Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПОВЕДЕНИЕ ВО ВЗРОСЛЫЙ ПЕРИОД – ИЗМЕНЕНИЯ В ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЕ
ADPI Urayimjonova O‘lmasxon
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada yetuklik davrida sodir bo‘ladigan ijtimoiy o‘zgarishlar, organizmdagi fiziologik holatlar, bilish jarayonlarining o‘zgarib turishi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: akne, psixika, akmeologiya, inqiroz, bilish jarayonlari. Ma’lumki, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiqot etishga mo‘ljallangan fanlardan biri psixologiya hisoblanadi. Psixologik bilimlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tadbiq etish ko‘lami kengayib borishi uning mas’uliyati va nufuzi ortayotganidan dalolat beradi. Xudi shu bois psixolog mutaxasislarga nisbatan ijtimoiy buyurtmlarning ko‘payishi ularning hozirgi zamon talabiga javob beradigan darajada tayyorlashni taqozo etmoqda. Istiqlol sharofati tufayli ilmiy yondashuvlar oldingi metadologik muommolarga xolisona munosabatda bo‘lish imkoni vujudga keladi.Shu munosabati bilan bugungi kunda yurtimizda psixologik ilmiy izlanishhlar kun sayin jadallik bilan olib borilmoqda. Xususan biz bugun so‘z yuritadigan yetuklik davri haqida ham ko‘lab ilmiy tadqiqotlar mavjud. Yetuklik davri ancha murakkab davrdir, bu davrda shaxs ham jismoniy, ijtimoiy jihatdan yetuklikka yetgan, jamiyat fuqarosi hamda saylash huquqini qo‘lga kiritgan boʻladi. Bu davrda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g‘alabalar yoki muvaffaqiyatsizlar kishining ruhiy dunyoqarashiga qattiq ta'sir etadi.Natijada unda takabburlik, mag‘rurlik, jahldorlik, asabiylik paydo bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida yosh o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lib hozirgi zamon kishilarining o‘rtacha umr ko‘rishi XX-asr boshlaridagiga nisbatan, qariyb bir yarim ikki marta o‘zgarganini o‘z ifodasini topgan. Qadimgi greklar yetuklik davrini "akne" deb atashgan, cho‘qqi, oliy bosqich, gullagan davr degan ma'nolarni anglatadi.[1.118b] A. Nafar. Ribnikov "1920 - yillarda katta odamlarning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadigan yosh psixologiyasi sohasini akmeologiya"[1. 117b] deb atagan. Bu gʻoya soʻnggi 10 yillikda akmeologiyaning insonni yetuklik davridagi rivojlanish qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganadigan mustaqil, ilmiy fanga aylanishiga sabab bo‘ldi. Yetuklik davri asosan, uch bosqichda namoyon boʻladi. 1-bosqich: Ilk yetuklik davri 2- bosqich: O‘rta yetuklik davri 3- bosqich: keksalik davri Ilk yetuklik ya'ni yoshlik davri 23 - 28 yoshlardan iborat boʻlib, bu davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iborat. Yoshlik davri insonning kuch - quvvatga, orzu - havasga, ijodiy rejalarga, izlash va izlanishlarga, aqliy imkoniyatlarga boy davridir. Yoshlik davrida yigit - qizlar kamolotiga 3 ta muhim psixologik mexanizm ta'sir ko‘rsatadi: 1) mehnat jamoasi; 2)oila muhiti; 3)ulfatlar davrasi; Bu jarayonlar ya'ni yoshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvi, ijtimoiy faoliyatga kirishishini eng yuqori cho‘qissi 25 yosh deb belgilanadi.[2.199b] Olimimiz V.Shevuk ham bu yosh bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tkan. Ilk yetuklik ya'ni yoshlik bosqichida yoshlar asosan, saylov huquqiga ega boʻlishi, to‘liq huquqiy va iqtisodiy javobgarligi, ijtimoiy faollikning barcha turlari bilan shugʻullanish imkonitlari paydo boʻladi. Bu bosqichda hayotiy muhim qarorlar qabul qilinadi, kasbiy taʼlim olish tugab, kasbiy faoliyat egallanadi, muloqot doirasi shakllanadi. Dastlabki inqiroz ilk yetuklikka o‘tishda, 20 - 22 yoshda namoyon boʻladi va bu inqiroz " ota - ona ildizlaridan bo‘linish" inqirozi deb ataladi.[2.198b] 2 - bosqich, o‘rta yetuklik bosqichi sanalib, kamolot topishning bu bosqichiga 28-35 yoshlardagi erkak va ayollar kiradilar. Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishga, ayrim xatolar, tushunmovchiliklar sababli koʻngilsizliklar vujudga keliganini anglay boshlaydi. O‘ziga o‘zi hisob bera boshlaydi. Organizmdagi ayrim o‘zgarishlar, umrning tez o‘tishi, kishini qattiq tashvishga Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 616 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. va iztirobga soladi. Bu yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g‘alabalar yoki muvaffaqiyatsizlar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta'sir etadi, natijada unda takabburlik, mag‘rurlik hislari paydo bo‘ladi, o‘zining boshqalardan ustun qo‘ya boshlaydi, yoki hayot zahmatlariga, narsa va hodisalarga nisbatan loqaysizlik vujudga keladi. Boshqa davrlarda bo‘lgani kabi bu davrda ham bir necha inqirozlar sodir bo‘ladi. Bu davrda inqirozlarning kechishi davomiyligi shaxsiy hayotdagi sharoitlarga bog‘liqdir. 30 yoshlar - o‘rta yetuklik, "oltin yoshga" olish yuqori darajada ishchanlik davri. 30 yosh inqirozi -to‘plangan tajriba asosida hayotiy rejalarni karreksiya qilish vazifalari bilan bog‘liq, kasbiy faoliyat va oilada tartibli va oqilona hayot strukturasini yaratishi bilan bog‘liqdir. Shunday qilib, kamolot bosqichidagi odamlar istiqbol rejasi bilan yashashga harakat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yetuklik davrida sodir bo‘ladigan ijtimoiy o‘zgarishlar, organizmdagi fiziologik holatlar, bilish jarayonlarining o‘zgarib turishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yetuklik davrida sodir bo‘ladigan ijtimoiy o‘zgarishlar, organizmdagi fiziologik holatlar, bilish jarayonlarining o‘zgarib turishi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- кризис, cognitive processes, акне, crisis, акмеология, психика, когнитивные процессы, acne, acmeology, akmeologiya, bilish jarayonlari, inqiroz, psyche, psixika, akne
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025