К содержанию
РецензированоRU2024

ПОЗНАВАТЕЛЬНЫЕ ПРОЦЕССЫ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНИКА ФОРМИРОВАНИЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ПОДГОТОВКА К ШКОЛЕ

Turdaliyeva Gulira’no Latibjon qizi (Andijon Davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada bolalarning xotirasini psixologik o‘yinlar yordamida rivojlantirish haqida söz yuritildi. Va bu o‘yinlarni bevosita ota - onalar o‘z farzandlari bilan o‘tkazishi va ota - onalarda psixologik bilimlarni shakllantirish haqida fikrlar baham korildi Kalit so‘zlar:maktabgacha ta`lim, psixologik tayyorlash, bolalarni bilish jarayonlari. Xozirgi ilm-fan asri bo‘lgan globallashuv asrida yashayotgan ekanmiz biz zamon bilan hamnafas rivojlanishimiz, intilishimiz kerak. Albatta Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev aytganidek “Najot ta’limda, najot tarbiyada najot bilimda”. Vatan taqdirini yoshlar hal qilishi bugungi kunda barchamizga birdek ayondir. Va albatta, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bejiz emas. Yangi O‘zbekistonning kelajagi uchun komil insonlar tarbiyalash dolzarb masala bolib qoldi. Zero, berinchi prezidentimiz I. A. Karimov shunday deb takidlagan: “Komil inson deganda biz, avvallo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq- atvori bilan ibrat bo‘la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Bunday kishilarni tarbiyalash uchun albatta pedagoglar ham balki ota-onalar ham birdek mas’uldir. Agar ota onalar farzandiga psixologik aqliy yordam bera olsalar bu farzand albatta yuqori marralarga erishadi. Barchamiz aqliy, jismoniy manan so‘zlarni tushunamiz lekin nima uchun psixologik yordam deb o‘ylashimiz mumkin. Ota - ona farzandiga qanday qilib psixologik yordam beradi ? Albatta yordam beradi. Agar biz ota-onalarning psixologik saviyani oshirsak, ularda oddiy o‘yin orqali ham farzandining xotirasi, diqqati, tafakkuri va fikrlash doirasini rivojlantirish mumkin ekanligini tushuntira olsak, demakki ota-onalar o‘z farzandi onggining rivojlanishiga katta yordam bera oladi. Psixoprofilaktika va psixologigiyenani biz albatta oiladan boshlashimiz darkor. Xo‘sh ular o‘zi nima? Psixoprofilaktika - ruhiy kasalliklar va buzilishlarning yuzaga kelishiga omil bo‘lgan sabablarni o‘rganish ularni o‘z vaqtida bartaraf etish. Psixogigiyena - odam ruhiy salomatligini saqlash va mustahkamlashtirishdir. Agar ota - onalar ozgina bo‘lsada farzandlari ruhiyatiga e’tibor berslalar nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi. Chunki ruhiyatan sog‘lom bola ham aqlan ham ma’nan yetuk bo‘ladi. Buning uchun ota - onlalardan katta narsa ta’lab qilinmaydi. Oddiy o‘yinlar orqali ham bolalarning xotirasini, diqqatini, umuman olganda ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlarini rivojlantirish mumkin hisoblanadi. Quyida biz bola xotirasini rivojlantiruvchi psixologik o‘yinlar bilan tanishishdan avval xotira haqida to‘xtalib o‘tsak. Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni elash yoki xotirlash jarayonidir. Ko‘pgina adabiyotlarda xotira tushunchasiga shunday ta’rif beriladi. Individning o‘z tajribasida eslab qolishi, esda saqlashi va uni esga tushirishi xotira deb ataladi. Xotiraga taniqli olim, professor E. Soziyer shunday ta’rif bergan “Xotira atrof- muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravaishda, passiv va faol holda reproduktiv va produktiv tarzda verbal va noverbal shaklda mantiqiy va mexanik yo‘l bilan aks etiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esgatushirish va unutishdan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo‘naltirilgan mnemik faoliyatdir. Demak, xotira juda keng qamrovli jarayon. Kishinining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Agar bola biror narsaga qiziqsa uni juda yaxshi xotiralaydi. Agar qiziqmasa esda saqlashi ham yomon boladi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldiradi, uzoq yodda qoladi. samarali xotira kishining iroda sifatlariga bog‘liq. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 610 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Irodasiz, dangasa kishilar han doim yuzaki yomon xotirlaydi. Irodali kishilar esa puxta va chuqur yodda saylaydilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, fikrlash qobiliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Demak biz farzandimizning xotirasini rivojlantirsak uni har tomonlama rivojlantirgan bo‘lamiz. Figuralarni ta'nib ol o‘yini " O‘yin maqsadi bolalardo diqqat, xotira, tahlil qilish qobiliyatini, mayda matorikani rivojlantirishga qaratilgan. Bolalar rang va shakliga qarab figuralarni ajratishlari kerak. 16 ta turli rangdagi geometrik shakllar aralashtiriladi. Bolalar ularni ma’lum vaqt davomida rangi qarab ajratadilar “O‘zing top" Birorta gazeta yoki jurnalni olib, undagi matndan biror harf, masalan A yoki B ni o‘chirishini topshiring. U duch kelgan joydan emas, o‘chirish jarayonini qatorma qator qilsin. Bu bolada tezkorlikni rivojlantiradi. “O‘nta sózni eslab qol" o‘yini Ushbu o‘yin bolalarning so‘z boyligini oshirish, ularning

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalarning xotirasini psixologik o‘yinlar yordamida rivojlantirish haqida söz yuritildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalarning xotirasini psixologik o‘yinlar yordamida rivojlantirish haqida söz yuritildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
психологический тренинг, cognitive processes of children, psixologik tayyorlash, дошкольное образование, preschool education, maktabgacha ta`lim, bolalarni bilish jarayonlari, познавательные процессы детей, psychological training
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники