Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
В РЕЗУЛЬТАТЕ ПОДКЛЮЧЕНИЯ МАТЕРЕЙ К ИНТЕРНЕТУ ПРОИСХОЖДЕНИЕ СПОРОВ В СЕМЬЕ
Abdulmajidova Mahdiyona Dilmurodjon qizi. · talabasi Mamasheva Ra'no Qodirjon qizi.
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Hozirgi globallashuv deb nomlanayotgan davrda inson ko‘proq internetga (ijtimoiy tarmoqlarga) vaqt sarflashi odat tusiga aylandi. Bu bir qaraganda odatiy holdek tuyulsada, lekin juda ham o‘ylashimiz va fikr yuritishimiz kerak bo‘lgan holat va muammodir. Ushbu maqolada hozirgi zamonning eng asosiy muammolaridan biri hayotning virtuallashib borayotgani va bu narsa yoshlarning, nafaqat kattalarning ham hayotida yaqqol ko‘zga tashlangani haqida fikrlar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: internetga qaramlik, xulq-atvor, virtual hayot, psixika, globallashuv. Ijtimoiy tarmoqlar qon qonimizga singib ketganini o‘ylagan sari odamni hadik qamrab oladi. Internet bizning ikkinchi oilamiz, do‘stimiz va hatto o‘zimizga aylanib borayotgani isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Har kuni ertalab 80% insonlar (xoh u katta bo‘lsin, xoh kichik) internet bilan tongni kutib oladi, har joyda u biz bilan, u qonimizda. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi insonlarga o‘z hayotlarini internet bilan birlashtirishga imkon berdi. Biroq, ushbu raqamli asrda internetga qaramlik - tashvishli, yechimi yo‘q muammoga aylandi. Bu muammo kattalarni ham, kichiklarni ham o‘z domiga tortmoqda. Internet tarmoqlari insonlarning dunyoqarashini, fikrini o‘zgartirib yubordi. Bu olamga g‘arq bo‘lgan insonlarning deyarli ko‘pchiligida insoniylik, mehr-oqibat tuyg‘ulari, muomala madaniyati kamayib bormoqda. Masalan: telefondan ko‘zini uzmay o‘tirgan ona, yaqinlariga, hatto o‘z farzandiga ham internetga ajratganchalik ko‘p vaqt ajratmay qo‘yayotganini o‘zi ham sezmay qolmoqda. Buning oqibatida ko‘plab aziyat chekmoqda. Ya'ni onalarning o‘z farzandiga e'tiborsizligi tufayli ularda nutqiy kamchiliklar, turli kasalliklarning kech aniqlanishi oqibatida esa bolalarda bir qancha muammolar paydo bo‘lmoqda. Bu tufayli bolalar o‘z tengqurlariga nisbatan ortda qolmoqda. Bu esa bolalarning o‘zini yolg‘iz his qilishiga, bilish jarayonlarining buzilishiga, bir qancha ruhiy kasalliklarga , hatto autizm sindromiga chalinishiga sabab bo‘lmoqda. Xalqimizda "Qush inida ko‘rganini qiladi" degan maqol bor. Bolaning o‘sib, kamol topishida oiladagi muhitning o‘rni katta ahamiyatga ega. Yoshligidan onasining qo‘lidagi telefonni ko‘rib o‘sib kelayotgan farzandning o‘zi ham telefonga qiziqib qoladi va bu qiziqish oqibatida bolada ham internetga qaramlik holati paydo bo‘ladi. Internet sababli sog‘lom bolalar soni kamayib, nosog‘lom (reallikdan uzilgan, bolalarga hos barcha o‘yinlarni telefonda o‘ynovchi) bolalar soni ko‘paymoqda. Birgina internetga qaram bo‘lib qolish - oilalarda tez-tez janjallar, kelishmovchiliklarning bo‘lib turishiga, hattoki, ba'zi bir hollarda ajrimlar sonini ko‘payishiga olib kelmoqda. Bundan ham ayanchlisi, internet tufayli insonlar real hayotdan uzilib, vertual hayotga o‘tib qolmoqda. Internet bu kabi insonlar vaqtining eng katta dushmani hisoblanadi.[1. 142b]. Internetga qaramlik - bu odamning onlayn faoliyat bilan haddan tashqari band bo‘lgan va bu faoliyatni nazorat qila olmaydigan holat. Kattalarda ko‘pincha bu holat ijtimoiy tarmoqlar (instagram, telegram, you tube, WhatsApp) tomosha qilish kabi faoliyatlar atrofida bo‘lish mumkin. Internetga qaramlikning bir qancha belgilari bor: haddan tashqari ko‘p vaqt sarflash, psixik muammolar, ijtimoiy izolatsiya, aqliy muammolar, jismoniy salomatlik muammolari, ruhiy salomatlik muammolari, haqiqatdan uzilish, nazoratni yo‘qotish, atrofdagilarga befarqlik. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 649 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Internetga qaramlik - insonlarga faqatgina salbiy muammolarni olib keladi. Ya'ni ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lgan ota-onalar farzandlariga e'tibor bermasligi, oilada o‘ziga tegishli bo‘lgan vazifalarni qilmasligi natijasida farzandlarida ham internetga qaramlik holati, internet o‘yinlarida yutqazib qo‘yishi tufayli depressiyaga tushib, turli xil giyohvand moddalarni iste'mol qilib ko‘rish va ularga ruju qo‘yish, turli diniy oqimlarga qo‘shilib qolish, o‘g‘rilik qilish holatlari uchrab turibdi. Bunday holatlarning yuzaga kelishining asosiy sababi - internetga haddan ziyod bog‘lanib qolishdir. Ijtimoiy tarmoqlar ko‘nikishni yuzaga keltiradi. Eksperdlar internetga ko‘nikib qolish yoki ijtimoiy tarmoqlarga ko‘nikib qolish sindromi mavjud - mavjud emasligi haqida yagona fikrga ega emas, biroq har ikkala holatda ham javob tasdiq shaklida bo‘lishiga barcha asoslar bor. Nottingem Trent universiteti olimlari kishi ruhiy xarakterikasi, shaxs tipi va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish o‘rtasidagi aloqalar haqidagi ilmiy adabiyotlarni o‘rganib chiqdi. Tadqiqot mualliflari quyidagi xulosaga keldi: "Facebook"ga bog‘lanib qolish sindromi haqida gapirish uchun barcha asoslar mavjud. Chunki, ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazuvchi bir qatorkishilarda shaxsiy hayotdan qochish, butun e'tiborni Facebookga qaratish, haqiqatdan uzoql
Доказательный фрагмент
«Hozirgi globallashuv deb nomlanayotgan davrda inson ko‘proq internetga (ijtimoiy tarmoqlarga) vaqt sarflashi odat tusiga aylandi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi globallashuv deb nomlanayotgan davrda inson ko‘proq internetga (ijtimoiy tarmoqlarga) vaqt sarflashi odat tusiga aylandi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- интернет зависимость, behavior, globallashuv, virtual hayot, virtual life, internetga qaramlik, психика, xulq-atvor, globalization, глобализация, psyche, виртуальная жизнь, psixika, internet addiction, поведение
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014