К содержанию
РецензированоRU2024

НА ОСНОВЕ СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО КОНТЕНТА МОДУЛЯ 4К УЛУЧШЕНИЕ

Turdaliyeva Namuna Turg‘unali qizi · Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

ushbu maqolada zamonaviy 4K moduli bolalarni har yo‘nalishda rivojlantira oladigan metadalogiya 4 ta asosiy kompetensiyalarini o‘z ichiga oladi.Bular: Kollaborasiya, Kommunikativlik, Kreativ fikrlash, Kritik fikrlash kompetensiyalariga bo‘linadi. O‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirishda tanqidiy ,ijodiy fikrlashning roli ochib berilgan. Kalit sõzlar: PISA, PIRLS, kollaborasiya, kommunikativlik, ijodiy fikrlash, tadqiqot, innovatsion, tanqidiy fikrlash. Bugungi kunda maktab va maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida o‘qitish metodikasini takomillashtirish vazifasi belgilangan. Shunga muvofiq, darsliklarni yangilash bo‘yicha muayyan ishlar bajarildi. Xususan, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan “4K” modeli asosida tayyorlandi. “4K” modelidan foydalanish ko‘plab sinovlardan o‘tgan, muhimi, zamonaviy yondashuvdir. Biz avvallari bolalarning yozuviga ko‘proq e’tibor qaratganmiz, diktantlar yozdirganmiz. Yangi tajriba bilan esa o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashi, o‘z fikrini erkin bayon eta olishiga ko‘proq ahamiyat beriladi. Ushbu yangi zamonaviy maktab darsliklari innovasion yondashuvni taqdim etadi. Bu metodologiya bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan bo‘lib, to‘rt asosiy kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi. Kollaborasiya – darsliklar o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi. Kommunikativlik – darsliklar o‘quvchilarning boshqalar bilan muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq va ravshan ifodalash, suhbatdoshni tinglash va tushunish, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishni o‘rganadilar. Kreativ fikrlash – darsliklar ijodiy fikrlash va yangilik qilish qobiliyatini rivojlantiradi. O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadilar, innovasion yechimlar ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Tanqidiy fikrlash– ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni tanqidiy baholash, o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarga analitik nuqtai nazardan yondashishni o‘rganadilar va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtai nazarini shakllantiradilar. Yangi innovatsion yondashuvni O‘zbekiston maktablarida joriy etishdan oldin xorijiy tajribalar ham o‘rganildi. Singapur, Xitoy, Angliya, Finlandiya, Estoniya kabi ta’limi ilg‘or mamlakatlar o‘quvchilarda 4K tamoyilini o‘z ichiga olgan XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratadi. PISA, PIRLS kabi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan davlatlar ta’limida o‘quvchilarda "4K"ni o‘z ichiga olgan muloqot, tadqiqot, yaratuvchanlik kabi ko‘nikmalarga alohida urg‘u berilgan va shuning uchun ham ular xalqaro reytinglarda katta natijalarga erishishyapti. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 258 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. 4K modeliga asoslangan innovatsion yondashuv maktablarda qo‘llash uchun alohida sharoitlar talab etmaydi. Masalan, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash qobiliyati savol- topshiriqlar bilan, muloqot ko‘nikmasi esa savol- javoblar bilan yangi innovatsion yondashuv natijasini o‘quvchining dunyoqarashi, fikrlashi o‘sishida ko‘rish mumkin. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, zamonaviy ta’lim tizimida 4K moduli asosida yaratilgan darsliklarni yangilash va zamonaviy yondashuvdir. Oldin biz o‘quvchilarni yozishiga ko‘proq e‘tibor qaratgan bo‘lsak yangi loyihada o‘quvchilarni tanqidiy fikrini bayon eta olishiga ko‘proq ahamiyat berilgan. 4K moduli ko‘plab sinovlardan o‘tgan bo‘lib bu metadologiya bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. YUNESCO. Education for Sustainable Development Goals: learning objectives, 2017. 2. Framework for 21st Century Learning. The Partnership for 21st Century Learning, 2015. 3. Toshtemirova S. A. (2020). Ta'lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo sifatida // Uzluksiz ta'lim. No 1 (86). -S.5 4. Gafforov Ya. X. (2019). Technical approach in the education system. International journal on Integrated Education. England. 2019. 40-41 Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 259

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada zamonaviy 4K moduli bolalarni har yo‘nalishda rivojlantira oladigan metadalogiya 4 ta asosiy kompetensiyalarini o‘z ichiga oladi.Bular: Kollaborasiya, Kommunikativlik, Kreativ fikrlash, Kritik fikrlash…»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada zamonaviy 4K moduli bolalarni har yo‘nalishda rivojlantira oladigan metadalogiya 4 ta asosiy kompetensiyalarini o‘z ichiga oladi.Bular: Kollaborasiya, Kommunikativlik, Kreativ fikrlash, Kritik fikrlash… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
креативное мышление, ПИЗА, PEARLS, ijodiy fikrlash, creative thinking, PIRLS, PISA, kollaborasiya, коммуникабельность, kommunikativlik, сотрудничество, ЖЕМЧУГ, communicativeness, collaboration
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники