К содержанию
РецензированоRU2024

ВИРТУАЛЬНЫЙ СВЯЗАННЫЙ РИСК У ЧЕЛОВЕКА ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ИГРЫ

ADPI talabasi Musaxoʼjayeva Robiya

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada virtual oʻyinlarning shaxslar aro taʼsiri ularning psixologik, fiziologik, aqliy rivojlanishida orqada qolishidagi ahamiyati, virtual oʻyinlarning aksaryatlari islom diniga zid ekanligi toʻgʻrisida bayon qilingan. Kalit so‘zlar: axborot asri, virtual o‘yinlar, ommaviy madaniyat, tavakkalchilik. XXI asri axborot texnologiyalari asri Internet tarmogʻi orqali yoshlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli xil vayronkor gʼoyalarning kirib kelishi, kompyuter oʻyinlariga qiziqish bilan bogʻliq. Bu qiziqishlarda buzgʻunchi gʻoya targʻibotchilari oʼz maqsadlari yoʼlida samarali foydalanishga harakat qilmoqda. «oʼyinbozlik» jamiyatning maʼlum bir qismiga tahdid ekanligini yaxshi biladigan ekstremistlar oʼsmirlar, yoshlar ongini shu yoʼl bilan egallashga harakat qilmoqda. “Olimlar "I. P. Korolenko" va "T. A. Donskix" oʼyinbozlik alomatlarini shunday tasniflashgan1.Oʼsmirning oʼyinda oʼtkazayotgan vaqt miqdorining oshib borishi 2. Oldingi odatlar, qiziqishlar doirasi torayib, oʼyin haqida ko‘proq oʼylashi 3.Yutsa ham, yutqizsa ham oʼyindan chiqa olmasligi 4.Oʼyin boshlanishini orziqib kutish, oʼyinsiz qolganda bezovta boʼlib, asabiylashish 5.Tobora koʼproq oʼynash istagi, o‘yinga tobora ko‘proq narsa tika borish6.Oʼyindan o‘zini toxtata olmay qolishi. «Bo‘ldi, o‘yinni tashladim" deydi, biroq oldin birga oʼynagan sheriklarini koʼrsa, oʼyin haqida gap ochilsa, oʼyingohning yonidan oʼtayotganda qaroridan tez aynib qoladi. 7. Ota-onasidan oʼyinga pul olish uchun yolgʼon gapirishi, oʼgʼirlik qilishi 8. Oila aʼzolaridan, shifokorlardan va boshqalardan oʼzining oʼta oʼyinparastligini yashirib, yolgʼon gapirishi kabilar oʼsmirning oʼyinparastligidan dalolat beradi"[1.128b.] Bola bu holatga tushishida uning ota onasi va u o‘rtasidagi munosabatlarda vaqtida mehrning yetishmasligi va qiziqishlarning e’tiborsiz qolishi, extiyojlarni aniqlay olmaslik kabi bir qancha asoslarni keltirish mumkin. Internetdan foydalanish qonun qoidalariga rioya qilish – axborot media savodxonlikka ega bo‘lish bugungi globallashuv asridagi turli axborot tahdidlarini oldini olish omillaridan sanaladi. “Oʻsmirlik davrida tarbiyaga jiddiy yondashmaslik, farzandning xatti-haraktlariga nisbatan befarqlik natijasida koʼpchilik hollarda farzandni qoldan chiqarish mumkin. Zero, «oʼyinbozlik»ning oqibati yoki turli informatsion oʼyinlarga mukkasidan ketish natijasida nafaqat mutaassiblik, balki turli xil kasalliklarning kelib chiqishi ham kuzatilyapti. Ya`ni internet oʼyinlariga ishqibozlik oqibatida miya faoliyati bilan bog`liq "insult" "ludomaniya", "ruhiy kasalliklar" aksariyat hollarda "yuragi yorilib oʼlish" kabi salbiy oqibatlar hozirgi kundan judayam koʻpayib ketyabdi”[1-129]. Kompuyuter o‘yinlari yoshlarning vaqtini o‘g‘irlamoqda. Internet – klublarda yoshlar ayni o‘qib, ilm oladigon bir paytda vaqtlarini bekorchi o‘yinlarga, ijtimoiy tarmoqlarda mutlaqo notanish shaxslar bilan qimmatli vaqtini tanishishga sarflayotgani ham tashvishli holat. Bu esa rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun eng katta tahdidlardan biri hisoblanadi chunki biz yoshlar qancha koʻp bilim olib aqlimizni vaqtimizni ilm olish uchun sarflasak davlatimiz kelajagi porloq boʻladi. Inson qancha koʻp kitob oʻqisa shuncha fikrlashi ortib boradi, aqliy salohiyatiga katta taʼsir koʻrsatadi eng muhimi esa yoshlar el yurtga xizmati tegadigon barkamol avlod vujudga keladi. “Kompyuter o‘yinlarining keragidan ortiq mashhur bo‘lib, ommalashib ketgani va yoshlarga salbiy ta’siri tibbiyotchilarni ko‘pdan beri tashvishga solib kelayotgan muammolardan biridir. Hozir dunyodagi juda ko‘p mintaqalar, jumladan, Yevropa mamlakatlarida internetga qullik hastaligini davolaydigan maxsus shifoxonalar ko‘paymoqda. Ma’lum qilinishiga ko‘ra, tadqiqotchi Hilmiy Xidir Soriy “internet orqali bog‘lanishning ijtimoiy munosabatlarga ta’siri” mavzuida 471 kishi o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, internetga mutelik oqibatida ijtimoiy va ruhiy Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 656 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. yolg‘izlik muammosi ko‘payayotgani aniqlangan. Sarosima, tushkunlik, xavotir, farzandlarning internet bilan mashg‘ulligi sababli yosh oilalardagi kelishmovchiliklar, yoshlarning oila a’zolari bilan aloqalari beqarorlashuvi ushbu muammoning asosiy alomatlari sifatida ko‘rsatilmoqda” [1-131]. OAV — ayni paytda bu sohaning shaxs ijtimoiylashuviga ko‘rsatayotgan ta’siri juda katta ekanligi barchaga ma’lum. Ko‘rsatilayotgan, eshittirilayotgan, yozilayotgan barcha ma’ lumotlar kishilar ongiga juda tez va unumli ta’sir ko‘rsatmoqda” [2-74]. Internetni yoshlar ongiga salbiy tomonlar bo‘lganidek ijobiy tomonlari ham mavjud. “Internetga bir buzg‘unchi va yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi hamda jinoyat olamiga еtaklovchi “balo”ga qaraganday qarab, ha deganda bolalarimizga Internetga kirishga taqiq qo‘ya

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada virtual oʻyinlarning shaxslar aro taʼsiri ularning psixologik, fiziologik, aqliy rivojlanishida orqada qolishidagi ahamiyati, virtual oʻyinlarning aksaryatlari islom diniga zid ekanligi toʻgʻrisida bayo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada virtual oʻyinlarning shaxslar aro taʼsiri ularning psixologik, fiziologik, aqliy rivojlanishida orqada qolishidagi ahamiyati, virtual oʻyinlarning aksaryatlari islom diniga zid ekanligi toʻgʻrisida bayo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
виртуальные игры, axborot asri, ommaviy madaniyat, risk taking, tavakkalchilik, popular culture, принятие риска, virtual o‘yinlar, популярная культура, information age, virtual games, информационный век
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники