К содержанию
РецензированоRU2024

ДОШКОЛЬНЫЙ ВОЗРАСТ НА ОСНОВЕ ТВОРЧЕСКОГО ПОДХОДА РАЗВИТИЕ РЕЧИ И МЫШЛЕНИЯ ДЕТЕЙ РАБОТА НАД

USTIDA ISHLASH · Abdullayeva Mavluda Aribovna - Andijon

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Kreativ yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini о‘stirish va tafakkurini rivojlantirishda quyidagi tamoyillarga asoslanish lozimligini kо‘rsatdi: yaxlit yondashuv; ta’lim oluvchiga – pedagogik qо‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezuvchi, individual munosabatda bо‘lishni talab etuvchi shaxs deb qarash; ta’limiy ish mazmuni, shakl va metodlarini tanlab olishda tabaqalashtirilgan yondashuv; tabiat bilan uyg‘unlik; madaniyat bilan uyg‘unlik; ta’limiy tarbiyaviy jarayondagi munosabatlarni tashkil etishga insonparvar yondashuv; qadriyatli-mazmunli yondashuv ifodalangan. Kalit so‘zlar: Kreativlik, tafakkur, harakatlar strategiyasi, zamonaviylik, ta’lim- tarbiya,madaniyat, innavatsion ta’lim, pedagog, maqsad, kasbiy kompetentlik. Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning kelgusidagi hayotini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga olgan holda, o‘tgan davrda O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirish va uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga qaratilgan qator meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi hamda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Haqiqatdan ham, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi farmonning, hamda 2016 yil 29 dekabrda qabul qilingan olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalarining meyoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, o‘quv-uslubiy ta’minotini yanada mukammallashtirish, ta’lim menejmenti va nazoratini zamonaviy innovatsion usul va shakllari asosida boyitib borish, turli ta’lim texnologiyalarini manzilli qo‘llash asosida ta’lim-tarbiya sifatini tubdan o‘zgartirish borasida muhim vazifalar belgilab berildi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish, ijrosini ta’minlashda о‘quv biluv faoliyatining ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarining uyg‘unligi asosida: - kreativ yondashuv asosida tarbiyachilarning metodik va kasbiy kompetentligini rivojlantirish; - yangi ijtimoiy talablarga mos tarzda ta’lim vositalarni ishlab chiqish, joriy etish va qо‘llash tizimi о‘quv jarayonini pedagogik mazmuni, samarali shakl va metodlarini tо‘g‘ri tanlashga bevosita bog‘liq bо‘lib hisoblanadi. Kreativ yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini о‘stirish va tafakkurini rivojlantirishning pedagogik mazmuni о‘quv uslubiy adabiyotlar va qо‘llanmalar, darsliklar, DTS, namunaviy va ishchi dasturlarda о‘z aksini topgan bо‘lib, ta’limiy jarayonda zamonaviylikni ta’minlash ya’ni о‘quv biluv faoliyatlarida ilmiy asoslangan va tajribada sinalgan ta’limiy mashg‘ulotlarga oid yangiliklar, faol metodlar va shakllar, tartib qoidalarni joriy etishning majburiyligiga, shuningdek ta’limning taraqqiyot darajasi uning mazmuniga kiritilayotgan fan-texnika yutuqlari bilan tavsiflanadi. Biz mazkur tadqiqot ishi doirasida kreativ yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarnutqini о‘stirish va tafakkurini rivojlantirishning pedagogik mazmunini belgilab berishda yuqoridagi komponentlar bilan bir qatorda: –modulli-tarmoqli texnologiya; ta’limiy jarayonni modellashtirish alohida qism (modul)lari, xususiy, tarmoqli, didaktik, metodik yoki tarbiyaviy vazifalarni hal etuvchi faoliyatni ifodalaydi(mas.: subyekt va obyektning alohida faoliyat turlari, faoliyat turlarini Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 269 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. о‘rganish, tadbir, tarbiyalanuvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini, о‘zlashtirish darajalarini nazorat qilish texnologiyalari)dan foydalanish; – nutq о‘stirish va tafakkurni rivojlantirish jarayoni intellektual bilish psixologiyasi bilan uyg‘unligini ta’minlashga erishish ya’ni tarbiyalanuvchilarning fikrlashlari, bilish psixik jarayonlarining teranligi, bilim, о‘quv va kо‘nikmalarni shakllantirish jarayoni; – о‘quv faoliyatida kichkintoylarning ichki, tashqi pozitiv motivatsiyalarini rivojlantirish; –ta’limiy jarayonda emotsional sohani rivojlantirish; –mashg‘ulotlarda innavatsion texnologiyalarning samarali usul va vositalarini qо‘llash orqali tarbiyalanuvchilarning о‘zlashtirishlari lozim bо‘lgan materiallarni idrok etish, bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish uchun kо‘nikma va malakalar hosil qilish muhim ahamiyat kasb etadi degan xulosaga keldik. Ilmiy izlanishlar va tadqiqotlarimiz jarayonida bir qator maktabgacha ta’lim sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan pedagog olimlar, psixolog olimlarning mazkur sohaga oid ilmiy izlanishlari tо‘g‘risidagi fikrlarini mushohada qildik va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari nutqini о‘stirish va tafakkurini rivojlantirish pedagogik mazmunini: ta’lim jarayoniga kretaiv yondashadigan bо‘lsak, bu jarayonning asosiy komponentlari (ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim metodi, ta’lim vositasi, ta’lim natijasi) asosida quyidagicha guruhlashimiz mumkin: - ta’lim maqsa

Доказательный фрагмент

«Kreativ yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini о‘stirish va tafakkurini rivojlantirishda quyidagi tamoyillarga asoslanish lozimligini kо‘rsatdi: yaxlit yondashuv; ta’lim oluvchiga – pedagogik qо‘llab-q…»

Образец извлечения

Демо-превью

Kreativ yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini о‘stirish va tafakkurini rivojlantirishda quyidagi tamoyillarga asoslanish lozimligini kо‘rsatdi: yaxlit yondashuv; ta’lim oluvchiga – pedagogik qо‘llab-q… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
reactivity, современность, tafakkur, zamonaviylik, thinking, harakatlar strategiyasi, education, modernity, образование, мышление, реактивность, action strategy, стратегия действий, reativlik, ta’lim-tarbiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники