Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЗАВИСИМОСТЬ К СЕТИ ИНТЕРНЕТ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ
Oybarchin Asqarova (Андижанское городское 40-е общее среднее образование школа)
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqola o‘sib kelayotgsn o‘smirlar o‘rtasida internet tarmog‘ida no‘g‘ri foydalanish o‘smirlar tarbiyasining psixologik jihatlari, ularning ma’naviy-xulqiy dunyoqarashini shakllantiruvchi omillardan biri bo‘lmish ijtimoiy tarmoqning psixologik jihatlari haqida so‘z yuritildi. Kalit so‘zlar: O‘smirlik davri, ma’naviy tarbiya, ijtimoiy tarmoq vertual olam kibersport. Bugungi axborot tasrida dunyoning bir nuqtasida yuz berayotgan voqea va hodisalar to‘g‘risida boshqa bir nuqtada turib xabardor bo‘lish mumkinligi hech kimga sir emas. Bu esa dunyoda sodir bo‘layotgan jarayonlarning yanada globallashuviga imkon yaratib bermoqda. Axborot asrida yoshlar ongiga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi bu kabi tashqi va ichki omillar oqibatida, hali o‘z imkoniyatlarini to‘liq anglab yetmagan yosh avlod o‘rtasida noxush xolatlarning bo‘lib turganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni uchratamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “ Harakatlarstrategiyasi ” da keltirib o‘tilgan qator yo‘nalishlari doirasining to‘rtinchi ya’ni “ Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ”ning to‘rtinchi bandida ham ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Chunonchi, komputer texnikasi va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish kabi muhim ko‘rsatmalar berilgan. Bunga yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha beshta muhim tashabbusni ilgari surildi. Ushbu besh tashabbusning uchinchisi aholi va yoshlar o‘rtasida komputer texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishnit ashkil etishga qaratilgan. Shu o‘rinda Abdulla Avloniyning tarbiya haqidagi fikrini keltirib o‘tmoqchimiz: “ Tarbiya – Pedagogika, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur.B olaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o‘rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o‘sdurmakdir”. Erta o‘smirlik davrida shaxsiyat rivojlanishining shakllanish darajasi va ularning keyingi rivojlanishi ko‘p jihatdan shaxsning hayot yo‘lini belgilaydi, shaxsiyatning yangi shakllarining paydo bo‘lishi uchun asosdir. O‘yin kompyuteriga qaramlikning yosh o‘smirning aqliy va shaxsiy rivojlanishiga ta’siri muammosi yetarlicha o‘rganilmagan. Psixologik tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, yosh o‘smirlik davrida kompyuter o‘yinlariga qaramlikning xususiyatlarini aniqlaydigan psixologik omillar, shartlar va mexanizmlar masalasi yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Zamonaviy bolalar kompyuter o‘yinlari olami hamda ijtimoiy tarmoqlar kengayib borayotgan davrda o‘sib, ulg‘aymoqda. Bu quvonarli hol albatta. Biroq har narsaning me‘yori bo‘lmogi zarur. Bolalar virtual olamning haqiqiy olam emasligini bilib borishlari shart. Ba‘zan bolalar kattalar tomonidan nazoratsiz va ularning ruxsatisiz tarmoqqa tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lib qoladilar. Bolalar va o‘smirlar Internet tarmog‘ida sayr qilarkan, ularga umuman kirish mumkin bo‘lmagan saytlarga duch kelishlari mumkin. Tabiiyki, bunday axborotlar qiziquvchan bola va o‘smirni o‘ziga ko‘proq jalb etadi. Biror harakatni amalga oshirishda bolalarga qanchalik ruxsat etilmasa, ularda shunchalik yuqori darajada qiziqish uyg‘onishi barchaga ma‘lum. O‘smirlar tarmoqdagi nosog‘lom turmush tarzidan axborot beruvchi ayrim manbalarga duch kelsalar, yanada Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 633 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. qiziqib, mazkur axborotlarga alohida e‘tibor qaratishlari ehtimoldan holi emas. Shu sababdan kattalar farzand tug‘ilgan kundan boshlab ulariga issiq choynak, qozonlarga yaqinlashish, pichoq, qaychi kabi o‘tkir uchli narsalarga tegish mumkin emasligini onglariga singdirganlari kabi, tarmoqdagi axborotlar ham xavfli ekanligini tushuntirishlari, ularda axborotlardan to‘g‘ri foydalanish salohiyatlarini shakllantirishlari zarur. Albatta, Internet tarmog‘i manbalari zamonamiz o‘smirlari bilim doirasini, dunyoqarashini kengaytirishi bilan ayrim jihatlariga ko‘ra ularning tarbiyasiga nafaqat salbiy, balki xavfli ta‘sir ko‘rsatishi ham mumkinligini unutmasligimiz zarur. Yaqindagina ota-onalar bolalarning kompyuter o‘yinlariga berilib, ularga bog‘lanib qolishlari xavfidan cho‘chib, oldini olishga harakat qilgan bo‘lsalar, hozirgi vaqtda bu xavfga yana ijtimoiy tarmoqlar xavfi ham qo‘shildi. Bolalar va o‘smirlarning hovli va ko‘chalardagi muloqotlari hozirda haqiqiy hayotdan asosan, aynan, cheti- chegarasi yo‘q ijtimoiy tarmoqlarga ko‘chdi. Mazkur muloqotlar bolalarga shunisi bilan ham qiziqroqki, avvolo, tarmoqda o‘zlariga ko‘proq «do‘st» ortti
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola o‘sib kelayotgsn o‘smirlar o‘rtasida internet tarmog‘ida no‘g‘ri foydalanish o‘smirlar tarbiyasining psixologik jihatlari, ularning ma’naviy-xulqiy dunyoqarashini shakllantiruvchi omillardan biri bo‘lmish…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola o‘sib kelayotgsn o‘smirlar o‘rtasida internet tarmog‘ida no‘g‘ri foydalanish o‘smirlar tarbiyasining psixologik jihatlari, ularning ma’naviy-xulqiy dunyoqarashini shakllantiruvchi omillardan biri bo‘lmish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Adolescence, Подростковый возраст, социальная сеть, виртуальный мир, духовное образование, ijtimoiy tarmoq, ma’naviy tarbiya, spiritual education, social network, virtual world, O‘smirlik davri, vertual olam
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024