К содержанию
РецензированоRU2024

МОЛОДЕЖЬ И ПРОБЛЕМЫ ИНФОРМАЦИОННОЙ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ

Mohinur Habibullayeva Umidjon qizi (Andijon Davlat Pedagogika Instituti)

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Maqolada o‘quvchilar hamda talabalarning ta'lim muhitidagi psixologik xavfsizlik darajasi va ijtimoiy intellekt darajalari o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha bir qancha tadqiqot natijalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi mana shu munosabatlarni takror aniqlash hamda ta'lim tizimida turli darajadagi psixologik xavfsizlik gipotezasini sinab ko‘rish. O‘smirlik hamda yoshlik davridagi ijtimoiy intellekt darajasi va uning tarkibiy qismlarini o‘zgarishi bilan bog`liq. Kalit so‘z: ta`lim, yoshlar, axborot almashinuvi, ota-onalar, psixologik yordam, fuqarolik jamiyati, psixologik xavfsizlik, maktab muhiti, depressiya, xulq-atvor. Barcha ta'lim beruvchilar yoshlarning ehtiyojlari haqida zarur ma'lumotlarni talab qiladi. Ta'lim muhitida ularning ehtiyojlarini hisobga olish hamda boshdan kechirishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni baham ko‘rilishi kerak. Ta`kidlash joizki, bu, ayniqsa, ruhiy sog`liq bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarning alomatlari darhol ko‘zga tashlanmasa, juda muhim. Depressiya hamda tashvish kabi kasalliklar bilan bog‘liq xotira, konsentratsiya yoki e`tibor muammolari ustozlar tomonidan xulq-atvor muammolari sifatida e'tibordan chetda qolib ketishi yoki noto‘g‘ri talqin etilishi mumkin va maktabda o‘quvchi yoshlarga qanday munosabatda bo‘lishiga bu juda katta ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, o‘qituvchilar o‘quvchining murakkab bo‘lgan qiyinchiliklari to‘g`risida cheklangan tushunchaga ega ekanliklari sababli, ular qo‘rqitish hamda imtixon jarayonidagi stress kabi bir qancha maktab bilan bog‘liq bo‘lgan zararli muammolarni faol tarzda boshqarishlari mumkin emas. O‘quvchi yoshlarning salbiy his-tuyg‘ulari axborot almashinuvi sohasi uchun anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Ota-onalar o‘z farzandlarining xohish-istaklarga hurmat bilan qarashlari hamda ma'lumot almashish ehtiyoji o‘rtasida ojizlik va keskinlikni his qildilar. Yoshlar nuqtayi nazaridan qaydigan bo‘lsak, ota-onalarning ma'lumot almashishda ishtiroki haqida qisman havotirlar ham bor edi. Masalan, ba'zi o‘quvchilarning ota-onalari maktabdagi muammolarni beixtiyor tarzda murakkablashtiradilar, ota-onalarning maktabdagi qiyinchiliklarni bilishi uyda qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqarishida asosiy vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin yoki ota-onalarning maktab tashvishlari haqida bilishlari kasalligi bo‘lgan ota-onalarning qo‘shimcha stresslarini keltirib chiqarishi ham mumkin. Eng qiziq tarafi shundaki, yosh o‘quvchilar ota-onalarining maktab ishtiroki masalasida taxminan yetti yoki sakkiz martalab murojaat qilishgan bo‘lsa, ularning ota-onalari taxminan 364 va o‘qituvchilari 67 marta murojaat qilganliklari aytiladi. Axborot almashinuvi aniq, murakkab hamda nozik ishlov berishingizni talab etadi, ayniqsa ota- onalar va ustozlar o‘rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar bilan ma'lumotlar qanday uzatilishi zarurligi to‘g`risida muammolar mavjud bo‘lganda . Ota-onalar ham asosiy ma'lumotlarni o‘tkazib yubormaslikni hohlaganliklari uchun idoralararo xodimlar bilan ko‘proq yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazishni xohlashdi. Ustozlarning ta'kidlashlaricha, yig‘ilishlarning asosiy kamchiligi vaqt va resurslarni talab qilishi. Biz boshqa chet el davlatlarining o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlar ongidagi psixologik o‘zgarish hamda axborot xavflari yuzasidan olib borilgan bir qancha tadqiqot hamda olimlarning izlanishlari bilan ham tanishib chiqdik, xususan Avstraliya va Rossiya olimlari tadqiqotlari shular jumlasidandir. Avstraliya davlatida ishlab chiqilgan " Ruhiy hamda psixologik salomatlik bo‘yicha birinchi yordam" kabi ustozlarga qaratilgan bir qancha an'anaviy ruhiy salomatlik bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etildi bu o‘qituvchilarning ishonchini ta'limdan keyin oshirganligini ko‘rsatuvchi baholashlar bilan va'da berdi. Amomo, turli xildagi dasturlar baholashlari o‘rtasidagi takrorlanadigan mavzu, o‘rta maktabda tahsil beruvchi ustozlarining ushbu turdagi faoliyatlarida qatnashishga vaqtlari yo‘qligi. Bu Buyuk Britaniyadan bo‘lgan Karter tomonidan o‘qituvchilarning boshlang‘ich malakasini Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 561 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. oshirilishini ko‘rib chiqish va tavsiyalar berilishi ko‘proq talabalar va o‘qituvchilar boshlang‘ich treninglarini o‘tkazishda ruhiy salomatlik to‘g`risida o‘rganishlari kerakligi haqida oqilona yo‘l ekanligini yaqqol ko‘rsatib beradi. Bu borada juda ehtiyotkor bo‘lish zarur, chunki o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturiga ruhiy salomatlikni tatbiq etish tezkor natijalarni keltira olmaydi. Ota-onalar hamda yoshlarning ovozi bilan ta'kidlangan muhim masalalardan biri ma'lumot almashish uchun asosiy to‘siq bu maxfiylik ekanligi edi. Izlanishlar, maxfiylik psixologik yordam so‘ragan bolalar uchun qanday asosiy to‘siq ekanligini ta'kidladi. Shunga qaramasdan,

Доказательный фрагмент

«Maqolada o‘quvchilar hamda talabalarning ta'lim muhitidagi psixologik xavfsizlik darajasi va ijtimoiy intellekt darajalari o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha bir qancha tadqiqot natijalari bilan tanishib chiqishingiz mum…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada o‘quvchilar hamda talabalarning ta'lim muhitidagi psixologik xavfsizlik darajasi va ijtimoiy intellekt darajalari o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha bir qancha tadqiqot natijalari bilan tanishib chiqishingiz mum… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
young people, psixologik yordam, yoshlar, parents, молодежь, родители, education, axborot almashinuvi, образование, information exchange, обмен информацией, психологическая поддержка, ota-onalar, ta`lim, psychological support
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники