Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МОЛОДЕЖЬ И ПРОБЛЕМЫ ИНФОРМАЦИОННОЙ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ
Ergashova Diyoraxon (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Данная статья посвящена молодым людям, которые являются творцами нашего будущего, и вопросам информационной психологической безопасности у них. Ключевые слова: глобализация, молодежь, информация, информационная психологическая безопасность, цивилизация, информационный кризис. Bugun biz XXI asr globallashuv jarayonida yoshlar va axborot psixologik xavfsizligi haqida so‘z yuritganda avvalambor Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi - “Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio-televideniye, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayob borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo‘yganmiz va bu yo‘lda hech qachon qaytmaymiz”1 gaplarini e’tirof etamiz. Axborot asri bevosita globallashuv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, ushbu atamaga izoh berish maqsadga muvofiqdir. Bugun tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan globallashuv har bir davlat, xalq, millat, yoxud insoniyat ongida, ma’naviyatida o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etmoqda. Globallashuv jarayonidan chetda turaman degan davlatlar uning ta’siriga ko‘proq tushib qolmoqda. Mana shunday sharoitda dunyoning har bir davlati qolaversa bizning yurtimizda ham ertangi kun kelajagimiz poydevori, bunyodkori bo‘lgan yoshlarimizni turli xil axborot hurujlari ta’siriga tushib qolmasliklari, axborot psixologik xavfsizligi masalalariga e’tibor yanada kuchaygan. Chunki har bir mamlakatning taraqqiyot poydevori bu o‘sha mamlakatning-yoshlari. Axborotning globallashuviga kelsak, bu tushuncha zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib, ma’lum bir mamlakat doirasida va alohida davlat manfaatini himoya qiluvchi axborotlarni ishlab chiqish va butun dunyo bo‘ylab tarqatishdir. Bugungi kunda yurtimizda axborot psixologik xavfsizligi deganda, fuqarolarimiz, ularning alohida guruhlari va ijtimoiy qatlamlari, shuningdek umuman olganda aholini salbiy axborot- psixologik ta’sirlardan muhofaza qilinganlik holatiga aytiladi. Har bir shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi haqida so‘z borganda O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasida “shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi uning axborotdan erkin foydalanishi zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarni Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 639 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. saqlash, axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta’sir ko‘rsatilishidan himoya qilish yo‘li bilan taminlanadi”2 deb belgilab o‘tilgan. Axborot xavfsizligi tushunchasi davlatimizning oliy bosh qomusi bo‘lgan konstitutsiyamizda ham keltirib o‘tilgan.Axborot psixologik xavfsizlik, avvalambor kishining ruhiyatiga ta’sir o‘tkazish orqali uni o‘z aqidalaridan, e’tiqodidan ayiradigan turli xil buzg‘unchi g‘oyalardan asrashdir. Axborot psixologik xavfsizlikka rioya qilinmasa hamda unga qarshi choralar ko‘rilmasa turli xil salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasining mohiyatiga to‘xtalsak, muayyan inson, jamiyat tushunchalari doirasidan chiqib ketib, yaxlit umumiy insoniyat, butun kishilik taqdiri bilan bog‘liq global masalalarni qamrab oladigan, hozirgacha mavjud bo‘lib kelgan global muammolarni eng tajovuzkor, buzg‘unchi ko‘rinishidir. Ayni damda, axborot kommunikatsiya texnologiyalari axborot olish va almashish, jamiyatning ahvoli va xalqaro munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishida keng imkoniyatlarni ochadi. Bugungi kunda endi rivojlanayotgan, shakllanayotgan o‘sib kelayotgan yosh avlod ertamiz kelajaklarini turli axborotlarning salbiy ta’siridan himoya qilish mamlakatimizning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.Shunday ekan yoshlar har bir millatning kelajagidir. Bu esa yoshlarga jiddiy e’tibor berilishi kerakligini anglatadi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari jadal rivojlanib bormoqdaki, ushbu texnologiyalardan foydalanishda yoshni ahamiyati qolmadi. Globallashuv sharoitida yoshlarni turli xil tahdidlardan asrash, ularning axborot xavfsizligini ta’minlash davlatimiz oldidagi eng muhim masala sifatida ahamiyat kasb etmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent 2008 2. “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi.12.12.2002 3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023. 4. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1948-y Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 640
Доказательный фрагмент
«Данная статья посвящена молодым людям, которые являются творцами нашего будущего, и вопросам информационной психологической безопасности у них.»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная статья посвящена молодым людям, которые являются творцами нашего будущего, и вопросам информационной психологической безопасности у них. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- globalization, youth information, information support, civilization, young people, свилизация, globallashuv, yoshlar, молодежь, информация, axborot, глобализация, information, svilizatsiya, svilization, axborot psixologik xavfsizlik, информационная психологическая безопасность, information psychological security
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014