Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ВЛИЯНИЕ И ПОСЛЕДСТВИЯ ОБЩЕСТВЕННОЙ ИНФОРМАЦИИ НА ДЕТЕЙ
Toshqulova Ozoda
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Bolaning psixik rivojlanishi qanday bo‘ladi, u qanday shakllanadi va unga ta’sir etuvchi omillar nimalardan iborat degan muammo juda qadim zamonlardan beri psixolog va pedagoglarning diqqatini jalb etib kelmoqda. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy masalasi bola psixik taraqqiyotini o‘rganishdan iborat ekan, bu masalani hal qilishda, uni tushuntirib berishda turli xil qarashlarni o‘rganish, tahlil qilish muhimdir.Bolalarning ommaviy axborot vositalaridan ko‘p foydalanishi, ularni turli xil kasallikka chaqiradi. Kalit so‘zlar .Bolalar psixologiyasi, xotira, diqqat, atrof-muhit, oila, o‘yinlar,teleko‘rsatuvlar, ommaviy axborot vositalari, ota-ona, multfilm, o‘yinchoqlar. Bolalar psixikasini taraqqiy etishini tushuntirib berishga uringan ilk nazariya “Bola katta yoshli kishining kichik nusxasi” degan fikr bilan ta’riflanadi. Bu nazariya tarafdorlari bola sifat e’tibori bilan katta yoshli kishidan hech bir farq qilmaydi. Bola bo‘yi, shuningdek tasavvurlari, xotirasi, diqqati, tafakkuri va boshqa jarayonlaridan anchayin kichkina bo‘lgan katta yoshli kishilardir deb ko‘rsatishga urinadir. Lekin bola psixikasining sifat jihatidan o‘ziga xosligini tushuntirib bera olmaydilar va taraqqiyotning asosiy sabablarini yoritib bera olmaydilar.XVII asrdan boshlab falsafiy va psixologik yo‘nalishlarda bolaning taraqqiyoti haqida kurash boradi: psixologik yo‘nalish tarafdorlari psixik taraqqiyot butunlay muhitga va turmush tajribasiga bog‘liq deydilar. Xo‘sh odam psixikasi va xatti harakatlarida bor bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarni nima bog‘laydi –tabiiy, tug‘ma xususiyatlarmi yoki hayot davomida orttirgan xususiyatlarmi? degan muammoda turlicha qarashlar maydonga keldi .Bolalar psixologiyasi qobiliyatlarning taraqqiyotini tevarak –atrofdagi muhitning ta’siri bilan tushuntirishga asoslana boshladi. O‘yinlar, o‘yinchoqlar, multfilmlar, ko‘rsatuvlar, kiyimlar, o‘quv qurollari, uy anjomlari o‘zida axborot saqlovchi psixologik omillar bo‘lib, kundalik hayotda har bir inson va ayniqsa, farzandlar duch kelayotgan real voqelik bilan chambarchas bog‘liqdir.Bugungi kunda, bola informatsion oqimlar ta’sirida o‘sayotgan davrda ota-onalar, mahsulot ishlab chiqaruvchilar hamda keng jamoatchilik oldida muhim masala turibdi. Ya’ni“Biz bolalarga qanday kiyimlar xarid qilyapmiz?”, “Qaysi multfilmlarni tomosha qilyapti?”, “Qanday uy jihozlari, o‘qish qurollarini xarid qilib beryapmiz?”. Bu kabi savollarga o‘z vaqtida javob olinmasa, keyinchalik: “Farzandimiz nima uchun urishqoq, bemehr?,“Farzandim o‘zgarib qolyapti...”, “Ilgari bunday emas edi-ku...”, “G‘alati harakatlar qilyapti...” degan ikkilamchi fikrlar yuzaga kelishi mumkin.Quyida “Oila” markazi tomonidan olib borilayotgan “Bolalarni ularning sog‘lig‘i va axloqiga zarar yetkazuvchi ma’lumotlardan himoya qilish” nomli tadqiqotning xorijiy amaliyotni o‘rganish natijalarini sizga havola etamiz. Xulosa esa o‘zingizdan. Amerikalik psixologlarning ta’kidlashicha, teleko‘rsatuv va multfilmlarni ortiqcha ko‘rish bolada hadik va hayajonni yuzaga keltiradi. Bolani shaxs sifatida rivojlanishini, ayniqsa, mustaqil fikrlash qobiliyatini tormozlaydi. Bolalar eng ta’sirchan va himoyalanmagan tomoshabin bo‘lib, agar ota-onalar 9 oylik bolani o‘zlari bilan bo‘ladigan jonli muloqotni televizor bilan bo‘ladigan muloqotga almashtirishsa, 20% bolada rivojlanish ortda qolar ekan. Agar teleko‘rsatuvlarni ko‘rish shu tarzda davom etaversa, 3 yoshga yetganda rivojlanishda o‘z tengdoshlariga nisbatan 1 yilga ortda qolib ketar ekan. Bundan tashqari, 12 yoshga borganda bolalar televizor orqali 100 mingta zo‘ravonlik va qotilliklar guvohiga aylanib qolar ekan. Shuningdek, psixologik kuzatuvlardan ko‘rinadiki, hozirgi davrda 4 yoshdagi bolalarning 25 %ida nutqida nuqsonlar kuzatilmoqda. Taqqoslash uchun ushbu faktga murojaat qilish o‘rinli: 20-asrning 70-yillarida nutqida nuqson shu yoshdagi bolalarning faqatgina 4 %ida kuzatilgan ekan. Mashhur kanadalik psixolog A.Bandura ommaviy axborot vositalarini inson shaxsiga ta’sirini tadqiq etgan. Tajribada 3-7-yosh bolalar ishtirok etishgan, ularga katta odam tomonidan qo‘g‘irchoqqa negativ munosabatni ifoda etilgan qisqa metrajli multfilmlar ko‘rsatilgan. Multfilmni ko‘rib bo‘lgach, bolalarga 10-20 minut o‘ynash imkoniyati berilgan. Eng e’tiborli tomoni shundaki, bolalarning aksariyat qismi aktyor tomonidan ko‘rsatilgan film lavhasidagi agressiyani takrorlashga harakat qilganligi kuzatildi. Chunki u ko‘rgan multfilmidagi qahramon obraziga o‘zini qo‘yib idrok Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 606 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. etadi. O‘zini multfilm qahramoni bilan taqqoslash va andoza olish orqali u yaxshi yoki yomon illatlarni o‘ziga singdiradi. Uning fikriga ko‘ra, g‘arb kinomahsulotlari tufayli juda ko‘p bolalar johil, urushqoq, qahri qattiq bo‘lib qolayotganligi va normal insoniy
Доказательный фрагмент
«Bolaning psixik rivojlanishi qanday bo‘ladi, u qanday shakllanadi va unga ta’sir etuvchi omillar nimalardan iborat degan muammo juda qadim zamonlardan beri psixolog va pedagoglarning diqqatini jalb etib kelmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюBolaning psixik rivojlanishi qanday bo‘ladi, u qanday shakllanadi va unga ta’sir etuvchi omillar nimalardan iborat degan muammo juda qadim zamonlardan beri psixolog va pedagoglarning diqqatini jalb etib kelmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- внимание, Память, atrof-muhit, xotira, family, oila, Bolalar psixologiyasi, attention, окружающая среда, the environment, Child psychology, memory, diqqat, Детская психология, семья
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014