К содержанию
РецензированоRU2024

ИСПОЛЬЗУЙТЕ МОДЕЛЬ 4K В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ

PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI · Karimova Malohatoy Mo‘minjonovna · Madaminjonova Muxlisa Mahmudjon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti Pedagogika va)

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida 4K modeli va uning modelidan foydalanishning pedagogik xususiyatlari hamda shart-sharoitlari va pedagogik jarayonlarda umumiy amaliy ahamiyati, shuningdek boshlang‘ich sinf matematika darsini samaradorligini oshirishda 4K modelidan foydalanishning ahamiyati haqida haqida bayon etilgan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, 4K modeli, bilim, ko‘nikmalar, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, kreativlik, Barchamizga ma'lumki, boshlang‘ich ta'lim - o‘quvchi shaxsi shakllanishining poydevori hisoblanadi. Chunki bu davrida bola ong ostida olamni anglashni, tasavvur va bilimlar poydevorini tiklash pallasi bo‘lgani uchun ham alohida e'tibor talab etadi. Maktab ostonasiga qadam qo‘yar ekan, bola o‘zining o‘quvchi ekanligini his qila boshlaydi, ta'lim olishga va birinchi ustoziga nisbatan mehrni tuyadi, ilm yo‘lidagi kelgusi natijalar uchun harakat qila boshlaydi.Kelajakdagi egallamoqchi bo‘lgan kasbini egallash uchun qattiq harakat qiladi. "4K" modeli ta'lim tizimiga zamonaviy yondashuv bo‘lib, zamonaviy ta'lim tizimida 4K modelidan foydalanishda o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashga, o‘z fikrini erkin bayon etishga, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan bo‘ladi. Masalan o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni oshirish. Bunda o‘quvchilarga o‘tilayotgan mavzu yuzasidan savollar beriladi va o‘quvchilar shu mavzu bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildiradilar. Bunda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati, darsga bo‘lgan qiziqishlari va aqliy qobiliyatlarini yanada oshiradi va mustahkamlaydi. 4K modelining afzalliklari. 4K modeli 21asr uchun har tomonlama rivojlangan shaxslarni shakllantirishda ko‘plab afzalliklarni taqdim etadi. Keling, har bir “K” ni ajratamiz va uning o‘zgaruvchan salohiyatiga guvoh bo‘laylik: 1. Bilim: Ø Chuqurroq o‘rganish: 4K modeli yuzaki tushunishdan tashqariga chiqadi,tanqidiy fikrlash va tahlilni targ‘ib qiladi. Talabalar ma’lumotlar bilan faol shug‘ullanadilar, aloqalarni o‘rnatadilar va bilimlarni real dunyo stsenariylariga qo‘llaydilar. Ø Integratsiyalashgan o‘quv rejasi: bo‘linadigan fanlar o‘rniga, 4K modeli fanlararo o‘rganishni rag‘batlantiradi. Turli sohalardagi tushunchalar birbiriga bog‘lanib, yaxlit tushunishni rivojlantiradi va sun’iy to‘siqlarni yo‘q qiladi. Ø Shaxsiylashtirilgan ta’lim: 4K modeli individual o‘rganish uslublari va sur’atlarini taniydi. Moslashuvchan o‘quv muhiti turli xil ehtiyojlarni qondiradi va talabalarga o‘z ta’lim sayohatlariga egalik qilish imkoniyatini beradi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, joriy kunda Prezident Sh.M.Mirziyoyev Xalqaro kongress markaziga kelib, boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi avlod darsliklari taqdimoti bilan tanishib chiqdi. Yangi avlod darsliklari taqdimotida Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 246 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. tanishtiriladigan o‘quv-metodik komplekslar (O‘MK) asosini Tanqidiy fikrlash, Jamoaviy ishlash, Ijodkorlik (Kreativlik) va Muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish (4K) tamoyili tashkil etadi. Ularni ishlab chiqishda xalqaro dasturlar tomonidan o‘quvchilarning muvaffaqiyatlarini baholashda qo‘llaniladigan namunaviy topshiriqlar o‘rganib chiqildi va asos qilib olindi (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA). Eng asosiysi 1-3 sinflar uchun taqdim etilgan darsliklarning bir qismi xususan tasviriy san’at, o‘zbek tili va musiqiy savodxonlik bo‘yicha kitoblar kengaytirilgan reallik texnalogiyalaridan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan. Bu esa o‘quvchilarni dars jarayonlariga yanada qiziqtirish hamda o‘smirlar hayotida muhim. Masalan matematika darslarida o‘quvchilar faqat misol va masalalar bilan 45 minut darsni o‘tkizib emas balki kitobdagi masala yuzasidan atroflicha yoritilib o‘tish kerak.Shuni aytib o‘tish joizki 1-3 sinf o‘quvchilar ko‘proq fan yuzasidan o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishni hohlashadi, shuni esa sinf bilan muhokama etilib barchaning fikrlari bilan tanishilib chiqiladi, chunki har bir o‘quvchining fikrlash doirasi turli xil 30 o‘quvchidan 30 xil fikrlar chiqadi ular esa bir biridan farq qiladi. Qachonki o‘quvchi savol berib o‘z fikrini bildirsa darsga qiziqayotganligi va bu haqida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishni hohlashini anglatadi.Shunda matematika darsida samaradorlikga erishish mumkin. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf darslarida 4K modelidan foydalanish quyidagi natijalarga olib keladi: o‘quvchining o‘rganish jarayonini boyitadi; o‘quvchilarga kognitiv (atrof-olam haqidagi bilim doirasini kengaytirish, bilish ehtiyojlarini rivojlantirish ta'limi) axborot beradi; o‘quvchilarda materialni o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otadi; o‘quvchilarning o‘z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarni shakllantirish imkoniyatlarni kengaytiridi; axborotni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi; o‘quvchilarga must

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida 4K modeli va uning modelidan foydalanishning pedagogik xususiyatlari hamda shart-sharoitlari va pedagogik jarayonlarda umumiy amaliy ahamiyati, shuningdek boshlang‘ich sinf…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida 4K modeli va uning modelidan foydalanishning pedagogik xususiyatlari hamda shart-sharoitlari va pedagogik jarayonlarda umumiy amaliy ahamiyati, shuningdek boshlang‘ich sinf… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
knowledge, 4K modeli, навыки, ko‘nikmalar, primary education, 4К-модель, bilim, начальное образование, критическое мышление, critical thinking, boshlang‘ich ta’lim, 4K model, skills, tanqidiy fikrlash, знание
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники