Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОЦИАЛЬНО-ЭТНОПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ АДАПТАЦИЯ ЖЕНЩИН В СЕМЬЕ ПРОЦЕССЫ.
Soyibjonova Muhlisaxon Azizbek qizi
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ayolning – xotin-qizlarning jamiyat va oilada tutgan maqomlarining o‘zgarib borayotganligi, ular malakalarining oshib borayotganligi va kasb-hunar, lavozim pog‘onalarida erkaklardan qolishmaslikka intilayotganligi bilan izohlanadi. Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, intellektual, ishbilarmonlik salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashish hamda tashabbuslarini rag`batlantirishga qaratilgan sa`y-harakatlar opa-singillarimizning oila va jamiyatdagi mavqei yuksalib borishiga zamin yaratmoqda. Har bir qiz turmushga chiqar ekan yangi oila ostonasiga ulkan orzu-umidlar bilan qadam qo‘yadi. U misoli bir navnihol. Kelinchakni oilada nafaqat turmush o‘rtog`i, balki qaynona va shu oilaning boshqa a`zolari ham do‘stona qo‘llab-quvvatlashi zarur. Kalit so‘zlar: Xotin-qizlarning ijtimoiylashuvi, ayollar faolligi, oilaga moslashuv, temprament, yosh oila. Barkamol avlod tarbiyasida xotin-qizlarning ijtimoiylashuv muammolari ijobiy hal etilishi nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning yechimini topishda, balki yangi jamiyat quruvchilarni tarbiyalash ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirish va amalga oshirish borasida ham ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli bugungi kunda inson, shaxs muammosi jamiyat miqyosida ham, ijtimoiy- gumanitar fanlar sohasida ham eng dolzarb masalalar darajasiga ko‘tarildi.Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish ko‘p qirrali, murakkab hodisa bo‘lib, bu ularning ijtimoiylashuv jarayoni bilan bog‘liq boʻlgan muhim va o‘ziga xos jihatlardan biridir. Tabiiyki, muammoning nafaqat mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish konsepsiyasi orqali o‘rganilishi, balki yangi ma’naviy-axloqiy tamoyillar, yangi innovatsion texnologiyalar va jarayonlar orqali o‘rganilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jamiyat hayotida xotin-qizlar va ularning ijtimoiy faoliyati haqidagi qarashlar va ta’limotlar G‘arb hamda Sharq falsafiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. Xotin-qizlarning ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri ular faoliyat yuritayotgan mehnat jamoasidagi boshqaruvning qanday xarakterga egaligi bo‘lib bu, asosan, rahbarlarning boshqaruv madaniyati, usul va vositalariga bog‘liq bo‘ladi. Rahbar mehnat jamoasidagi muhitni qanchalik erkinlashtirsa, ayollarimizning nozik jins vakillari ekanligini his qilib tursa va ular faoliyatini modernizatsiyalashga oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlasa, ularni amalga oshirishda o‘rnak ko‘rsata olsa, ayollarning jamoadagi faolligiga ta’sir qila oladi va bu o‘z-o‘zidan ularning siyosiy faolligini yanada oshishiga turtki bo‘ladi. Ayollar faolligini oshirishda ruhiy holat muhim rol o‘ynaydi. Agar ayollar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda faoliyatni amalga oshirish uchun ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmasa ular o‘rtasida olib borilayotgan tadbirlar o‘zining kutilgan natijasini bermaydi. Shunga ko‘ra, ayollar faolligi quyidagi mezonlar bilan belgilanadi: -dunyoqarashni boyituvchi va mutaxassislik bilimlariga ega bo‘lish; -ma’naviy-ijtimoiy munosabatlarda faol ishtirok etish; -ma’naviy faoliyatning ko‘lami va mazmuni: -ma’naviy-ijtimoiy vaziyatlarni baholay olish; -ma’naviy-ijtimoiy faoliyatni tashkil etishda onglilik, g‘oyaviylik, vatanparvarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, insonparvarlik, baynalminallik, ishchanlik, tezkorlik, erkin fikr yuritish, ijodkorlik, ma’suliyatni his etish kabi xislatlarni namoyon etish va boshqalar. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “har qaysi oilada go‘zallik va nafosat, mehr-muhabbat timsoli, xonadonlarimiz osoyishtaligining posboni bo‘lmish, bir so‘z bilan aytganda, oilani oilaga, jamiyatimizni jamiyatga aylantiradigan ayol zotiga qancha tasannolar aytsak, qancha ta’zim etsak, baribir, barchamiz o‘zimizni ular oldida doimo qarzdor deb his qilamiz. Inson oila qurar ekan ahil- inoq yashab, murod-maqsadga yetishishni orzu qiladi, nikoh arafasida barcha yaqin birodarla r, qarindosh - urug‘lar, to‘yga taklif buyurgan mehmonlar yoshlarga ezgu niyatlar bildiradilar. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 600 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Shuningdek, yoshlar oila qurish arafasida va nikohlarining dastlabki kunlarida turmush oʻrtogʻining timsolida, o ‘zining shu orzu-istaklariga, murod -maqsadlariga yetishishda yordam beruvchi, uni qo‘lab - quvvatlovchi, uni har soniya, har onda tushunuvchi o ‘z tabiatiga yaqin odamini tasavvur qiladi va unga imkon qadar shunday ijobiy, iliq munosabatda bo‘lishga harakat qiladi. Biroq hayotda, ayniqsa, oilaviy hayotda hamma narsa ham odam kutganidayin bo‘lavermaydi. Oilaviy hayotning o ‘ziga yarasha notekisliklari, past –balandliklari, murakkabliklari, muammolari bo‘ladi. Shunday murakkabliklardan biri yosh er - xotinning yangi ijtimoiy statusga, mavqega : er, kuyov uylangan oilali yigit, xotin, ke
Доказательный фрагмент
«Ayolning – xotin-qizlarning jamiyat va oilada tutgan maqomlarining o‘zgarib borayotganligi, ular malakalarining oshib borayotganligi va kasb-hunar, lavozim pog‘onalarida erkaklardan qolishmaslikka intilayotganligi bil…»
Образец извлечения
Демо-превьюAyolning – xotin-qizlarning jamiyat va oilada tutgan maqomlarining o‘zgarib borayotganligi, ular malakalarining oshib borayotganligi va kasb-hunar, lavozim pog‘onalarida erkaklardan qolishmaslikka intilayotganligi bil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- семейная адаптация, oilaga moslashuv, Xotin-qizlarning ijtimoiylashuvi, ayollar faolligi, family adjustment, темперамент, young family, temperament, женский активизм, молодая семья, Социализация женщин, yosh oila, temprament, women's activism, Socialization of women
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026