К содержанию
РецензированоRU2024

ПРАВОВАЯ ОСНОВА ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Mirzaabdullayeva Guloyim Ergashboy qizi

Универсал международный научный журнал · 1 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim tizimi ya’ni inkulyuziv ta’lim tizimining rivojlanishi va inkulyuziv ta’limning huquqiy asoslari haqida fikr yuritiladi. Inkulyuziv ta’lim tizimini yanada rivojlantirish borasida qabul qilingan qarorlar va Prezident farmonlari to‘g‘risida bayon etilgan. Kalit so‘z: Inkulyuziv ta’lim, huquq, maxsus ta’lim, korreksion, alohida ta’lim, pedagog, imkoniyati cheklangan. Inkulyuziv ta’lim bu – davlat siyosati bo‘lib , imkoniyati cheklangan va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish , maxsus ta’limga muhtoj bolalar (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijyimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jaryoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inkulyuziv ta’lim (ing. Inclusive uyg‘unlashmoq , qamrab olmoq , qamrab olish) ma’nolarini bildiradi. O‘zbekistonda inkulyuziv ta’limning takomillashtirish alohida ta’lin ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim tarbiya berish tizimini shakllantirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 13- oktyabrda “ Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi ( PQ 4860 ) qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalar to‘g‘risida quyidagi fikrlar bayon etilgan. ·inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtiriladi; ·inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi; ·inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, ular maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi; ·inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etiladi; ·alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy muhit shakllantiriladi; ·alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi; ·inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim muassasalarining faoliyatiga joriy qilinadi. Inkulyuziv ta’lim tizimi yurtimizga yangi kirib kelayotgan ta’lim ta’lim tizimi bo‘lganligi sababli muammolari hali to‘liq bartaraf etilmagan. Bugungi kunda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun maktab va internatlar ochilgan . Imkoniyati cheklangan bolalar inkulyuziv ta’lim sinflari va va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflariga qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan guruhlarga ajratiladi. Quyidagilar qabul qilinadi: Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 230 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. 1. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar – (eshitish qobilyatining yo‘qotilishi 60 Db gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar). 2. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar – (ko‘rish qobilyatining buzilishi 0,1 gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar). 3. Somatik kasalliklari – (psixofizik va nutqning rivojlanish darajasi yoshiga mos kelmaydigan bolalar). 4. Nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar – (alaliya, dislaliya, afaziya, rinolalaliya, dizartiya, psixik – nutqiy rivojidagi sustlik duduqlanish). 5. Tayanch – harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar – ( bolalar serebral falaji, sokolioz, poliomuyelit, miopatiya, osteomiyalit, amputatsiya, bo‘y o‘sishining yetishmasligi – pakanalik). 6. Aqliy rivojlanishi saqlangan holda tayanch – harakat tizimida nuqsoni bo‘lgan bolalar. 7. Aqliy rivijlanishi saqlangan yoki ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar – ( serebel falaji – o‘zi harakat qila oladigan yoki qo‘shimcha moslamalar va nogironlik aravachasida harakatlanadigan bolalar). 8. Intellektual rivojlanishning potensial buzilmagan imkoniyatlari bilan ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar. 9. Hulq – atvor va ruhiyatning qo‘pol buzilishlarisiz autistic spektri buzilgan bolalar. 10. Intellektual rivojlanishi saqlanib qolgan , tutqanoq holatida bo‘lgan bolalar- ( agar bola anticonvulsant dorisini qabul qilganda tutqanoq 1 oyda 1 marotabadan oshmagan paytda). Quyidagi bolalar qabul qilinmaydi : 1. Aqli o‘ta zaif bolalar – (imbisil , idiotiya darajasidagi oligrifeniya). 2. Xulq – atvorning og‘ir buzilishlari – ( hissiy – irodaviy sohasida organic nuqsonlari bo‘lgan bolalar ). 3. Tayanch – harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va o‘z – o‘ziga hizmat ko‘rsata olmaydiga

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim tizimi ya’ni inkulyuziv ta’lim tizimining rivojlanishi va inkulyuziv ta’limning huquqiy asoslari haqida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim tizimi ya’ni inkulyuziv ta’lim tizimining rivojlanishi va inkulyuziv ta’limning huquqiy asoslari haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquq, Inkulyuziv ta’lim, special education, Инклюзивное образование, right, maxsus ta’lim, специальное образование, исправление, correction, korreksion, alohida ta’lim, верно, Inclusive education
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники