Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБРАЗОВАТЕЛЬНАЯ ЭФФЕКТИВНОСТЬ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ МОДЕЛИ ОБУЧЕНИЯ 4К В ПОВЫШЕНИИ
Xayitboyeva Mehrinoz Baxtiyorjon qizi · Muhammadjonova Odina Farxodjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Hozirgi kunda O‘zbekistonda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Yangi avlod darsliklari asosida ta‘lim oladi. O‘zbekistonda yangi_innovatsiyalar orqali ta‘lim sifatin yaxshilash maqsadida O‘zbekistonga 4K modeli olib kirildi. Ya‘ni bu tamoyilda quruq ma‘lumotlarni yodlatish yoki o‘qish, yozishni o‘rgatish bilan cheklanilmaydi. O‘quvchilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni ham o‘rganadi. Kalit_so‘zlar:_Kollaboratsiya, kommunikatsiya, kreativ_fikrlash, kritik fikrlash, PISA, PIRLS. Boshlang‘ich ta’lim – shaxs shakllanishi davrining eng muhim bosqichi. Bu davr bola ong ostida olamni anglash, tasavvur va bilimlar poydevorini tiklash pallasi bo‘lgani uchun ham nozik e’tibor talab etadi. Ayni shu pallada bola o‘zida «o‘quvchi shaxsi»ni yaratadi, maktabga va ta’lim olishga nisbatan qiziqishni, mehrni tuyadi, ilm yo‘lidagi kelgusi natijalar uchun kuch to‘plashni boshlaydi. Bu esa, zamonaviy pedagogika oldidagi doimiy va murakkab masala sifatida darsliklarning g‘oyaviy, tarbiyaviy va ma’rifiy saviyasiga jiddiy yondashishni talab etadi. Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida o‘qitish metodikasini takomillashtirish vazifasi belgilangan. Shunga muvofiq, darsliklarni yangilash bo‘yicha muayyan ishlar bajarildi. Xususan, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4- sinf darsliklari yangidan “4K” modeli asosida tayyorlandi. “4K” modelidan foydalanish ko‘plab sinovlardan o‘tgan, muhimi, zamonaviy yondashuvdir. Biz avvallari bolalarning yozuviga ko‘proq e’tibor qaratganmiz, diktantlar yozdirganmiz. Yangi tajriba bilan esa o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashi, o‘z fikrini erkin bayon eta olishiga ko‘proq ahamiyat beriladi. Ushbu yangi zamonaviy maktab darsliklari innovasion yondashuvni taqdim etadi. Bu metodologiya bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan bo‘lib, to‘rt asosiy kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi. Kollaboratsiya: Darsliklar o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi. Kommunikativlik: O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga o‘rganadi. Kreativ fikrlash: O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Kritik (tanqidiy) fikrlash: Ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni tanqidiy baholash, o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi. Yangi innovatsion yondashuvni O‘zbekiston maktablarida joriy etishdan oldin xorijiy tajribalar ham o‘rganildi. Singapur, Xitoy, Angliya, Finlandiya, Estoniya kabi ta’limi ilg‘or mamlakatlar o‘quvchilarda 4K tamoyilini o‘z ichiga olgan XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratadi. PISA, PIRLS kabi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan davlatlar ta’limida o‘quvchilarda "4K"ni o‘z ichiga olgan muloqot, tadqiqot, yaratuvchanlik kabi ko‘nikmalarga alohida urg‘u berilgan va shuning uchun ham ular xalqaro reytinglarda katta natijalarga erishishyapti. "4K" modeliga asoslangan innovatsion yondashuv maktablarda Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 274 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. qo‘llash uchun alohida sharoitlar talab etmaydi. Masalan, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash qobiliyati savol-topshiriqlar bilan,muloqot ko‘nikmasi esa savol topshiriqlar va mashg‘ulotlar orqali rivojlanadi. Maktablarda bu usullarni ishlatish uchun sharoit yo‘q deb aytish noto‘g‘ri.E’tiborlisi, 1-3 sinflar uchun taqdim etilgan darsliklarning bir qismi, xususan, tasviriy san’at, o‘zbek tili va musiqiy savodxonlik bo‘yicha kitoblar kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan. Bu o‘quvchilarni fanga yanada ko‘proq qiziqtirish hamda bugungi o‘smirlar hayotida muhim bo‘lgan gadjetlarni foydali vositaga aylantirish maqsadida ishlab chiqildi. Kengaytirilgan reallik ilovasi 1 marta yuklab olinadi va oflayn rejimida ishlaydi. Ushbu darsliklarda nafaqat fanlar, balki 21-asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalar ham o‘rgatiladi. Ayni damda kitoblar yosh psixologiyasini hisobga olgan holda, ishlab chiqilgan. Masalan, birinchi sinfda ta’lim jarayoniga ko‘proq o‘yin orqali yondashiladi, ma’lumotlar asosan ko‘rsatish-vizual tarzda yetkaziladi. Oʻquv metodik komplekslar faol oʻquv jarayoni uchun toʻliq materiallar toʻplami: darsliklar, mashq daftarlari, oʻqituvchilar uchun uslubiy qoʻllanmalarni oʻz ichiga oladi. S
Доказательный фрагмент
«Hozirgi kunda O‘zbekistonda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Yangi avlod darsliklari asosida ta‘lim oladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi kunda O‘zbekistonda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Yangi avlod darsliklari asosida ta‘lim oladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- креативное мышление, ПИЗА, Сотрудничество, Collaboration, creative_thinking, kommunikatsiya, PISA, kreativ_fikrlash, коммуникация, kritik fikrlash, критическое мышление, critical thinking, Kollaboratsiya, communication
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026