobiznes, diniy eksterimizm singari global fojealarni boshqarishda, davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni chalkashtirishda, bank, moliya-irodit tizimini izdan chiqarishda qo‘l keladi. To‘rtinchidan, axborot texnologiyasining beqiyos imkoniyatlarini, ulkan qudratini to‘la-tukis inson hayotiga tadbiq etish, inson taqdiriga xizmat qildirishni ta`minlaydigan eng zamonaviy va samarali boshqaruv mexanizmini iqtisodiy, ijtimoiy, ma`naviy, ruhiy va siyosiy sohalarda yuksak madaniyat bilan unumli foydalanish asosida tashkil etish. Tig`iz axborotlashgan jamiyatda «shaxs-jamiyat-davlat» aloqadorligi, ularning o‘zaro uzviyligi va yaxlitligini ta`minlash bir muncha qiyinlashadi. CHunki axborot oqimi tezlashgani va axborotlar girdorbida yashash kabi murakkab, ziddiyatli vaziyatning yuzaga kelishi bevosita shaxs tafakkurining, inson dunyoqarashining ke
Доказательный фрагмент
«Maqola axborot texnologiyalari sohasidagi xavfsizlik muammolarini tahlil qiladi va ularning psixologik ta’sirini ko‘rsatadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqola axborot texnologiyalari sohasidagi xavfsizlik muammolarini tahlil qiladi va ularning psixologik ta’sirini ko‘rsatadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Information, kompyuter, xavfsizlik, Глобальный, information society., управление, контакт, aloqa, компьютер, contact, Информация, информационное общество., safety, computer, global, boshqaruv, axborotlashgan jamiyat, Axborot, безопасность, management
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026